Davlat uzb p65


O‘zak va qo‘shimchadagi undoshning o‘zgarishi



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/124
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#40493
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124
o1sxqvVxxOZJF33atSYulmTRkg87qXDyAlhHSHgi

O‘zak va qo‘shimchadagi undoshning o‘zgarishi:
-k-q bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari
qo‘shilganda  «k» undoshi g ga, q  undoshi esa g‘  ga
o‘zgaradi va shunday yoziladi. Masalan: ohak> ohagi,
bek > begi, tayoq > tayogi, yo‘q > yo‘gi kabi.
Ammo ishtirok, erk, huquq, ravnaq, yuq, haq, ishtiyoq
so‘zlari bundan mustasno.
-ga, -gacha, -gach, -guncha, -gani, -gudek, -gan, -
gin, -gina kabi -g harfi bilan boshlanuvchi qo‘shimchalar
qanday tovush bilan tugagan o‘zakka qo‘shilishiga qarab
quyidagicha aytiladi va yoziladi:
a) -k undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda
yuqoridagi qo‘shimchalarning bosh tovushi -k tarzida
aytiladi va shu harf bilan yoziladi: tok + ga > tokka,
ek + gin > ekkin, kichik + gina > kichikkina kabi;
b) -q undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda
bu qo‘shimchalarning bosh tovushi -q tarzida aytiladi
va shunday yoziladi: soliq + ga > soliqqa, chiq +
gani > chiqqani, yoq + gach > yoqqach, qo‘rq +
guncha > qo‘rqquncha kabi;
d) qolgan barcha hollarda so‘z qanday tovush bilan
tugashidan qat’i nazar ( jumladan, g, g‘ bilan tugasa
ham), ushbu qo‘shimchalarning bosh harfi g bilan
yoziladi: barg + ga > bargga, dialog + ga > dialogga,
bug‘ + ga > bug‘ga, tog‘ + ga tog‘ga kabi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin