Chag’davul, changdovul – Buxoro xonligida harbiy mansablardan biri
hisoblanib, qorovul, yo’lchi va josusdan yuqori turgan. Ayni paytda arergard
qo’shinida xizmat kiluvchi askar ham chag’davul istilohi bilan ifodalangan.
Qorovul - harbiy harakatlar chog’ida qo’shinning asosiy qismlaridan ancha
masofada oldinda borib, yovning xatti-harakatidan xabardor bo’lib turuvchi, zarur
paytlarda “til” tutib keltiruvchi maxsus suvoriy soqchi guruh (avanpost). Buxoro
xonligida biror bir ayg’oqchi yoki talonchining mamlakat yoki lashkarga qo’shilib
kirmasligi uchun yo’llarni muhofazalov-chi askariy guruh.
Amir Shohmurod Buxoro amirligi davlatchiligi tarixida o`z o`rniga alohida
ega bo`lgan hukmdorlardan sanaladi. U turkiy mang`itlar sulolasi hukmdorlari
ichida birinchi bo`lib sud – huquqiy islohotlarini amalga oshirdi. Davlatchilik
tarixida “amiri ma'sum” (“Begunoh amir”) nomi bilan qolgan amir
Shohmurodning
hukmronlik
yillari
(1785–1800)
Buxoroda
markaziy
hokimiyatning nisbatan mustahkamlanishi davri bo`ldi.
Amir Shohmurod tomonidan o`tkazilgan sud – huquqiy islohotlari
mamlakatda sud ishlaridagi nohaqliklarga chek qo`yilishiga, sudlarda ishlarning
erkin olib borilishiga hamda qozilar tomonidan odillik, adolat va insonparvarlik
45
ruhida sud jarayonlarini amalga oshirishga imkon yaratib berdi. Asosiy sud idorasi
qozilik mahkamalari hisoblanib, qozikalon butun mamlakatning bosh qozisi
(sudyasi) edi. Fuqarolik va jinoiy ishlarning barchasini qozilar ko`rib chiqqan. Sud
ishlarini yuritish tartibi oddiy ko`rinishga ega edi.
Qoziga og`zaki va yozma ravishda ariza bilan murojaat etish mumkin edi.
Keltirilgan murojaat, ariza yoki shikoyatnomalarga asoslangan holda qozining
huzuriga aybdor yoki aybdorlar ishni boshlash uchun keltirilar edi. Qozilar
tomonidan olib boriladigan sud jarayonida aybdorni ayblash yoki uning aybini
isbotlash uchun shariat qonun – qoidalariga rioya qiladigan, rostgo`y, halol
kishilarning guvohligi yetarli asosga ega edi. Guvohlar esa kamida ikki kishidan
iborat bo`lmog`i lozim edi.
Sud jarayonida qozilar aybdorlarning moddiy ahvoli, avvalo aybning
darajasiga qarab, so`ngra aybdorning qilmish uchun chin ko`ngildan pushaymon
bo`lishi, zararni ixtiyoriy ravishda qoplashi, jabr ko`rgan shaxsdan uzr so`rashi
kabi holatlarni inobatga olgan holda jazo tayinlagan.
Amir Shohmurod tomonidan o`tkazilgan sud – huquqiy islohotlarning
muhim jihati shundaki, bu davrga kelib qozining hukmidan norozi bo`lgan taraf
qozikalonga yoki amirga shikoyat qilish huquqiga ega bo`ldi. Qozikalonga yoki
amir nomiga yozilgan shikoyatnoma o`rganib chiqilib, qozining hukmini asosli
ravishda qozikalon bekor qilishi hamda qozikalon qarorini faqat amir bekor qilishi
mumkin edi.
Amir Shohmurod tomonidan o`tkazilgan sud – huquqiy islohotlari o`sha
vaqtda nafaqat Buxoro amirligida, balki boshqa xonliklarda ham sud va sudlovni
ijobiylashtirish uchun ulkan qadam edi. O`z navbatida amir Shohmurod sud
idoralarining qayta tuzilishi, tashkil topishi va quyi sud idoralari qozilarining
tayinlanishi kabi yangiliklarni amalga oshirgan edi.
O`sha davrda sud idoralarini isloh qilish maqsadida amir Shohmurodning
bevosita tashabbusi bilan qirq a'lamdan (qonunshunoslardan) iborat tarkibda oliy
sud (qozixona) palatasi tuzildi. Ushbu palataning a'zolari, ya'ni qonunshunoslar
shariat qonun-qoidalari asosida amir Shohmurod tomonidan tuzilgan qoidalar
46
to`plami asosida quyi sud idoralari qozilarining hukmidan norozi bo`lib yozilgan
arz va shikoyatnomalarni ko`rib chiqar edilar.
Amir Shohmurod tomonidan o`tkazilgan sud - huquqiy islohotlarining yana
bir muhim yangiligi, bu oliy sud palatasida qirq a'lam (qonunshunoslar) ishtirokida
ko`rilayotgan arz yoki shikoyatnomada da'vogarning shaxsan o`zi ishtirok
etishining talab qilinishi bo`ldi.
Shunday qilib, amir Shohmurod davrida Buxoro amirligida yangi sud tizimi:
qasaba (kattaroq qishloq), tuman, viloyat qozilari, Bosh qozi va qirq a'lam sudi
vujudga kelib, eng oliy qozi amirning o`zi edi. Shariat huquqi asosida Shohmurod
tuzgan qoidalar to`plami diqqatga sazovordirki, uni izlab topish va ilmiy
jamoatchilikka yetkazish olimlarimiz oldidagi vazifalardan biri bo`lib turibdi.
Chunki O`zbekistonda hukm surgan sulolardan chiqqan davlat boshliqlari qo`li
bilan tuzilgan qoidalar to`plamlarini juda kam uchraydi. Shu o`rinda yana amir
Shohmurodning sud islohotlari, ayniqsa, katta ahamiyatga molik ekanligini aytib
o`tish lozim.
Xulosa qilib aytganda, Buxoro amirligida faoliyat yuritgan davlat
muassasalar o’zlarining vazifalari va faoliyatlari bilan ajralib turgan. Ko’plab
muassasalar Qo’qon va Xiva xonligida ham bir xil vazifa bajarganligi, yoki
O’zbekiston xududida xukm surgan ayrim sulolar davrida ham faoliyat
yuritganligini ko’rish mumkin.
47
XULOSA
Buxoro amirligining davlat muassasalari tarixi bo’yicha adabiyotlar va
muhim tarixiy manbalarning mavjudligiga qaramay, ushbu mavzu etarlicha
o’rganilmagan. Shu bois, XVIII asrning o’rtalaridan amirlik deb nomlangan
davrdan boshlab to mamlakatda XX asrning 20-yillarigacha bo’lgan davr orlig’ida
faoliyat yuritgan davlat muassasalari faoliyatini o’rganilishi bitiruv malakaviy
ishini o’z oldiga qo’ygan maqsadidir.
Bitiruv malakaviy ishi yakuniga ko‘ra quyidagi xulosalarga kelindi:
1. O’zbekiston hududida davlat muassasalarining tashkil topishi va ularning
faoliyatini alohida o’rganish O’zbekiston tarixi, Buxoro amirligi tarixi, O’rta Osiyo
va O’zbekistonda davlat muassasalari tarixi fanlaridan muhim manba sifatida
foydalanish mumkin.
2. Buxoro amirligining shu davrdagi tarixi o’rganishda ko’rish mumkinki,
amirlik Davlat Kengashi faoliyat yuritganini ko’rish mumkin.
3. Saroy va amirlik boshqaruvida faoliyat yuritgan davlat muassasalari
faoliyatlari izchillik bilan o’rganishga yordam beradi.
4. Buxoro amirligida ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi rasmiy faoliyat yuritgan
davlat muassasalari tarixini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
5. Buxoro amirligi davlat muassasalari faoliyatlari o’rganish orqali ularning
har biriga tavsif berilib, boshqa davrlarda yoki Xiva va Qo’qon xonligidagi
faoliyatlariga tarixiy nuqtai-nazardan solishtirildi.
6. Buxoro amirligi davlat muassasalari ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o’rni,
vazifasi va tarixiga e’tibor qaratildi.
7. Buxoro amirligi davlat muassasalarining davlat boshqaruv organlari va
ularning tarkibi, turli yillarda egallab turgan mansablari to’g’risidagi ma’lumotlar
mujassamlashtirilgan. Keltirilgan ma’lumotlar orqali arxiv fondlarining manbaviy
ahamiyati nechog’lik muhimligi yana bir bor o’z tasdig’ini topdi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Buxoro amirligi davlat muassasalari
faoliyatlari, ularni tashkil qilinishi masalalari, ularning vakolatlari kabi masalalar
ilmiy muomalaga kiritilishida arxiv hujjatlari, tarixiy manbalar, bu davrga oid
48
manbalarni – Rossiya bosqini davriga oid, sovet mustamlakasi davriga oid,
mustaqillik davriga oid manbalar orqali biz o’sha davrdagi boshqaruv tizimining
qay darajada tashkil qilinganligini, undagi yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish
orqali ulardan tarixiy saboqlar chiqarishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |