Ma’ruza-1 : Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning hozirgi zamon mazmuni tarkibiy tuzilishi va vazifalari


Dunyo siyosiy haritasining ahamiyati va o’ziga xosligi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/64
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#41067
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64
geografiyaning asosiy muammolari

                1. Dunyo siyosiy haritasining ahamiyati va o’ziga xosligi. 

          

Siyosiy haritaning ahamiyati g’oyat  katta  bo’lib,  u mamlakatlarning  xalqaro 

o’rnini dunyoda egallagan mavqeyini, ularning ichki siyosiy-ma'muriy tuzilmasi 

xususiyatlarini o’zida yaqqol aks ettiradi. Mamlakatlar va xalqlarning butun hayoti 

ularning davlat (siyosiy) chegaralarida o’z hududlarida o’tadi. Ularni aynan shu 

yo’nalishda o’rganish  tashqi, ijtimoiy va siyosiy geografiyaning asosiy vazifasi 

hisoblanadi. Bir tomondan dunyo va regional muammolar ayrim mamlakatlarning 

muammolaridan o’sib chiqadi va shakllanadi, boshqa tomondan esa ularning 

rivojlantirish boshqa ko’plab mamlakatlarga bevosita katta ta'sir ko’rsatadi.   

   

Shu bilan birga bir qatorda halqaro hayotda siyosiy,  iqtisodiy, ekologik 



muammolarni bir nechta davlatlarning birgalikdagi say-harakatlari,  umumiy 

mablag’lar hisobiga hal etish hollari tobora ko’payib bormoqda. Bunda muammolar 

yechimi davlat chegaralaridan tashqariga chiqmoqda va chegaralar esa davlatlarni 

ajratib turadigan to’siqlarni o’zaro aloqa, hamkorlik chiziqlariga aylanmoqda. Lekin 

chegaralar  ochiqligi  davlat  hududlari  suverenitetining  tugaganligini  aslo 

ko’rsatmaydi.  Mustaqil davlatlarning  tashkil topishi, shakllanishi, rivojlantirish, 




 

35 


shuningdek, ularning barbod bo’lishi yoki suverenitetining tugatilishi, o’zgarishi yoki 

tubdan o’zgartirilishi va boshqalar g’oyat murakkab tarixiy jarayonlar bo’lib, ko’plab 

ichki va tashqi amallar-siyosiy, ijtimoiy,  tashqi, etnik, diniy va boshqalar bilan 

belgilanadi.  Ayni paytda,  dunyoning biron mamlakati daryo turlari zichligi,  har yili 

ko’p marta sodir bo’ladigan,  katta moddiy zarar yetkazadigan,  hududning katta 

qismini suv ostida qoldiradigan toshqinlarning katta miqyosi bo’yicha Bangladeshga 

tenglasha olmaydi.  


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin