Maktabgacha tarbiya yoshi davrida guruhiy psixokorreksion ishlarni tashkil qilish



Yüklə 308,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/22
tarix02.01.2022
ölçüsü308,9 Kb.
#41780
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Maktabgacha tarbiya yoshi davrida guruhiy psixokorreksion ishlar

XULOSALAR 

    Prezidentimiz  o‘zining  O‘zbekistonning  bugungi    istiqlol    va  istiqbol  yo‘lini  ifodalovchi  

boshqa  qator  ma’ruzalari  va  asarlarida  ham  iqtisodiyot  bilan  ma’naviyat,  inson  ruhiyatining 

barkamolligi,    hayotning  o‘zaro  ajralmas,  bir-birini  to‘ldiradigan,  o‘zaro  ta’sir  va  aks  ta’sir 

etadigan  muhim  omillari  ekanligini  va  ayni    paytda    bugungi    iqtisodiy    o‘nglanish,    iqtisodiy 

tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni,  ma’naviy o‘nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy  yuksalish  

harakatlari    bilan    tamomila  uyg‘un  bo‘lishini  ta’minlashning  muqarrar  ijtimoiy  zarurat 

ekanligini  qayta-qayta  ta’kidlaydi.    Shuningdek,  Prezident    I.A.Karimovning    Respublika  Oliy 

Majlisi  IX  sessiyasidagi  "Barkamol    avlod    O‘zbekiston    taraqqiyotining    poydevori"  

mavzusidagi  so‘zlagan nutqidan kelib chiqqan holda qabul qilingan "Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun 

va  Kadrlar    tayyorlash    bo‘yicha    milliy  dastur  (1997  yil  29  avgust)  ning  amalda  qo‘llanilishi 

bugungi  shaxs    faoliyatidan,    uning    ijtimoiy  taraqqiyotiga  xizmat  qiluvchi  omillaridan  yanada 

unumliroq  foydalanish  yo‘llarini  izlashga  da’vat  etadi.    Bu    esa,    avvalo    inson  ma’naviyati,  

ruhiyati    va    ijtimoiy  kamoloti  bilan  shug‘ullanuvchi  psixologlar  oldiga  bir  muncha  jiddiy  va 

mas’uliyatli  vazifalarni  qo‘yadi.    Bu    vazifalarning  bajarilishi  esa  har  bir  shaxs  va  uning 

faoliyatini  bugungi    ijtimoiy-iqtisodiy    taraqqiyot    tamoyillari  qo‘ygan  talablar  asosida  qaror 

toptirishga  ko‘maklashuvchi  psixologik  xizmat    jarayonining    muvaffaqiyatli    tatbiq    etilishiga  

ham  bog‘liq    ekanligi  shubhasizdir.    Zero,    shaxs  va  uning  faoliyatini  har  tomonlama  

rivojlantirish  muammosiga  psixologiyaning  amaliy-tatbiqiy  yo‘nalishlari  asosida  yondashish  

zarurligi  haqida ko‘pgina olimlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirganlar va  bildirib kelmoqdalar 

 

Olib borgan tadqiqotlarimiz shunday taxminni tasdiqlashga izn berdiki, psixokorreksion 

model  asosida  tashkil  etilgan  maktab  psixologi  professional  faoliyati  destruktiv  xarakterdagi 

shaxslararo  nizolarni  konstruktiv  nizolarga  samarali  o‘zgartirish,  nizolarni  keltirib  chiqaruvchi 

omillarni  rekonstruksiya  qilish,  o‘smirlarda  shaxslararo  nizolar  vaziyatida  konstruktiv  xulq-

atvorni shakllantirish imkonini beradi. 

Tajriba-eksperimental 

va 


nazorat-diagnostik 

ish 


davomida 

maktab 


psixologiningo‘smirlar  o‘rtasidagi  nizoli  vaziyatlarva  dolzarb  nizolar    sharoitidagi  faoliyati 

nizoni  o‘chirishga  emas,  balki  nizoni  keltirib  chiqaruvchi  omillarning  ijobiy  dinamikasini 

ta’minlashga qaratilishi zarurligi haqidagi taxminimiz isbotlandi.  

Ish  davomida  biz  qo‘yilgan  maqsadimizga  erishdik,  maktab  psixologining  o‘smirlar 

o‘rtasidagi  shaxslararo  nizolar  vaziyatidagi  psixokorreksion  ishi  mazmunini  aniqladik,  uning 

shakl va metodlarini ishlab chiqdik. Tadqiqotlarimiz asosida biz shunday xulosalarga keldik. 

1.Ta’lim-tarbiya  jarayonida  o‘smirlar  o‘rtasida  yuzaga  keladigan  shaxslararo  nizolar 

ob’ektiv  asosga  ega  bo‘lib,  ta’lim-tarbiya  jarayoni  xususiyatlari,  o‘smirlar  guruhlari  ijtimoiy-




 

36

psixologik  xususiyatlari,  o‘smirlarning  shaxslilik,  individual-psixologik  va  yoshga  oid 



xususiyatlariga  bog‘liq.    O‘smirlar  o‘rtasidagi  shaxslararo  nizolar  o‘quvchilar  va  o‘quv 

guruhlariga ham salbiy, ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan maktab psixologining 

o‘smirlar  o‘rtasidagi  shaxslararo  nizolar  sharoitidagi  ishi  shaxslararo  nizoning  shaxslilikni 

rivojlantiruvchi  salohiyatini  maksimal  amalga  oshirishga  va  uning  salbiy  oqibatlarini  yuzaga 

kelish extimolini kamaytirishga yo‘naltirilishi kerak. 

2.O‘smirlar o‘rtasidagi shaxslararo nizolar tabiati turlicha bo‘lgan shaxslararo nizolarni 

keltirib  chiqaruvchi  omillarning  bir  vaqtda  ta’sir  etishi  bilan  aniqlanadigan  o‘ziga  xos  yaqqol 

namoyon  bo‘ladigan  xususiyatga  ega.  Shu  munosabat  bilan  maktab  psixologining  shaxslararo 

nizolarni  konsturktiv  hal  qilish  va  uning  salbiy  oqibatlarini  profilaktika  qilish  bo‘yicha  kasbiy 

faoliyati  psixokorreksion  faoliyat  sifatida  tashkil  etishi  mumkin.  Ya’ni  psixolog  oldida 

o‘smirlardagi  shaxslararo  nizolar    sharoitidagi  asosiy  vazifa  tabiati  turlicha  bo‘lgan  nizoni 

keltirib  chiqaruvchi  omillarni  nizoli  vaziyat  bosqichida  psixologik  korreksiya  qilishdan  iborat, 

shaxslararo  nizo  dolzarblashgan  holatda  esa  –  nizoning  destruktiv  ko‘rinishdan  konstruktiv 

ko‘rinishga o‘tishini ta’minlashdir. 

3.Biz  shu  narsani  aniqladikki,  maktab  psixologining  o‘smirlar  o‘rtasidagi  shaxslararo 

nizolar  sharoitidagi  psixokorreksion  faoliyati  kompleks  tizimli  xarakterga  ega  bo‘lishi  kerak. 

Bunday  faoliyat  mazmuni  ta’lim-tarbiya  jarayonida  nizoni  keltirib  chiqaruvchi  xarakterig  ega 

bo‘lib  qoladigan  individual-psixologik,  shaxslilik,  ijtimoiy-psixologik  va  tashkiliy  omillar 

tizimidan  iborat.  Maktab  psixologi  tomonidan  qo‘llaniladigan  o‘smirlar  bilan  olib  boriladigan 

psixokorreksion  ish  shakllari  va  metodlari  bifurkatsiya  nuqtasida  namoyon  bo‘lgan  nizoni 

keltirib  chiqaruvchi  omillar  tizimining  ijobiy  dinamikasini  ta’minlashga  qaratilgan  bo‘lishi 

kerak. 


4.Maktab  psixologining  o‘smirlar  o‘rtasidagi  shaxslararo  nizolar  sharoitidagi 

psixokorreksion  faoliyati  tuzilmasida  biz  diagnostik,  korreksion  va  nazorat-diagnostik 

elementlarni  ajratamiz,  ular,  qoidaga  ko‘ra  psixokorreksion  faoliyatning  tayyorgarlik,  asosiy 

(korreksion) va yakuniy bosqichiga to‘g‘ri keladi. 

5.  Biz    yana  shunday  xulosaga  keldikki,  maktab  psixologi  psixokorreksion  faoliyati 

samaradorligini baholash maxsus mezonlar asosida amalga oshirilishi kerak. 

Afsuski,  maktab  psixologining  o‘smirlar  o‘rtasidagi  shaxslararo  nizolar  vaziyatidagi 

kasbiy  faoliyati  bilan  bog‘liq  bir  qator  masalalar  faqatgina  bir  dissertatsion  tadqiqot  doirasida 

ko‘rib chiqila olmaydi. 

Muhim  tadqiqot  vazifasi  sifatida  maktab  psixologining  o‘smirlardagi  shaxslararo 

nizolar  sharoitidagi  faoliyati  samaradorligini  ob’ektiv  baholash  ishonchli  va  operativ  usullarini 

ishlab chiqish ilgari surildi. 




 

37

6.  Biz  tomondan  ishlab  chiqilgan  maktab  psixologining  psixokorreksion  faoliyati 



modeli o‘zining mazmuni, shakli va metodlari jihatidan o‘smirlar bilan ishlashga mo‘ljallangan. 

Shu bilan birga adabiyotlar tahlilining ko‘rsatishicha, boshqa  yosh  guruhlarida ham shaxslararo 

nizolar va ularni  yengish muammosi dolzarb bo‘lib turibdi. Shu munosabat bilan turli  yoshdagi 

o‘quvchilar  bilan  psixokorreksion  ish  xususiyatlarini  o‘rganish  va  aniqlash  zarurati  tug‘iladi. 

Istiqbolda bu maktab psixologi psixokorreksion faoliyatining yagona modelini yaratish imkonini 

bergan bo‘lar edi. 

7.Psixokorreksion  yondashuvning  yuqorida  ko‘rib  chiqilgan  imkoniyatlari  maktab 

psixologining  psixokorreksion  faoliyatini  tashkil  etish  sohasidagi  tadqiqotlarni  kengaytirish, 

uning  mazmuni,  shakllari  va  usullarini  aniqlash  va  tasdiqlash  keyinchalik  maktabdagi  ta’lim-

tarbiya  jarayonida  psixokorreksion  modelni  loyihalashtirish  uchun  manbalar  yaratishi 

mumkinligi haqidagi taxminni ilgari surish imkonini beradi. 

8.Mazkur  sohadagi  tadqiqotlar  istiqbolini  ko‘rish  amaliy  psixologning  pedagogik 

amaliyotga  berilgan  nuqtai  nazari  bilan  belgilanadi.  Pedagogik  amaliyot  bu  holatda 

pedagoglarning  kasbiy  faoliyati  va  ta’lim-tarbiya  jarayonining  barcha  sub’ektlari  o‘zaro  ta’sir 

turlarini faollikning kognitiv, affektiv, konotiv shakllarining rivojlanishi va kamol topishi uchun 

sharoit  yaratish  maqsadida;  bilish  madaniyatini  shakllantirish,  borliqni  emotsional  va  irodaviy 

o‘zlashtirish va shu asosda inson individualligini ochib berish sifatida ifodalanadi. 

9.Shu  munosabat  bilan  tarbiyaviy  jarayonning  psixokorreksion  modeli  har  bir 

o‘smirning  psixologik  o‘ziga  xosligi  va  birlamchi  bolalar  jamoalari  ijtimoiy-psixologik 

xususiyatlariga yo‘naltirilganligi bilan pedagogik jarayondagi tabiiy qarama-qarshilikni  - individ 

tabiati  va  ikkilamchi  jamiyat  tomonidan  yaratilgan  mohiyatni  samarali  usul  bilan  hal  qilishga 

qodir.    Demakki,  tarbiyaviy  jarayonning  psixokorreksion  modeli  faqat  joriy  vaziyat  pedagogik 

muammolariga  emas,  balki  ijtimoiy  rivojlanish  istqboliga  yo‘naltirilganligi  bilan  ham  mos 

keladi. 


Nihoyat 

maktab 


psixologi 

psiologi 

ishining 

psixokokrreksion 

metodlari 

psixokorreksiyani tashkil etish shakllariga mos holda tafovutlanishi mumkin. Bunda birgalikdagi 

faoliyatni  tashkil  etishning  turli  metodikalari,  guruhiy    metodikalari  va  maktab  psixologining 

shaxslararo  nizolarda  bevosita  qatnashishi  shakllari,  ya’ni  vositachilik  faoliyatining  turli 

ko‘rinishlari haqida gap boradi. 

Korreksion ishning turli bosqichlarida qo‘llaniladigan metodikalarning            juda ko‘p 

xilma-xilligiga  qaramasdan,  lurani  ko‘proq  umumiy  xususiyatlariga  ko‘ra  ajratish  mumkin,  bu 

esa ularni bitta guruhga jamlash imkoinin beradi. Keyinchalik maktab psixologi psixokorreksion 

ishi metodlarini ko‘rib chiqishda biz quyidagicha reja bo‘yicha ish ko‘ramiz: 

1.

 



Nazariy asoslar. 

2.

 



Korreksiya mexanizmlari. 


 

38

3.



 

Psixokorreksiya maqsadlari. 

4.

 

Psixokorreksion ta’sir ko‘rsatish predmeti. 



5.

 

Psixologik mazmun. 



6.

 

Tashkil etish bosqichlari. 



Bunda  bizning  tadqiqotimizdan  kelib  chiqqan  holda,  psixokorreksion  ish  turli 

metodlarini ko‘rib chiqish o‘smirlik yoshiga nisbatan olib boriladi. 

O‘smir  o‘quvchilar  birgalikdagi  faoliyatining  turlicha  jabhalari  zamonaviy  pedagogik 

va  psixologik  adabiyotlarda  keng  va  har  tomonlama  yoritilgan,  bu  yerda  biz  eng  umumiy 

xarakterga ega bo‘lgan nuqtai nazarni keltirib o‘tamiz va asosiy diqqatni nizoga moyil o‘smirlar 

uchun  maxsus  psixokorreksion  guruhlarni  tashkil  etishga,  shuningdek  o‘smirlardagi  nizolarda 

maktab psixologining vositachi sifatida qatnashishi xususiyatlariga qaratamiz. 

 

O‘smirlardagi  birgalikdagi  faoliyat  doirasida  shaxslararo  nizolarni  yuzaga 



keltiruvchi shaxslilik va indivdual-psixologik                             omillarni korreksiya qilish har bir 

o‘smirning  psixologik  o‘ziga  xosligi  va  birlamchi  o‘smirlar  jamoasining  ijtimoiy-psixologik 

turli-tumanligiga  ko‘ra  pedagogik  jarayonda  yuzaga  keluvchi  tabiiy  qarama-qarshiliklarni 

samarali  hal  qilishga  qodirdir.  O‘smirlar  birgalikdagi  korreksion  faoliyatini  tashkil  etish 

maqsadi, birinchidan, har bir o‘smirga o‘zining ajoyib xususiyatlariga mos ravishda birgalikdagi 

faoliyatda  shunday  “o‘rin”  topib  berishki,  bu  o‘rin  uning  shaxslararo  nizolar  kelib  chiqishiga 

sabab  bo‘luvchi  shaxslilik  va  individual-psixologik  xususiyatlarining  ijobiy  dinamikasini 

ta’minlab  bersin;  ikkinchidan  esa,  birgalikdagi  faoliyatning  o‘zida  shaxslararo  nizolarni  yuzaga 

keltiruvchi  omillarni  qayta  ishlashdir.  Biz  bu  yerda  avvalo  birgalikdagi  faoliyat 

qatnashchilarining maqsadlari, qiziqishlari, motivlari va x.k.larni nazarda tutyapmiz. 

 

Psixolog  bunga  bir  nechta  yo‘llar  bilan  erishishi  mumkin.  O‘smirlarning  eng 



samarali,  maksimal  adekvat  xususiyatlari  va  extiyojlariga  bizningcha  shaxsning  birgalikdagi, 

ko‘ngilli  qabul  qilingan  yuqori  darajali  kooperatsiya  faoliyati  kiradi.  Bunday  faoliyat  guruhiy 

qadriyatlardan  tashqariga  chiquvchi  maqsadlarga  yo‘naltirilgan  bo‘lishi  kerak.  Agar  bunday 

sharoitdagi  muomala  ahamiyatli  va  emotsional  boy  bo‘lsa,  unda  motivatsiya  nuqtai  nazaridan, 

bunday birgalikdagi faoliyat ham o‘z jarayoni, ham o‘z natijasiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 

 

Shunday  qilib,  guruhiy  ichki  nizolarning  yuzaga  kelish  omili  hisoblangan  guruh 



a’zolari,  shuningdek  birgalikdagi  faoliyat  qatnashchilarining  qadriyatlari  va  motivatsiyalari 

xususiyatlari korreksiya predmetiga aylanadi. 

Birgalikdagi faoliyat sharoitida korreksion ish mohiyati, bizningcha, komunikatsiyaning 

interpsixik  vaziyatlari  va  o‘zaro  ta’sirning  boshqa  shakllarida  uning  ijtimoiy  konteksti  bilan 

yaratiladi. 

Birgalikdagi  korreksion  faoliyat  sharoitida  o‘smirlarda  yuzaga  keluvchi  jarayonlarning 

psixologik mazmuni quyidagilardan iborat: 



 

39

1.”Umumiy  harakatda”  shaxsiy  qoniqish  imkoniyatlarini  izlashga  yo‘naltirilgan  



birgalikdagi faoliyat motivi dinamikasi. 

2. Birgalikdagi faoliyat qatnashchilarining qadriyatlari va motivatsion pozitsiyalarining 

yaqinlashuvi. 

3.  Tengdoshlari  bilan  emotsional  boy,  shaxslilik  ahamiyatiga  ega  muomalaga 

extiyoening amalga oshirilishidan qoniqish hissining vujudga kelishi. 

 

 




 

40


Yüklə 308,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin