Ijtimoiy geografiyaning rivojlanishidagi ilk o’zgarishlar xorijda (Evropa)
ko’zga tashlanadi. Xususan, «sotsial geografiya» tushunchasi XIX asrning
9
Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001.
oxirlaridayoq frantsuz maktabi vakili, iqtisodchi va sotsiolog Le —Ple tomonidan
foydalanilganligi manbalardan ma’lum. Yana bir tadqiqotchi G.S.Dunbarning
ta’kidlashicha, ushbu tushuncha ilk bor P.de Ruzьening 1884 yilda chop etilgan
sotsial g e o g r a f i y a b o ’ y i c h a i z l a n i s h l a r i d a q o ’ l l a n i l g a n .
Le —Ple ilmiy maktabining taniqli namoyondasi E.Demolen esa sotsial
geografiyani «sotsiogeografiya» tarzida talqin qiladi va uning mohiyati
mahalliy shart— sharoitlar (shu jumladan tabiiy sharoitlar)ni ijtimoiy
rivojlanishga, «ijtimoiy gurux»larning vujudga kelishiga ta’siri sifatida
tushuntiradi,
Taxminan shu davrlarda, ya’ni 1895 yili sotsial geografiya tushunchasi
E.Reklyu tomonidan uning salmoqli as ari bo’ lga n «U mu miy geo gra fi ya »
da qo’ lla nild i. Bunda u sotsial geografiyani tabiiy shart—sharoitlarning
kishilarni mehnat va turmush tarziga hududiy jihatdan o’zgaruvchan ta’sir
etishi ma’nosida tushungan. Ammo, shunga qara may «sotsiografiya»
maktabining vakillari ham, E.Reklyu ham sotsial geografiya
tushunchasining mohiyatini aniq ochib berolmadilar va geografiya fanida yangi
fan yo’nalishini yaratdilar, deb ham bo’lmaydi.
XX asrning boshlariga kelib Niderlandiyada geografiya va sotsiologiyaning
uyg’unlashuvidan vujudga kelgan «yangi fan» — sotsial geografiya paydo bo’ldi.
Uning predmeti «jamiyatdagi guruxlar va o’zaro aloqadorliklarning regional
taqsimlanishini o’rganish» deb tushuniladi. Mazkur fan tarmog’ining aynan
Niderlandiyada paydo bo’lishi ham bejiz emas. CHunki, uning amaliy
vazifalari, aholisi zich va yer resurslari taqchil bo’lgan Niderlandiyada
mintaqaviy rejalashtirish masalalarini hal etishda o’ta dolzarb ahamiyat kasb
etdi. 50 - 60 yillarga kelib esa s o t s i o g r a f i y a q i s h l o q j o y l a r i d a g i
h u d u d i y i j t i m o i y tafovutlarni o’rganuvchi fan sifatida Amsterdam
universitetida rivojlandi.
Ba’zi bir g’arb olimlari ijtimoiy geografiyada tadqiqotlarning xulq - atvor
(povedencheskiy) hamda «farovonlik» («blagosostoyaniya») mavqeidagi
yondoshuvlarini ajratib ko’rsatishadi. Birinchi yondoshuv — bu xo’jalikni
makondagi tabaqalanishini sub’ektiv ravishda, ya’ni odamlarning oqilona
yo’naltirilgan xatti-harakatlari orqali asoslash, tashqi etish bilan bog’liq. Ikkinchi,
ya’ni D.Bartelьs asoslab bergan «farovonlik» yondoshuvi nuqtai - nazaridan
bajariladigan sotsial geografik tadqiqotlarning vazifalari jamiyatning diskriminatsiya
qilingan guruh va xududlarini aniqlash, tadqiq etishdan iborat. Ularga kambag’allik,
ochlik, xokimiyat, insonga munosib hayot sharoitlaridan cheqinishni tadqiq etish va
ularni bartaraf etishning chora — tadbirlarini ishlab chiqish kabilar kiradi. Ammo,
ta’kidlash joizki, ayrim sobiq Ittifoq hamda g’arb olimlari yuqorida zikr etilgan
yondoshuvlarning izchil ilmiy natijalar berishiga shubha bilan qaraydilar.
Hozirgi ijtimoiy geografiyaning vujudga kelishi va rivojlanishiga sobiq, Ittifoq
geograf olim va tadqiqotchilari ham munosib hissa qo’shganlar. Bu davrda ijtimoiy
geografiyaning rivojlanishida shartli uch bosqichni ajratib ko’rsatish mumkin:
|