Siyosiy hokimiyat


Davlatning tashqi funksiyalari



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/83
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#41624
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83
6413-Текст статьи-15835-1-10-20201103

Davlatning tashqi funksiyalari jahon iqtisodiga integratsiyalashuv va tashqi 

iqtisodiy  sheriklik,  davlatni  himoya  qilish,  dunyoviy  tartib-qoidalarni  qo‘llab-

quvvatlash, shuningdek, boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikdan iborat. 

Jahon  tajribasi  ko‘rsatishicha,  agarda  davlat  faoliyati  Sh.Monteskening 



qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati funksiyalarini ajratish haqidagi 


 

52

 

g‘oyalari  asosida  qurilgan  bo‘lsa  hokimiyat  organlari  samarali  faoliyat  ko‘rsatishi 



mumkin. Ularga yana davlat boshlig‘ining hokimiyati qo‘shiladi. 

Davlatlar,  boshqaruv  shakllari  va  davlat  qurilishi  shakllariga  ko‘ra  o‘zaro 

farqlanadi. Ular davlatchilikning tarixiy an’analari, uning vujudga kelishining asosiy 

xususiyatlari  va  boshqalar  jihatidan  turli-tuman.  Bir  tomondan,  yagona  tipdagi 

davlat  hududida  davlat  hokimiyati  faoliyati  va  uni  tashkil  etishning  turli  shakllari 

uchrashi,  ikkinchi  tomondan  esa,  turli  tipdagi  davlat  bir  xil  shaklda  namoyon 

bo‘lishi mumkin. Davlatning mohiyati bevosita uning shaklidan kelib chiqadi va u 

orqali aniqlanadi. 

Davlat  shakliga  xalqning  madaniy  darajasi,  uning  tarixiy  an’analari,  diniy 

dunyoqarashlar tabiati, milliy xususiyatlar, hayot kechirishning tabiiy sharoitlari va 

boshqalar jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. 


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin