53
X U L O S A
XV-asr oxiri XVI-asr boshida Temuriy mirzolarning o‟rtasida boshlanib
ketgan o‟zaro janjallar taxt uchun kurashlar oqibatida Temuriylar davlati
parchalanib ketdi. Natijada shayboniyxon Movoraunnahr xalqlari hayotida muhm
o‟zgarishlar yasagan Shayboniylar davlarini tashkil qildi. O‟zbekiston tarixi
darslarida bu davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvolni o‟rganish va uni
o‟quvchilar ongiga singdirish maqsadida olib borilgan tadqiqotlar ishida quyidagi
xulosalarga kelindi.
Birinchidan, Shayboniyxon 1499-1509-yillarda olib borgan yurishlaridan
keyin butun Movoraunnahr va Xurosonni qo‟lga kiritdi. Shu tariqa katta hududni
egallagan Shayboniyxon davlati tashkil topganligi yoritib berildi.
Ikkinchidan, Shayboniylar davrida etnik o‟zgarishlar ro‟y berib dashti
qipchoqdan ko‟chib kelgan qabilalar o‟zlari bilan “o‟zbek” degan etnik nomlarni
olib keldilar va butun Movoraunnahr shu nom bilan yuritila boshlanganligi
aniqlandi.
Uchinchidan, Shayboniylar davlatida katta qurilish ishlari olib borildi.
Shayboniyxon madrasasi, Abdurahm Sadr madrasasi, Baroqxon madrasasi, Masjidi
kalon, Mir arab madrasasi, Abdullaxon, Ko‟kaldosh kabi madrasalar buni yaqqol
misoli sifatida ko‟rsatib berildi.
To`rtinchidan, Shaybiniylar davrida ilm - fan madaniyat rivojlanib
temuriylar qodirgan meros davom ettirildi. Hukmdorlardan Shayboniyxon,
Ubaydullaxon kabi shoirlarni xalqimizning ma‟naviy merosiga qo‟shgan hissasi
nihoyatda katta ekanligi dalillar asosida asoslandi.
Dostları ilə paylaş: