Siyosiy hokimiyat



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/83
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#41624
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
6413-Текст статьи-15835-1-10-20201103

Psixologik nazariya davlatning paydo bo‘lishini inson dahosidan tug‘ilgan 

g‘oyalardan keltirib chiqaradi. 



Ijtimoiy-iqtisodiy  nazariya  davlatning  kelib  chiqish  manbalarini  mehnat 

taqsimotidan, jamiyatni boshqarish faoliyatining ajralib chiqishidan qidiradi. Uning 

eng qadimiy ko‘rinishi – Platon qarashlari. 

Marksistik  nazariyaga  ko‘ra  davlat  iqtisodiy  jihatdan  hukmron  sinf 

manfaatlarining ifodachisi sifatida jamiyatning sinflarga bo‘linishi natijasida paydo 




 

51

 

bo‘ladi.  Davlatning  barham  topishi  muammosi  bu  nazariyaning  ajralmas  tarkibiy 



qismi hisoblanadi. 

Davlat paydo bo‘lishining zamonaviy nazariyasi yuridik hisoblanadi, chunki 

u  davlatni  xalqlarning  huquqlarida  ko‘radi  va  hokimiyatni  inson  huquqlari,  ya’ni 

belgilangan  darajadagi  inson  erkinliklari  asosiy  talablarining  hokimiyatga 

munosabat  bilan  bog‘laydi.  Demak,  davlat  -  suverenitetga,  boshqaruvning 

hamda  fuqarolar  huquq  va  erkinliklarini  himoya  qilishning  mahsus 

apparatiga  ega  bo‘lgan,  shuningdek,  huquq  normalari  (  qoidalari)ni 

yaratishga  qodir  bo‘lgan  ommaviy  hokimiyatning  siyosiy-xududiy 

tashkilotidir. 

 

Davlat  -  butun  mamlakat  miqyosidagi  hokimiyatning  maxsus 



boshqaruv  va  majburlov  apparatiga  ega  bo‘lgan,  barcha  uchun  majburiy 

qonunlar  chiqaradigan  va  suverenitetga  ega  bo‘lgan  yagona  siyosiy 

tashkilotdir. 

 

Davlat  -  jamiyat  siyosiy  tizimning  odamlar,  guruhlar,  sinf,  tashkilot, 



shamkorlikdagi  faoliyatini  va  o‘zaro  munosabatini  tashkil  etuvchi, 

yo‘naltiruvchi va nazorat qiluvchi asosiy institutdir. 

 

Davlat  -  hokimiyatning  bosh  instituti.  Hokimiyat  davlat  orqali  o‘z 



siyosatini amalga oshiradi. «Hokimiyat», «davlat» va «siyosat» tushunchalari 

bir-biriga juda yaqin bo‘lib, bir-birlarini belgilab beradi. 

Davlatning jamiyat siyosiy tizimidagi o‘rni va roli uning funksiyalari bilan 

belgilanadi. Odatda, davlat funksiyalari ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linadi. 




Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin