Amaliy tavsiyalar
Bizningcha, shaxslararo nizolarning o‘smirlarning shaxslilik rivojlanishidagi ijobiy roli
haqidagi taxminlar chuqur nazariy ishlab chiqishni talab etadi. Shuningdek shaxslararo nizolarni
keltirib chiqaruvchi omillar psixokorreksiyasi tasvirlangan metodlarining korreksion ta’sir
mexanizmlari ham chuqur nazariy tahlilga muhtoj.
1.Tadqiqotchilarning diqqat e’tibori korreksion ish davomida yuzaga keluvchi
emotsional va kognitiv o‘zgarishlar qonuniyatlariga qaratilishi kerak.
2.Psixik o‘zgarishlarning ichki mazmunini o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus
tadqiqotlar zarur.
3.Bizning diqqat markazimizdan tashqarida qolgan muhim muammolardan biri –
psixokorreksion jarayon qatnashchilarida shakllanadigan ichki shaxslilik va shaxslararo yangi
tuzilmalardir.
4. Maktab psixologining nizoli vaziyatga tushib qolgan o‘smirlarning ota-onalari va
o‘qituvchilari bilan o‘zaro ta’siri masalasi ham bizning tadqiqot ob’ektimiz tashqarisida qoldi ,
ularni o‘rganishning kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqish kerak.
5.Maktab psixologi psixokorreksion faoliyatining turli shakllari va metodlarini tahlil
qila turib, biz asosiy diqqatimizni darsdan tashqari ishlarga qaratdik, chunki, shu narsa aniqki,
dars, hamkorlikdagi faoliyatning alohida shakli sifatida, maktab psixologining o‘smirlardagi
shaxslararo nizolar vaziyatidagi psixokorreksion ishini tashkil etish uchun qo‘shimcha
sharoitlarni ham o‘z ichiga oladi.
6. Biz tomondan taklif etilayotgan maktab psixologining psixokorreksion faoliyati
modeli maktab sinflari darajasida amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan va maktabni o‘zidagi
kommunikatsiyalar, an’analar, rahbarlik maromi xususiyatlari va maktabdagi ichki hayotning
boshqa xususiyatlari bilan o‘zaro aloqador yagona organizm sifatida qaramaydi, shunga ko‘ra
uni keng qamrovli o‘rganish darkor.
7. Maktab konfliktologiyasining ahamiyatli muammosi o‘quvchilar o‘rtasida
shaxslararo nizolarni yuzaga kelish omillari va shart-sharoitlarini o‘rganishdir. Maktabda
psixokorreksion ishni tashkil etish bo‘yicha bizning tajribamiz shundan dalolat beradiki, ijtimoiy
psixologiyada to‘plangan empirik ma’lumotlar to‘plami zamonaviy maktabdagi ta’lim-tarbiya
maxsus sharoitlariga toza tarzda ko‘chirilib bo‘lmaydi, ularni adekvat baholay bilish shart.
8. O‘quvchilar o‘rtasidagi shaxslararo nizolarning keng doiradagi amaliy vazifalarini
hal qilish psixokorreksiya va psixoprofilaktikaning alohida metodologiyasini yaratish, psixologik
nizolar va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha psixologik xizmatni tashkil
etishning turli jabhalarini tadqiq etishni rivojlantirishni talab etadi.
9. Bizning fikrimizcha, maktab psixologining o‘smirlar o‘rtasidagi shaxslararo nizolar
sharoitidagi psixokorreksion faoliyati tahliliga faoliyatning umumpsixologik modelini qo‘llash
41
istiqbollidir. Biroq, psixokorreksion faoliyat maxsus modellarini ishlab chiqish maqsadga
muvofiqligini ta’kidlash joiz. Biz faoliyatning umumpsixologik modeli mantiqan individual
faoliyat modeli ekanligi fikridan kelib chiqamiz.
Shu munosabat bilan shunday taxminni ilgari suramizki, a) psixokorreksion modelni
loyihalashtirish va tahlili etishda umumpsixologik (individual va birgalikdagi faoliyat) hamda
maxsus (jumladan transakt tahlil) metodlarini qo‘llash mumkin; b) ularni tanlash va qo‘llash
konkret holatda tadqiqot vazifasi, uning bazaviy paradigmasi bilan belgilanadi; v) bu sohadagi
tadqiqotlar hali keng istiqbolga egaligini ta’kidlab o‘tish mumkin.
10. O‘smirlardagi nizolarni yengish va profilaktika qilishga psixokorreksion yondashuv
ularni munosabatlarning maxsus tashkil etilgan tizimiga kiritishni nazarda tutadi, bu esa
shaxslilik rivojlanishi jarayonini optimallashtirish uchun ob’ektiv manbani shakllantiruvchi,
sub’ektlilikning turli shakllarini kamol toptiruvchi, xulq-atvorning nizosiz ko‘rinishlari arsenalini
hamda shaxslararo nizolarni konstruktiv hal qilish ko‘nikmalarini kengaaytiruvchi, o‘z xulq-
atvorini tanqidiy baholash, boshqa odamlar va o‘ziga bo‘lgan munosabatni qayta ko‘rib chiqish
uchun sharoit yaratadi.
Psixologning vositachilik faoliyati salohiyati bizning ishimizda bolalar va voyaga
yetmagan inspektorlar amaliy ishida ham ko‘rinadi.
Dostları ilə paylaş: |