O„zbekiston Respublikasi
Oliy va O„rta maxsus ta‟lim vazirligi
Qarshi Davlat universiteti
Tarix fakulteti 2 –kurs 21-guruh talabasi
Bo„riyeva Nigoraning
“O„zbekiston tarixi” fanidan yozgan
KURS ISHI
Mavzu: “Shayboniylar davrida
Movarounnahrda madaniy hayot”
Bajardi:
Bo„riyeva N.
Qabul qildi:
Karomov G„.
2
KIRISH
Ma‟lumki, “Ta‟lim to‟g‟risida”gi qonunda va Kadrlar tayyorlash milliy
dasturida ta‟lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarida ta‟lim va
tarbiyaning insonparvar demokratik xarakterda ekanligi muhim tamoyil sifatida
ko‟rsatib o‟tilgan. Shuni nazarda tutgan holda bitiruv malakaviy ishimizning
mavzusi ham o‟ta dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.
Birinchidan
O‟zbekiston tarixi darslarida shaxsni har tomonlama
shakllantirish, uning qobiliyati va imkoniyatlarini to‟liq namoyon etish va
rivojlantirish uchun qulay shart–sharoit yaratish uchun ta‟lim jarayonini to‟g‟ri
tashkil etish, o‟quvchilarning ongiga to‟g‟ri yo‟l topa bilish muhim ahamiyatga
ega. Vatan tarixining ilmiy tahlil va izchil yondashuvni talab qiladigan
yo‟nalishlaridan biri XVI–XVII asrlarda hukm surgan shayboniylar davlati
tarixidir.
Ikkinchidan XV–XVII asrning boshlarida Movarounnahrdagi iqtisodiy
tushkunlik va siyosiy porokandalikni vujudga keltirgan sabablar, shu davr tarixiy
jarayonlarining salbiy oqibatlari tegishli saboq bo‟lib, mazkur voqealarni chuqur
anglab, haqqoniy talqin qilish muhimdir. Mustaqillik yillarida O‟zbekiston tarixini
yangi konseptual – metodologik asoslarda tadqiq etish, turli ilmiy muammolarni
asl manbalarga tayangan holda tahlil etish muhim masalaga aylandi. O‟zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan tarixiy – madaniy merosni
o‟rganish va targ‟ib etish, ta‟lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy
etish, o‟quvchilarni komil inson darajasida tarbiyalashga katta e‟tibor berilib, bu
sohada ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Uchinchidan O‟zbekiston tarixining muhim burilish nuqtasi hosoblanmish
shayboniylar davrini ilmiy manbalar asosida tahlil etish fanimiz oldida turgan
dolzarb vazifalardan biridir. O‟quvchilarga o‟zbekiston tarixi fanini o‟qitishda
shayboniylar davri tarixining pedagogik asoslarini aniqlash hozirga qadar yaxlit
ilmiy tadqiqot sifatida o‟rganilgan emas. Bu esa mavzuning dolzarbligini yanada
oshiradi.
3
Tariximizda Somoniylar, G„aznaviylar, Qoraxoniylar, Xorazmshoxlar,
Temuriylar, Shayboniylar, Ashtarxoniylar va Mang„itlar kabi sulolalar hukmronlik
qilganini bilamiz.
Shu nuqtai nazardan olganda Shayboniylar davrining dolzarbligi shundan
iboratki, biz bu davrni yanada muhimroq o„rganmog„imiz, o„sha davrda
hukmronlik qilgan xukmdorlar qilgan ishlarini chuqurroq tahlil qilmog„imiz,
ochilmagan, siru-sinoatlarni ochib bermog„imiz darkor. Bizga ma‟lumki, bir qator
tarixchilarimiz Shayboniylar davriga oid bir qancha asarlar yozishgan. Jumladan,
B. Axmedovning “Tarixdan saboqlar”, “To„rt ulus tarixi”, Z.M. Boburning
“Boburnoma”,
Abdulg„ozixonning
“Shajarai
turk”,
M.
Solihning
“Shayboniynoma”, X.T. Buxoriyning “Abdullanoma” asarlari mavzuning
yoritilishida muhim asarlar hisoblanadi.