Ikkinchi bosqich—bu qisqa davr, ya’ni 50 — 70 yillarni o’z ichiga oladi. Bu
davrda aholi geografiyasi tez rivojlandi va shu bilan birga, geografik tadqiqotlarda
sotsiologiya kategoriyalari va tushunchalari keng qo’llanila boshlandi.
Uchinchi bosqich - keyingi bir necha o’n yillarni o’z ichiga oladi va ijtimoiy
geografiya aynan shu davrda rasman tasdiqlandi. Ushbu bosqichda bevosita ijtimoiy
geografiyaga xos ishlarning ko’lamini yetarli deb bo’lmasada, avvalgilariga nisbatan
e’tiborga molik ishlar bajariddi. Bu davrda bajarilgan ijtimoiy geografik tadqiqotlar
soxaviy hamda mintaqaviy jixatlari bilan ajralib turadi. Ayniqsa, aholiga xizmat
ko’rsatish sohalari (nomoddiy soxalar) geografiyasi bo’yicha salmoqli ishlar e’lon
qilindi. Ular orasida quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin: «Sotsialьnaya
geografiya Kaliningradskoy oblasti». Kaliningrad, 1982.; Gabiani A.A.,
Gachechiladze R.G. «Nekotorыe voprosы geografii prestupnosti». Tbilisi, 1982;
Abramov M.A. «Geografiya servisa». M., 1985; Alekseev A.I., Kovalev S.A.,
Tkachenko A.A. «Geografiya sferы obslujivaniya». Kaliningrad, 1988; Merkusheva
L.A. «Geografiya sferы obslujivaniya». Krasnoyarsk, 1989; Alekseev
A.I.«Geografiya selьskoy mestnosti». M., 1989, «Mnogolikaya derevnya»., M., 1990
va boshqalar.
Ijtimoiy geografiyaning vujudga kelishida «Voprosы geografii» ilmiy
to’plamining 5-hamda 115- sonlari va ayniqsa «Sotsialьnaya geografiya SSSR».
L., 1984; «Problemi sotsialьnoy geografii SSSR i zarubejnыx stran». L., 1985 kabi
ilmiy ishlar to’plamlarining ahamiyati katta.
Yuqorida nomlari qayd etilgan ilmiy manbalardan ma’lum bo’ladiki, ijtimoiy
geografiyaning predmeti, mohiyati va vazifalari turli davrlarda va mualliflar
tomonidan turlicha tatiqin qilib kelindi va bu borada to hozirga qadar bahs -
munozarali xolatlar mavjud.
Ijtimoiy — geografik tadqiqotlarning ob’ekti va mohiyatii. xususidagi ilk
konkret natijalarni R.M.Kaboning ishlarida uchratamiz. Jumladan, uning fikricha
«ijtimoiy —madaniy» geografiya mehnat faoliyati bilan bog’langan aholi joylashuvi
tiplari, uning turmush tarzi va ijtimoiy—madaniy xususiyatlarining hududiy
tafovutlarini va, shuningdek, har bir ijtimoiy — hududiy odamlar guruxini o’zida
mujassam etgan barcha elementlarning murakkab uyg’unligini ko’rib chiqadi.
Ushbu masalaga amaliy nuqtai nazardan real va asosli ravishda yondoshgan
A.A.Dolininning fikricha «ijtimoiy hodisa va jarayonlarning mintaqaviy
xususiyatlarini, mintaqalarning tabiati, iqtisodiyoti va demografik vaziyatini
tavsiflovchi narsalarni jalb etmasdan chuqur o’rganib bo’lmaydi, demak bunday
28
tadqiqotlarni iqtisodiy — geograflar muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirishlari
mumkin». A.A.Dolinin bo’yicha ijtimoiy geografiyaning ob’ekti —bu odamlarning
o’zaro munosabatlari orqali bog’langan hududiy birikmalaridan iborat. Ushbu holatda
turlicha iqtisodiy, sotsial, demografik jarayonlarning o’zaro aloqadorligi ta’kidlanib,
geografik fan sifatida ijtimoiy geografiya tabiiy sharoitning ta’sirini e’tiborsiz
qoldirmaydi. SHunday qilib, AA.Dolininning ko’rsatmalaridagi e’tiborni o’ziga
tortadigan jihati turli taksonomik toifadagi rayonlarning ijtimoiy rivojlanishi
darajalarini aniqlashda, hamda ijtimoiy voqea va hodisalarni o’rganishda geografik
masalalarga e’tiborni kuchli ekanligidir.
S.B.Lavrov, A.AAnoxin, N.T.Agafonovlar esa ijtimoiy geografiyani ijtimoiy —
iqtisodiy geografiyaning bir bo’g’ini sifatida, sotsial strukturalarni muayyan ijtimoiy
— tarixiy sharoitlarda joylashuvi va xududiy tashqi etilishi qonuniyatlarini
o’rganuvchi fan deb yoki, boshqacha qilib aytganda, agarda ijtimoiy strukturalar
jamiyat bilan bir butun holda xududiy tashkil etilar ekan, u holda ijtimoiy
geografiyani hududiy ijtimoiy strukturalarning rivojlanish omillari va qonuniyatlarini
o’rganuvchi fan sifatida ham tushunish mumkin deb ta’riflashadi.
Ammo,yuqoridagi mualliflar o’z tadqiqotlarining so’ngida aholi
geografiyasi doirasida ayrim sotsial xodisalarni taxlil etish tajribasiga ko’ra, ijtiomiy
geografiyani sotsial sohalarni xududiy jihatdan o’rganuvchi fanlar pog’onalashuvida
tutgan o’rnini quyidagi to’rt yo’nalishga ajratadi:
1.Sotsial geografiya mavjud emas, ammo geografiyada ijtimoiy jihatlarni borligi
shubxasizdir.
2.Sotsial geografiya —mustaqil fan bo’lib, geografiya fanlari tarkibida eng
quyi pogonada joylashgan. Ko’p hollarda uni aholi geografiyasining tarkibiy qismi
sifatida ko’rish mumkin.
3.Sotsial geografiya —mustaqil fan bo’lib, geografiya fanlari tarkibida o’rta
ierarxik pog’onada, ya’ni masalan, iqtisodiy geografiya bilan bir pog’onada
joylashgan.
4.Sotsial geografiya —mustaqil fan bo’lib, ijtimoiy geografiya fanlari
tarkibida yuqori ierarxik pog’onada joylashgani holda, ijtimoiy geografiyaning
sinonimi hisoblanadi; sotsial (ijtimoiy) geografiya tarkibiga iqtisodiy geografiya
ham kiradi.
Birinchi yo’nalishga mansub mualliflar sotsial (ijtimoiy) geografiya mustaqil
mavjud emasligini yoqlaydilar. Ular jumlasiga Alaev E.B., Kovalev S.A.,
Kovalьskaya N.Ya., Lappo G.M., Lavrov S.B., Sdasyuk G.V., Saushkin Yu.G.,
Tkachenko A.A.larni kiritish mumkin, Ushbu olimlar yaratgan bir qator manbalarda
sotsial va iqtisodiy jihatlar bo’linmasligi va qatьiy bo’lishga urinishlar natijasiz
bo’lishi ta’kidlanadi. Nosotsial iqtisodiy hodisalar va nosotsial iqtisodiy
rayonlashtirish yo’q, shu bilan bir vaqtda ular «sotsial geografiya»ni shakllanishini
inkor etmaydi, deyiladi.
Ikkinchi yo’nalishga mansub qarashlarga ko’ra, sotsial geografiya mustaqil
bo’lib, geografiyaning quyi ierarxik pog’onasida, aholi geografiyasi tarkibiga kiradi.
(Anoxin A.A. Kostyaev A.I. Dolinin A.A). Jumladan, A.A.Dolinin sotsial
geografiyani aholi geografiyasining o’ziga xos bo’g’ini sifatida qaraydi. Uning
fikricha, sotsial geografiya odamlarning xududiy birikmalarini ijtimoiy rivojlanish
29
darajalarini aniqlashda mujassamlashgan.A.A.Anoxin va A.I.Kostyaevlar esa sotsial
geografiya avval boshdanoq turli taksonomik toifadagi rayonlarning ijtimoiy hayotini
xududiy tashqi etilishini o’rganuvchi fan sifatida shakllandi deb hisoblaydilar.
Sotsial geografiyani aholi geografiyasi doirasidan ancha keng ma’noda
tushunishlariga qaramay, yuqoridagi mualliflar, baribir aholi geografiyasi
asoslaridan kelib chiqadilar.
Uchinchi yo’nalishga mansub qarashlarga ko’ra, sotsial geografiya —bu
mustaqil fan bo’lib, iqtisodiy geografiya bilan bir darajada turgani holda, ijtimoiy
geografiyaning (keng ma’noda) oxirgi asosiy tarmog’i xisoblanadi. bunday nuqtai —
nazarni V.M.Goxman va S.Ya.Nыmmiklar yoqlab chiqishgan va ular bir hil shunday
xulosaga kelishgan. SHuningdek, ular rivojlanganlik darajasiga ko’ra sotsial
geografiyani iqtisodiy geografiyadan orqada qolyapti, chunki sotsial geografiya ancha
keyin shakllana boshladi degan, fikrdalar. Ba’zi bir mualliflar, masalan
S.Ya.Nыmmik sotsial geografiyani iqtisodiy geografiyaga qaramligini va
shuningdek, sotsial va madaniy geografiyani bo’linmasligini ham ko’rsatib o’tadi.
To’rtinchi yo’nalishga mansub nuqtai-nazarga ko’ra sotsial geografiyani
barcha ijtimoiy munosabatlarni qamrab olgan fan sifatida tushunish mumkin. Bu
yerda «sotsial» va «ijtimoiy» (obshestvennaya) tushunchalari. o’zaro mos va ular
o’zaro sinonimlardir. Demak, bularga ko’ra sotsial geografiya (ijtimoiy geografiya)
boshqa ijtimoiy — geografik tarmoqlar (aholi geografiyasi, siyosiy geografiya,
harbiy geografiya, tarixiy geografiya va b.)dan tashqari iqtisodiy geografiyani ham
qamrab oladi. N.N.Baranskiy ham ijtimoiy geografiyani shunday keng ma’noda
tushungan va bunday tushunish mahalliy olimlarga (Soliev A., Otamirzaev O va
boshqalar) ham xos.
Sotsial geografiyani tutgan o’rni xususidagi uchinchi yo’nalishdagi
qarashlarning vujudga kelishi to’la qonuniydir. Bunga ko’ra, sotsial geografiya
geografiya fanlari tarkibida o’rta darajadagi fan hisoblanadi. To’rtinchi yo’nalishdagi
qarashlar barchaga tushunarli va mantiqiydir. Unga ko’ra sotsial geografiya (keng
ma’noda) barcha ijtimoiy — geografik fanlarni qamrab olgan fan bo’lib hisoblanadi.
Jamiyat tomonidan yaratilgan va o’zining infrastruktura (ijtimoiy, ishlab
chiqarish) sharoitlariga ega bo’lgan holda muayyan ijtimoiy vazifani bajarish
yuklatilgan xo’jalik tarmokdari yoki sohalari, ob’ektlari mavjudki, ularning
infrastruktura tizimlarini shakllanishi va rivojlanishining hududiy masalalarini tadqiq
etish, bizningcha, tor ma’nodagi ijtimoiy (ya’ni, sotsial) geografiyaning tadqiqot
doirasiga kiradi. Keng ma’nodagi ijtimoiy geografiya yuqoridagi sotsial geografiyani
hamda jamiyatning ijtimoiy tuzilmalarini, guruhlarini, kishilarning ijtimoiy, madaniy
— ma’naviy hayot tarzini rivojlanishining xududiy masalalarini qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: |