Siyosiy hokimiyat



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/83
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#41624
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83
6413-Текст статьи-15835-1-10-20201103

Parlamentar respublikada parlamentning roli katta. U prezidentni — davlat 

boshlig‘ini saylaydi. Hukumat parlament tomonidan tuziladi va uning oldida javob 

beradi. 

Prezidentlik  respublikasida  prezident  parlament  yo‘li  bilan  emas,  balki 

maxsus  tartib,  ya’ni  xalq  tomonidan  saylanadi.  U  o‘z  navbatida  ma’sul  bo‘lgan 

vazirlarni  tayinlaydi.  Hukumat  parlamentga  hisob  bermaydi.  Hozirgi  vaqtda 

prezidentlik  respublikasi  ko‘rinishi  keng  tarqalgan.  U  dunyodagi  ko‘pgina 

mamlakatlarda mavjud. Parlament respublikasi prezidentlik respublikasiga nisbatan 

kamroq tarqalgan. U Italiya, Hindiston, Germaniya, Avstriya, Finlandiya, Turkiya, 

Islandiya va boshqa ayrim mamlakatlarda amal qiladi. 

Respublika  boshqaruvining aralash shakli  ham  mavjud. Bu shakl ikki xil 

modelga ega. Birinchi tipga boshqaruvning shunday shakli kiradiki, unda parlament 

modeliga  ko‘ra  prezident  sezilarli  darajada  muhim  rol  o‘ynaydi  (hozirgi  Fransuz 

Respublikasi).  Bunday  tizimlarda  Prezident  ochiq  saylovlarda  saylanadi,  u 

hukumatni  shakllantirish  va  asosiy  lavozimlarga  tayinlashda  muhim  ta’sir 

ko‘rsatadi.  Hukumat  prezidentga  bo‘ysunibgina  qolmay,  parlament  oldida  ham 

hisob  beradi,  ba’zi  hollarda  u  parlament  bilan  almashtirilishi  ham  mumkin. 

Konstitutsiyaviy  boshqarish  bilan  bir  qatorda  partiya  tizimlari  tuzilmasi  va 

parlamentdagi  ko‘pchilikning  haqiqiy  munosabati  muhim  rol  o‘ynaydi.  Fransiya 




 

55

 

Prezidenti  parlamentda  ko‘pchilik  ovozga  ega  bo‘lsagina  o‘z  pozitsiyalarini 



mustahkam saqlab qolishi mumkin. 

Respublika  boshqaruvining  ikkinchi  aralash  shakli  Shveysariyada  mavjud. 

Bu erda parlament hukumatni saylasada, uni chaqirib olish huquqiga ega emas. O‘z 

navbatida,  hukumatda  parlamentga  nisbatan  qaror  qabul  qilish  huquqi  yo‘q. 

Hukumat lavozimi va deputatlik mandatini bir-biriga qo‘shib bo‘lmaydi. Hukumatni 

kollegial organ shakllantiradi, ayni paytda, prezidentlik tizimiga zid ravishda rasman 

qonun chiqarishda tashabbus ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Davlatni  boshqarish  shakllarining  bir-biridan  farqlanishiga  qaramay, 

parlament  va  hukumatning  mavjudligi  har  qanday  tipdagi  davlatlar  (mutlaq 

monarxiya bundan mustasno) uchun umumiy hisoblanadi. 




Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin