boshqaruvchi, boshliq. Buxoro xonligida markaziy davlat idorasining moliya
amirligida mushrif a) oliy davlat nazoratchisi (mushrifi kalon); b) amirning shaxsiy
Воҳидов Ш. Қўқон хонлиги ва Бухоро амирлигида унвон ва мансаблар. – Тошкент, 1996. –Б. 154.
Исмоилов М., Шаропов А. Тарих атамалар луғати. –Тошкент: Akademnashr, 2013. –Б.274.
37
xonligi amir qo’l yuvayotgan paytda oftoba (obdasta) tutib turuvchi lavozimli
shaxs hisoblangan. Saroyga kelgan mehmonlarga ham oftobachi xizmat qilgan.
Og’aliq – Buxoro xonligidagi mansabdor shaxs. Xon, amir maslahatchisi.
Shayboniylar davrida joriy etilgan. Xonlikdagi 4 beklik (Chorjo’y, Qarshi,
Shahrisabz va Kitob) uzoq vaqt markaziy hokimiyatga bo’ysunmay kelganlari
tufayli xonlik bilan bekliklar aholisi o’rtasida vositachilik rolini o’ynovchi
oftobachi mansabi ta’sis etilgan. Yurtning eng hurmatli, nufuzli oqsoqollaridan
xalq yig’inlarida og’aliq mansabiga tavsiya etilgan kishiga amirlik tomonidan
maxsus yorliq berilgan. Og’aliq xonlik va xalq o’rtasidagi vakil hisoblanib, aholi
turmushining barcha dolzarb masalalarini echish huquqiga ega bo’lgan. Viloyat va
saltanat miqyosidagi eng muhim masalalarda ham og’aliqqa murojaat qilingan. U
xalq ommasini amaldorlarning turli tazyiqlaridan himoya qilgan. Og’aliqning eng
asosiy vazifasi – xalq bilan bek va amir o’rtasida murosachilik yuritish, fuqarolar
kayfiyatidan xabardor bo’lish hamda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan turli ko’ngilsiz
tasodiflarni bartaraf etishdan iborat edi.
Parvonachi – hukmdor farmoni va buyruqlarini bituvchi kotib. Buxoro
xonligida parvonachi amirning tayanchi hisoblangan oliy lavozimlardan biri, otaliq
hamda devonbegidan keyingi uchinchi mansabdor shaxs. Parvonachi amir
tomonidan chiqarilgan yorliqlarni arkoni davlat hamda beklarga taqdim etgan, ayni
chog’da xonlikda yashovchi arablar ishi bilan shug’ullanish uchun mas’ul
hisoblangan. Yuqori mansabga tayinlangan amaldor parvonachi taqdim etgan
farmonni uch kun mobaynida o’z sallasiga qistirib yurishi lozim bo’lgan. Amir
qabulxonasida parvonachi uchun maxsus o’rindiq bo’lgan. Parvonachi ba’zan
harbiy harakatlarda ishtirok etib, muayyan qismlarga qo’mondonlik qilgan
29
.
Xazinachi – hukmdorning pullari, qimmatbaho buyumlari va boshqa
moddiy boyliklarini saqlovchi shaxs. Buxoro xonligida xazinachi nisbatan quyi
mansablardan biri hisoblangan.
Dostları ilə paylaş: