Ma’ruza-1 : Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning hozirgi zamon mazmuni tarkibiy tuzilishi va vazifalari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/64
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#41067
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64
geografiyaning asosiy muammolari

Umuman geografik o’rin   hayotimizda doimo qo’llaniladigan tushunchadir, 

qaysi bir boradigan yoki o’rganadigan ob’ektning qanday va qaerda joylashganligi, 

mo’ljal bo’lib xizmat qiladi, bu tushuncha barcha uchun hamma vaqt va har doim 

kerak. Geograflyaning o’zida esa u hududiy fikrlash, kartani yaxshi bilish, hududiy 

munosabatlarni chuqur anglashni talab qiladi.

[8] 

Yuqorida geografik o’riniing tarixiyligi, o’zgaruvchanligi, uning harbiy, 

siyosiy va geostrategik ahamiyati to’g’risida gapirilgan edi. Darhaqiqat, geografik 

o’rin ilmiy geografik determinizmning asosiy omillaridan biri sifatida jamiyatning 

tarixiy rivojlantirish, uning markaz va qutblari, yo’l-yo’laklari shakllaniishda katta 

xizmat qilgan. L.I, Mechnikov "Buyuk tarixiy daryolar va jaqon tsivilizatsiyasi" 

asarida jamiyat rivojlantirishda uchta asosiy bosqichni ko’rsatadi. 

 Birinchisi,  daryo  tsivilizatsiyasi  bo’lib, unda sug’orma dehqonchilik uchun 

qulay bo’lgan daryolar ta’sirida fan va madaniyat,  tashqiot markazlari vujudga 

kelgan. Aynan ana shunday sug’orma dehqonchilik madaniyati Nil daryosining quyi 

qismy - hozirgi Misr, ikki daryo (Tigr va Yefrat) oralig’i -Mesopotamiya, Hind va 

Gang daryolari oralig’i qamda Huanxe daryosining quyi burilish qismi o’sha 

davrning rivojlangan markazlari bo’lgan, ularga o’zimizning yurtimiz –

Movarounnahr (Amudaryo - Oksning arablar uchun "narigi", orqa, biz uchun bergi 

tomoni) ni va Xorazmni ham 

 

markazlari bo’lgan, ularga o’zimizning yurtimiz - 

Movarounnahr (Amudaryo Oksning arablar uchun "narigi", orqa, biz uchun bergi 

tomoni) ni va Xorazmni ham qo’shishimiz mumkin. sababi, bu mintaqalarda ham 

sug’orma dehqopchilik yaxshi rivojlangan, u bilan bog’liq fan va madaniyat 

o’choqlari shakllangan, 

Ikkinchi bosqich — Urta dengiz madaniyati bo’lib, u asosan savdo-sotiq, 

Buyuk ipak yo’li bilan bog’liq tarzda rivojlangan. Snu davrda mazkur yo’l bo’yida 

joylashgan hududlar, jumladan, Urta Osiyo shaharlarningining iqtisodiy geografik 

o’rni nihoyatda qulay bo’lgan va ular gurkirab taraqqiy etgan, hozirgi Italiya 

xududida qator savdo markazlari (Genuya, Venetsiya, Florentsiya va b.) yaxshi 

rivojlanib borgan. 

 Qo’shnichilik munosabatlarida oraliq joylar ham katta imkoniyatlarga ega; 

ular muhim boglovchi, "kontakt" vazifasini bajarib, har ikki tomon qulayliklaridan 

samarali  foydalaniladi.  Bunday  geografik  vaziyat  xususan  shaharlarning 

rivojlantirishda yaqqol ko’zga tashlanadi. Jumladan, yangi, navqiron Navoiy 




 

23 


shahrining qadimgi Samarqand va Buxoro shaharlarningi o’rtasida joylashganligi 

uning rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etdi. Navoiy respublikamiz yirik  

____________________________________________ 



Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001. 

 

haharlarningi orasida bunday maqomga juda qisqa muddatda, tez erishdi (albatta, 



bunga Qizilqum tabiiy resurslarining ta’sirini ham unutmaslik kerak). 

Bunday  "oraliq  shahar"  qonuniyatini  juda  ko’p  uchratish  mumkin. 

CHunonchi, Jizzax Toshkent va Samarqand o’rtasida, G’ijduvon Navoiy va Buxoro 

o’rtasida, Guliston Toshkent va Jizzax o’rtasida va h.k. Yana shunisi e’tiborliki, 

qadimda yirik markazlar taxminam bir hil masofada barpo etilgan.  

Bunga Volga daryosi bo’yida joylashgan Qozon, Saratov (Sariqtov), Samara, 

Volgograd, Astraxan shaharlarningi misol bo’la oladi. O’rta Osiyoda ham Buxoro - 

Samarqand, Samarqand -Toshkent, Samarqand - Xo’jand, Toshkent - Qo’qon, 

Xo’jand -O’zgan, Xo’jand - O’sh o’rtasidagi masofa ham deyarli bir hil. 

Avval ta’kidlanganidek, iqtisodiy geografik o’rin ayniqsa shaharlarning 

rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Shaharlarning, o’z navbatida, o’zlarining 

iqtisodiy geografik o’rnini yaxshilashga harakat qiladi. Biroq, bunday imkoniyatlar 

tabiiy holda barcha shaharlarningda bir hilda emas. Masalan, Termiz yoki Guliston -

Surxoidaryo aa Sirdaryo viloyatlarining ma’muriy markazlari turdosh funktsiyali 

shaharlarning orasida nisbatan sustroq rivojlangan. Termizning siyosiy geografik 

o’rni noqulay bo’lsa, Gulistonning qaysi bir ma’noda shahri azim - Toshkentga 

yaqinligi uning katta markaz maqomida rivojlantirishga to’sqinlik qiladi (poytaxtning 

rayon hosil qiluvchi va rayonga xizmat qiluvchi salohiyati, ta’sir doirasi Gulistonga 

qaraganda ancha yuksak). 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin