2.2.Abdullaxon II davrida ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayot
Shayboniyxon vafotidan so'ng uning avlod-ajdodlari o'rtasida toj-u taxt,
hokimiyat, mol-dunyo va davlat talashib o'zaro qonli urushlar ayj oldi. 1510-1530-
yillarda Shayboniyxonning amakisi Ko'chkinchixon hokimlik qiladi. Unga o'g'li
Abdusaid (1529-1533) va jiyani Ubaydullaxon (1533-1539) merosxo'r bo'ldi.
Abdullaxon I ning qisqa hukmronligidan (1539-1540) so'ng Movarounnahrda
qo'shhokimiyatchilik vujudga keldi. Bunga sabab, Buxoroda Ubaydullaxon o'g'li
Abdulazizxon (1540-1550), Samarqandda esa Ko'chkinchixon o'g'li Abdullatifxon
(1540-1551) taxt boshqarganlar. Hokimiyat talashib kurash mis-li ko'rilmagan
cho'qqiga ko'tarildi. Shayboniyxon avlodlarining har birida 10-12 tadan o'g'il
farzand bo'lib, ularning har biri taxt uchun vorislik qilishga da'vogar edi. Shu bois
Movaroun-nahr hududi bir necha bo'laklarga bo'linib ketdi. Karmana va
Miyonqal'ada Iskandar Bahodir, Balxda Pirmuhammad,
Qarshida Sulton Qilich
Qora, Hisorda Shayboniyxonning nabirasi sulton Burhon hokimlik qiladi. 1556-
yilda Abdullatifxon vafot etgach Samarqand taxtini Baroqxon
3
qo'lga kiritib, Navro'z
Ahmadxon nomi bilan besh yil hukmronlik qiladi.
1550-yiIda Sulton Abdulazizxon vafot etgach, o'nlab sultonlar, beklar va
amirlar Buxoro taxti uchun kurashni avjiga mindirdilar. Dastlab Buxoro
Shayboniyxonning nabirasi Sulton Muhammadyorga tegdi, lekin u bir yil o'tmasdan
Pirmuhammad tomonidan quvildi. Pirmuhammadga qarshi Baroqxon va
Abdullatifxonga sulton Said, sulton Muhammadyor va Burhon sulton qo'shiladi.
Ular birgalikda Miyonqal'a, Karmana va Qarshiga yurish boshlaydilar.
1
Vahimaga tushgan bu shaharlaraing hokimlari qochib ketadilar. Faqat
Miyonqal'a hokimi Iskandarning 18 yoshli o'g'li Abdullagina qal'ada
mustahkamlanib sultonlaraing bir-lashgan kuchlariga qarshi yolg'iz o'zi kurashga
otlanadi. 12 kun davom etgan jangdan so'ng sulh bitimi imzolanadi. Bitimga ko'ra
Abdulla Balxga jo'nab ketishga majbur bo'ladi. 1556-yilda Baroq-xon vafot etgach
uning farzandlari o'rtasida boshlangan taxt vo-risligi uchun kurashga aralashib undan
1
Ahmedov B. “O‟zbek ulusi”. T., 1992 yil. b – 54.
49
ustalik bilan foydalangan Abdulla navbatdagi g'alabaga erishadi. U quvg'inlik
yillarini bekorga o'tkazmadi. Eng obro'-e'tiborli o'nta o'zbek qabilasi -qushchi,
o'tarchi, kenagas, yuz, jaloyir, major, qipchoq, ming', bahrin qabilalari, shuningdek
jo'ybor shayxlari hamda musul-mon ruhoniylarining boshqa e'tiborli va qudratH
vakillarining himoyasi va qo'llab-quvvatlashiga sazovor boladi. Abdulla Ilono'tdi
yaqinidagi jangda Baroqxonning o'g'il Bobosulton va uning ittifoqchisi Toshkent
hokimi Darveshxonning birlashgan kuchlarini tor-mor keltiradi. Abdulla uchun
Buxoroga yo'l ochiq edi. U Qarshi, Chorjo'yni egallab, sulton Burhonni mag'lubiyatga
uchratib Buxoroga tantanavor kirib boradi. Buxoroni zabt etadi. Buxoro Abdullaxon
zamonida siyosiy hokimiyat markaziga ayla-nadi. Markazi Buxoro bo'lgan davlat
Buxoro xonligi deb atala boshlanadi.
Abdullaxon Shayboniylar urf-odatlariga katta hurmat bilan qaraydi va yoshi
ulug' bo'lgan o'z amakisini, so'ng otasini xon deb e'lon qiladi. Amalda Abdullaning
o'zi ularning nomidan hokimiyatni idora etardi. Otasi Iskandarxon 1561-yili xon deb
e'lon qilinadi. U 1582-yiI vafotiga qadar xonlik taxtida o'tiradi. Otasi vafotidan
so'ng 1583-yil Abdullaxon II o'zini rasman xon deb e'lon qiladi. Abdullaxon (1557-
1598) hukmron bo'lgan davrda Movarounnahrda kuchli markazlashgan davlatga
asos soldi. Uning butun hukmronlik yillari urush va jang-u jadallar bilan o'tdi. 1557-
yildaShahrisabzni, 1569-yilda Samarqandni egalladi. 1558-1572-yillarda o'rtada
tanaffuslar bilan Badaxshon uchun jang qiladi, Balx va Hisorni qo'lga kiritdi. 1582-
yilda Toshkent, Sayram, Turkiston, Farg'ona, 1583-yilda Xuroson, 1595-yilda esa
Xorazm taslim etiladi.
Abdullaxon II Amir Temurdan so'ng Movarounnahrda nisbatan qat'iy
siyosat yurgiza olgan yagona va so'nggi davlat arbobi edi. U Buxoro hokimiyatini
tiklash maqsadida Qozog'istonning hozirgi Qarag'anda viloyati g'arbidagi, Sariqsuv
daryosining Shimolida joylashgan Ulug'toqqa yetibborgach, tog' tepasidagi bir
minorada bitilgan quyidagi so'zlarga ko'zi tushadi: «Tarix yetti yuz to'qson uchinda
qo'y yili, yozning ora oyi, Turon-ning sultoni Temurbek ikki yuz ming cherik bila
To'xtamishxon yurtiga intiqom uchun yurdi. Bu yerga yetib, belgi bo'lsun deb bu
50
minorani qurdirdi. Tangri nusrat bergay inshoolloh. Tangri el kishiga rahmat qilg'ay.
Bizni duo bilan yod qilg'ay».
Mazkur bitiklar 1391-yili Amir Temur To'xtamishxonga qar-shi lashkar tortgan
kezi shu tog' ustiga chiqib, so'ng bu yerda bir minora qurdirib xarsang toshga o'ydirib
yozdirgan xotira so'zlari edi. Abdullaxon II buyuk sohibqiron haqiga duolar
o'qittirib, o'zi ham qarshi tomonda bir minora qurishga buyruq berdi va unga
«Kimki bu manzilga qadam qo'ysa, xayrli duo ila bizni yod aylasin» so'zlarini
o'ydirtiradi.' Amir Temur Turkiston shahrida Xo'ja Ahmad Yassaviy maqbarasi va
masjidini qurdirgani ma'lum. Tugallanmay qolgan bu ishni oxiriga yetkazish Abdul-
laxon II ga nasib etadi.
Abdullaxon II XVI asrning 80-yillarida Xurosonda, uning markazlari Hirot,
Mashhadda, 90-yillarda Seyiston, Garmsir va to Xilmand daryosigacha bo'lgan
hududlarda o'z saltanatini o'rnatdi, Qandahorni ham egallaydi. Uning davrida
hozirgi Qarag'andadan (Ulug'tog'dan) Xilmand daryosigacha, Sibir xonligidan
Mashhadgacha bo'lgan hududlar yana bir bor Oliy hokimiyati Buxoro qo'l ostida
birlashdi. Bunday katta saltanatga Amir Temurdan so'ng Abdullaxon II asos soladi.
Rossiyaliklar uning davlatiga nisbatan «Buyuk Buxoriya» degan iborani qo'llashgan
edilar.
Ana shu davrdagi Abdullaxon II ning markazlashgan davlat tuzish
borasidagi faoliyati Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asarida o'zining
mukammal ifodasini topgan.
Abdullaxon zamonida Buxoro xonligida dehqonchilik, hu-narmandchilik,
savdo-sotiq rivojlanadi, madaniy hayot ancha yuksaladi. Juda ko'p sug'orish
inshootlari: Abdullaxon bandi, Tuyatortar kanali, Okchopsoy to'g'oni va suv
ombori, Vahshdan chiqarilgan ko'plab ariqlarning qurilishi dehqonchilikni rivoj-
lantiradi. Bu vaqtlarda Buxoro xonligida bug'doyning 10 xil turi, suli, qo'noq,
jo'xori, mosh, no'hat, makkajo'xori, loviya, sho-li paxta, kunjut, beda, arpa,
sabzavot va poliz ekinlari ekilgan, bog'dorchilik, chorvachilik va ipakchilik
rivojlangan. Samar-qand, Buxoro, Marg'ilon, Xo'jand, Andijon, Toshkent, Jizzax,
O'ratepa, Shahrisabz va boshqa yirik shaharlarda hunarmand-chilik taraqqiy qilgan.
51
Samarqand qozi kalonining hujjatlaridan ma'lum bo'lishicha, XVI asrda
Samarqandda hunarning 61 turi mavjud bo'lgan. Movarounnahrlik hunarmandlar
zo'r san'at bilan turli-tuman metall buyumlar, ip va ipak matolar, a'lo navli qog'ozlar
ishlab chiqarganlar. Buxoro shahri bu vaqtda ancha kengaytirilgan, devor va harbiy
istehkomlar qaytadan qurilgan. Shaharda madrasalar, xonaqoh va karvonsaroylar,
yangi rastalar barpo qilingan. Shahar o'rtasidagi tim, ko'chalar chorrahasi ustiga
gumbaz-toqlar, hammomlar, karvon yo'llarida sardobalar, karvonsaroylar, ko'priklar
qurilgan.
Abdullaxon davrida Buxoro xonligining Hindiston, Xitoy, Turkiya, Rossiya
bilan savdo va diplomatik munosabatlari rivojlangan. 1572-1578-yillari Hindistonda
Buxoro xonining elchilari, Buxoroda esa Hindiston podshohi Akbarning elchilari
bo'lgan.
Abdullaxon II elchilari 1583-yili Moskvadan o'q-dori, ov qushlari, mato olib
kelganlar. Bunday elchilik 1589, 1595-yillarda ham takrorlangan.
Abdullaxon II ning mamlakat ichki siyosatidagi, davlat boshqaruv tizimini
mustahkamlash, ayniqsa, pul islohoti o'tkazish yo'lidagi faoliyati natijalari keyingi
davrlarda ham saqlanib qolgan. Uning davrida Buxoro yaqinida Sumitan (Jo'ybor)
mavzesida Jo'ybor xojalaridan Abu Bakr Sa'd mozori atrofiga madrasa, masjid,
xonaqoh va chorbog', Buxoroda madrasa, hammom, Govkashon, Fathulla
qushbegi, Mirakan, Xoja Muhammad Porso, Yangi Chorsu (1569-1570), tim
(Abdullaxon timi), Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga ko'prik (1582)
qurilgan. Bu kabi inshootlar Toshkent, Samarqand, Balh va boshqa shaharlarda
ham qurilgan. Turkiston shahridagi Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi, masjidi
ta'mirlangan.
1
Abdullaxon II ning nufuzli amiri Qulbobo Ko'kaldosh sharafiga Toshkentda
Ko'kaldosh madrasasi qurilgan. Uning davrida shaharsozlik, ilm-fan taraqqiy etadi.
Buxoro madaniyat, ilm-fan markaziga aylanadi. Buxoroda mashhur Abdullaxon
kutubxonasi tashkil bo'ladi. Unda mashhur hattotlar Mir AH Hiraviy, Ahmad
1
Hasanxoja Nisoriy “Muzakkiri ahbob”. Т., 1997 yil. b – 73.
52
Husayniylar va boshqalar kitob ko'chirish bilan mashg'ul bo'Iishgan. Sayid
Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» asari Abdullaxon II ga bag'ishlangan.
Bu davrda shoir, adib va ilohiyotchi olimlardan Mushfiqiy, Nizom Muammoiy,
Muhammad Darvish oxund, Qozi Poyonda Zominiy, Mulla Amir, Muhammad Alti
Zohid, tabiblardan mavlono Abdulhakim va boshqalar yashab ijod etgan.
Abdullaxon II ning o'zi ham iste'dodli shoir bo'lib «Xon» taxallusi bilan o'zbek va
fors tillarida she'r yozgan.
Harbiy san'at taraqqiy etgan. Qo'shin tarkibini nayza, qi-lich, manjaniq,
shotular bilan qurollangan otliq va piyoda qismlar tashkil qilganlar. XVI asr
ikkinchi yarmidan qo'shin Turkiyadan keltirilgan pitta miltiq va zambaraklar bilan
qurollana boshlagan.
Abdullaxon II markazlashgan davlatni tuzishda isyon-kor zodagonlarni
qattiqqo'llik va shafqatsizlik bilan jazoladi, sultonlar, beklar, amirlar va
o'zining bir qator qarindosh-urug'larining boshlarini tanlaridan judo qildirdi.
Ammo u har qancha qattiqqo'l bo'lmasin siyosiy tarqoqlik tartibotlariga
qarshi kurashda ojizlik qiladi va bu tartibotlarning navbatdagi qurboni bo'ladi.
Rivoyatlarga qaraganda Abdullaxon II o'g'li Abdulmo'min tomonidan 1598-yili
zaharlab o'ldirilgan. Bu ishda harbiy zodagonlar boshliqlaridan bin Muhammad
Boqibiy tash-kilotchilik qilgan. Hokimiyatni zo'rlik yo'li bilan otasi qo'lidan
olgan oqpadar Abdulmo'min yarim yil o'tmasdanoq o'zi ham boshqa bir
dushman zodagonlar guruhi qolida (1599) halok bo'ldi. Taxtni so'nggi
Shayboniy hukmdor Pirmuhammadxon egallaydi. Ammo 1601-yili Samarqand
hokimi Boqi Muhammad bilan kurashda u yengiladi va taxtdan ag'dariladi. Shu
bilan Shayboniylar hukmronligi tugaydi. Ana shu Boqi Muhammad boshqa bir
sulola - Ashtarxoniylarga mansub edi. 1601-yildan vatanimiz siyosiy hayotida yangi
sulola -Ashtarxoniylar hukmronlik qila boshlaydi. Shu tariqa qariyb yuz yil davom
etgan Shayboniylar sulolasi o'zaro qirg'inbarot urushlar va o'zaro nizolar oqibatida
qirilib tamom bo'ladi va taxt vorisligiga da'vogar qohnaydi.
Dostları ilə paylaş: |