Ko’kaltosh, Ko’kaldosh – rizo’iy (emishgan) birodarlar, ya’ni biror doya
(enaga)ni uning o’g’li bilan birgalikda emgan begona bola. Shunga ko’ra,
podshoxning rizo’iy birodariga “Ko’kaltoshxon” degan laqab berilgan. Ko’kaltosh
istilohi, “G’iyos ul-lug’at” (“Lug’atlar madadkori”)da aytilishicha, turkiy “ko’ka”
(“enaganing o’g’li”) va “tosh” yoki “dosh” (“sherik”) so’zlaridan iboratdir. Bu ikki
so’z orasidagi “l” harfi esa keyinchalik qo’shilib qolgan bo’lib, ilgari bo’lmagan.
“Ko’ka” (“aka”) so’zi hozirgacha qozoq tilida qo’llanilib keladi. Buxoro xonligida
mamlakat ichki xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan shug’ullanuvchi amaldor.
Dostları ilə paylaş: |