56
davlat xizmatchilarining qonunlarga rioya qilishi ustidan nazorat etish
maqsadida tayinlanadi. O‘zbekistonda bu institut parlament huzurida
Oliy Majlisning birinchi sessiyasida (1995 yil, fevral) tuzilgan.
Byudjetni shakllantirish funksiyasi;
Tashqi siyosat funksiyasi.
Hukumat – ijroiya hokimiyatining oliy davlat organi, parlament tomonidan
qabul qilingan asosiy siyosiy qarorlarni amalga oshiradi. Boshqaruvning parlament
shakli amal qiladigan mamlakatlarda (monarxiya shaklida ham, respublika shaklida
ham) u oliy davlat organlari tizimida markaziy o‘rin tutadi. Hukumat vakolati
amaldagi qonunchilik bilan belgilanadi. Hukumat qonun chiqarishda tashabbus
ko‘rsatish huquqidan foydalanib, parlamentning faoliyat yo‘nalishini belgilab
beradi. O‘zbekiston, Fransiya, Irlandiya, Rossiyada prezidentlar umumxalq
tomonidan saylanadi. AQSH, Argentina va Finlyandiyada prezident parlament
ishtirokisiz, lekin ochiq saylov yo‘li bilan emas, balki saylovchilar kollegiyasi
tomonidan saylanadi. Gretsiya, Isroil, Livan, Maltada prezident parlament
tomonidan saylanadi. Italiya, Germaniya, Hindistonda parlament a’zolari
prezidentni saylovchi kollegiyaning bir qismini tashkil etadi.
Siyosiy hokimiyat o‘zining tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab shakllarda
namoyon bo‘ladi. Oddiy davlat hokimiyatiga unitar davlatni kiritish mumkin.
Unitar davlat hokimiyati – bu ma’muriy-hududiy, qismlarga bo‘lingan
yaxlit, bir butun markazlashgan davlat shaklidir.
Murakkab shakldagi davlat hokimiyatiga federativ davlatni kiritish mumkin.
U o‘z qonun chiqaruvchi organlariga, o‘z hukumatlariga va sud organlariga ega
bo‘lgan bir nechta nisbiy mustaqil davlatlardan tarkib topadi.
Bunday davlatlar ixtiyoriy ravishda markazlashgan davlatni tashkil qiladilar.
Bu ittifoq mamlakat ichki va tashqi hayotida barcha federatsiya a’zolarining
nomidan ish olib boradi va ularning manfaatlarini himoya qilada, yagona fuqarolik
va hudud, kredit-moliya hamda boshqa munosabatlarni o‘rnatadi.
Dostları ilə paylaş: