shtatlar, erlar, kantonlar, viloyatlar va okruglarning ixtiyoriy birlashuvi natijasida
57
Murakkab shakldagi davlat hokimiyatiga konfederatsiyani ham kiritish
mumkin. U muayyan maqsadlarda — iqtisodiy, mudofaa va boshqa sohadagi
muammolarni birgalikda hal etish uchun tuziladi. Bu holda davlat ayrim huquqlarini
ittifoqqa bersa-da, o‘zining to‘la suverenitetini, mustaqilligini va bir butunligini
saqlab qoladi.
Konfederatsiya — bu to‘la mustaqil davlatlarning ko‘ngilli ittifoqidir.
Shunday qilib, davlat hokimiyati - (davlat apparati) - bir-biri bilan
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan muayyan tuzilmaga birlashgan davlat hokimiyatini
amalga oshiruvchi davlat organlarining tizimidir. Davlat hokimiyati - xalq
hokimiyatining maxsus tuzilma - davlat orqali amalga oshirilishi. Davlat
o‘zining organlari orqali siyosiy hokimiyatni amalga oshiradi. Hokimiyat
davlat qo‘lida to‘plagandagina u malakali va samarali amalga oshirilishi
mumkin. Davlat o‘ziga tegishli hokimiyat yordamida va ta’sir choralarini
qo‘llaydi. Davlat hokimiyati qonuniydir, ya’ni davlatning, uning
organlarining vakolatlari qonun bilan belgilab qo‘yiladi. Davlat hokimiyati
hayotning
hamma
sohalariga
ta’sir
qilib
turuvchi,
ijtimoiy
jarayonlarnitartibga soluvchi etakchi siyosiy kuch hisoblanadi. Siyosiy
hokimiyatning boshqa biron-bir shakli davlat hokimiyati singari keng
imkoniyatga ega emas.
Dostları ilə paylaş: