Geosiyosiy bosqichlar.Insoniyat tarixini geosiyosiy nuqtayi nazardan
geosiyosiy bosqichlarning yoki ma'lum bir kuchlaming navbatma-navbat alma-shinib
kelishi sifatida qarash mumkin. Har bir geosiyosiy bosqich kuchlar muvozanatiga,
ta'sir doirasiga va chegaralariga ega boiadi.
Geosiyosiy bosqichlarning rivojlanish jarayonida Vena bosqichi o'ziga xos
o'rin egallaydi. Bu bosqich Vena kongressining (1814-1815) tuzilishi bilan
harakterlanadi. Buning asosi sifatida geografik hududni nazoratda tutish tamoyili
olingan.
Bu bosqichda jahon kuchlari markazi sifatida Rossiya va Avstriya -Vengriya
imperiyasi, Britaniya kolonial imperiyasi (imperiya sifatida 1876-yilda e'tirof etilgan
bo'lsa ham), Germaniya imperiyasi (1871-yildan), XIX asrning o'rtalaridan jahon
kuchlari markazi sifatida Fransiya (qonuniy jihatdan respublika hisoblanar edi) o'zini
namoyon eta boshladi. 1877-yildan boshlab Turkiya sultoni "Usmonli turklar
imperatori" maqomini qabul qildi.
Bu bosqichda yirik geosiyosiy markazlarning harbiy, siyosiy va boshqa
ko'riniShdagi nizolari, goh bir markazning rivojlantirish (AQSH, Germaniya) yoki,
aksincha, parchalanishi, yo ta'sir doira-sining pasayishi (Rossiya, Ispaniya)
kuzatiladi.
Bu bosqichdagi eng yirik siyosiy voqealardan bin ikkita yirik ittifoqning
shakllanishi hisoblanadi. Birinchi ittifoq "Uchlik ittifoqi" hisoblanib, unga
Germaniya, Avstriya — Vengriya va Italiya kirgan edi. Ikkinchi ittifoq Antanta
hisoblanib, unga Fransiya, Angliya va Rossiya davlatlari birlashgan edi.
"Uchlik ittifoqi"ning Birinchi jahon urushida (1914-1918) parchalanib ketishi
Dostları ilə paylaş: |