Ma’ruza-1 : Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning hozirgi zamon mazmuni tarkibiy tuzilishi va vazifalari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/64
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#41067
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64
geografiyaning asosiy muammolari

Versal geosiyosiy bosqichining boshlanishi bilan harakterlanadi va geopolitik 

kuchlar nisbatining tubdan o’zgarishiga olib keldi. Kuchli siyosiy markaz bo'lib 

hisoblangan Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya va Turkiya imperiyalari 



 

33 


inqirozga yuz tutdi. Ushbu davlatlarning parchalanishidan paydo bo'lgan nisbatan 

kichik davlatlarni Versal Shartnomasining mualliflari o'z ta'sir doiralariga kiritishni 

maqsad qilib oldilar. Versal Shartnomasi siyosiy yetakchilikni quruqlikda Fransiyaga, 

dengizda esa Angliyaga tegishini ta'minlab berdi. G'olib davlatlar siyosatchilari 

nuqtayi nazaridan Rossiya uchun Yevropada joy yo'q edi. Versal Shartnomasining 

ajralmas qismi hisoblangan Millatlar ligasi nomidan Germaniya va Turkiya imperiya-

lari koloniyalari g'olib davlatlar tomonidan bo'lib olindi. AQSH Prezidenti 

Vilsonning rejalariga ko'ra Rossiya davlati bir necha ta'sir doiralarga bo'liniShi kerak 

edi. Masalan, Kavkaz Turkiya imperiyasining bir qismi sifatida, O'rta Osiyo esa 

biron-bir Yevropa davlatining pro-tektorati qilinishi lozim edi. Rossiya va Sibirning 

o'zida esa amalda hech qanday siyosiy kuchga ega bo'lmagan qaram davlat tuzish 

ko'zda tutilgan edi. Shu maqsadda jahonning 15 ta yirik davlati o'z qo’shinlarini 

Rossiya hududiga kiritdi. 

Birinchi jahon urushida eng katta yutuqqa AQSH burjuaziyasi erishdi. U o'z 

kuchini his qilgan holda 1922-yilda Vashington konferentsiyasida AQSH Angliya 

bilan bir qatorda harbiy dengiz flotiga ega bo'lish huquqini qo'lga kiritdi. 

Millatlar ligasi yordamida g'olib davlatlar tomonidan Germaniya va Rossiya 

o'rtasida Fransiya va Angliya davlatlari ta'sir doirasida bo'lgan bir gurux davlatlardan 

iborat « sanitar kordon»  tashqi etildi va bu  bilan  ikki yirik davlatning to`g`ridan – 

to`g`ri aloqalariga chek qo`yildi. 

Ikkinchi jahon  urushi Versal  tinchligiga chek ko`ydi . Urushning  barcha 

qiyinchiliklarini sobiq ittifoq o`z bo`yniga oldi , lekin ushbu urushdan u harbiy va 

geosiyosiy jihatdan mustahkam bo`lib chiqdi. O`z tarixida birinchi marta  Rossiya 

atrofida yirik geopolitik  blokni  tashqi etdi. Keyinchalik ushbu blokni  mafkuraviy va 

axborot qurollari yordamida  parchalash uchun yarim asr  vaqt sarflandi. 

          Postdam bosqichi  1945 – yildan boshlandi. Berlin shaxri yaqinida joylashgan 

bu shaharchada imzolangan shartnoma Germaniya va uning ittifokchilari ustidan 

ustidan qozonilgan  g`alabadan so`ng Yevropadagi  kuchlar muvozanatini  o`zida aks 

ettirdi, yangi  geosiyosiy  kuchlarning holatini ,  yangi chegaralarni  aniqlab berdi. 

Shartnoma  jahonning ko`pqirralilikdan biopolyar tizimga  o`tganligidan dalolat berar 

edi. yani bir tomondan , kontinental (quruqlik)  kuchlarini namoyon qiluvchi  sobiq 

ittifoq  va uning  ittifoqchilari, ikkinchi tomondan , ko`proq  dengiz kuchlarini o`zida 

namoyon qiluvchi AQSH va uning ittifoqchilari geosiyosat olamida tan olindi. Bu 

ikki  qutbning qarama – qarshiligi  Postdam  bosqichining mazmunini aniqlab berdi. 

Uning ahamiyatga molik  tomoni shunda ediki, ikkita yirik qutbning  qarama – 

qarshiligi «sovuq» va yadro urushlari  o`rtasidagi  muvozanatda kechdi. 



   

Sobiq ittifoq   tashqioti tashqi o`zgarishlar va rivojlanishlarga   nisbatan  

moslashuvchanlik  darajasi  past bo`lganligi uchun  inqirozga  yuz tutdi. 

   



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin