Taqlid so’zlar.
Tabiatda insondan tashqari juda ko’plab tirik jonzodlar yashaydi. Ularda
ham o’ziga xos nutq aparati mavjud. Manashu nutq aparati yordamida ular turli
tuman ovoz chiqaradi. Masalan, itlarning vovullashi, mushuklarning miyovlashi,
tovuqning qoqoqlashi, qo’y-echkining marashi, otning kishnashi, eshakning
hangirashi hech birimizga yod emas.
Bundan tashqari tevarak atrofimizda beadat voqia va hodisalar sodir bo’lib
turadi: narsalar bir biriga tegadi, uruladi. Natijada har xil ovozlar xosil bo’ladi.
Inson o’z faoliyati davomida mana shu ovozlarga taqlid so’zlar atamasi bilan
yuritiladi.
Prof. Sh.Rahmatullayev taqlid so’zlarni undovlarning bir turi deb ularni ikki
guruhga ajratadi.
1. Harakatni bajarishga chaqiruvchi undovlar: chu, tis, hih, mok-mok, tu-tu-
tu!
2. Harakatni bajarmaslikka chaqiruvchi undovlar: digg, tok, ish, ho’sh, hish.
O’z navbatida taqlidiy so’zlar semantik jihatdan, bir tomondan tovushga
taqlidni, ikkinchi tomondan harakatga taqlidni yoki miqdor obrazni bildiradi.
48
Bobom quruq aravani tortishga ham modori qolmagan eshagini “hih-hih”lab
yo’lga tushdi. Chiqib ketayotganda chol kampir pichir-pichir qila
28
yotganini
sezdim. Bobomning “a?” degani qulog’imga chalindi.
- Pish-e! oyog’imga suykalgan mushukni bir tepgan edim, “big’” etib uch
qadamcha nariga borib tushdi.
- Oyim dik etib o’rnidan turdi.
- Voy-voy-voy sodda mug’ombirey!
- Ikki qo’llab ushlab ko’zlarimga tikildi. Cholimni aytishicha- tabib sigirini
ham sizlab gapirarkan “chu” demay, “chuying” derkan.
- Shoshma, qora ko’z, shoshma … dirr! Ho’p!! ana bo’ldi. Ketdik.
- Chu, birodar. (O’.H. ikki eshik orasi).
Yuqorida takidlanganidek, ular 2 xil guruhga ajratiladi. 1. Tovushga taqlid
so’zlar. 2. Obrazga taqlid so’zlar.
1. Tovushga taqlid so’zlar kishilar, jonivorlar, narsa va hodisalarning
chiqargan tovushlariga shartli ravishda taqlid qilish natijasida paydo bo’ladi: qars,
tars-tars, tuk-tuk, qars-qurs, kirt-kirt, shilp-shilp kabi ularning bir qismi jonli
(inson, hayvon va boshqa janvorlar), ikkinchisi esa jonsiz predmetlarning
tovushlariga taqlid natijasida paydo bo’lgandir.
a) jonli predmetlar tovushlarga taqlid so’zlar: a) kishilarning harakatlaridan
paydo bo’lgan tovushlarga taqlid so’zlar: -qah-qah etib kuldi. Kallang ishlaydimi,
uka! To’chni adresga balo bormi? (O’.H. 126).
b) turli xayvon va janvorlar tovushiga taqlid so’zlar. Shunda xalqning
yonginasiga boshi katta eshak tikan uchiga qanotlari qizil, ko’ksi sariq tog’ bulbuli
kelib qo’ndi va “chu-chu! Chu-lu-lu!!!” deb sayradi…
Xoliq bo’ynini cho’zib, yana uni sayrashini eshitdida:
- Chu-lu-lu-lu! – dedi beihtiyor (Sh.X. 219).
2. Tovushga taqlid so’zlar eshitish bilan bog’liq bu hodisalarni ifodalasa,
obrazga taqlid so’zlar ko’rish bilan bog’langan xodisalarni ifodalaydi.
28
Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili. – Toshkent: 2006, 135-138-bet.
49
Predmetlarning holat, harakat, tashqi ko’rinishining hamda yorug’liq ta’sirining
obrazi ifodasi sifatida maydonga kelib, tilda keng qo’llanuvchi lip-lip, yalt-yalt,
pildir-pildir, hang-mang tipdagi so’zlar obrazga taqlid so’zlar hisoblanadi.
Turmushda harakat va holat formalari qanchalik ko’p bo’lsa, til ham ularni
ifodalovchi so’zlarga shuncha boydir.
Obrazga taqlid so’zlar semantikasidagi har xilliklar ham o’z navbatida bir
qancha guruhlarga ajraladi.
a) harakatni, uni harakteristikasini bildiruvchi obrazli so’zlar. Bu so’zlar
ko’proq kishilarning, narsa va jonivorlarning yurishi va boshqa xil harakatlaridagi
turli holatlarning obrazli ifodalanishi sifatida maydonga keladi: lip-lip, lop,liking-
likang, ship-ship, qilpang-qilpang, salang-salang, jildir-jildir, lapang-lapang,
g’ovur-g’uvur, dik-dik, lik-lik, xilp-xilp kabilar.
Kaklik lip etib kattakon bo’taning tagiga kirib ketdi. (Sh.X.222).
Hanifaning lablari uchdi, kipriklari pir-pir qilar, ko’zlaridan duv-duv yosh
to’kildi.
b) kishi va boshqa predmetlarning holatini, tashqi ko’rinishining tasvirini
ifodalovchi so’zga taqlid so’zlar. Bular, asosan, narsalarning tinchlik muvozanat
holatini tasvirlaydi.
- Ha-a-a-y, ginekolog-bor, indokrinolog bor… Ukajon bilishimizcha, siz
xatga ko’p tikilasiz, to’g’rimi?
Zuxra jiq-jiq terlab, qizarib, pishib o’tirgan holda dong qotib turardi
(Sh.X.8).
v) Yorug’liq tasvirini ifodalovchi taqlid so’zlar. Bu guruhga obrazli
so’zlarning asosiy qismi to’satdan bo’lganlikni, keskinlikni, bir lahzalikni
bildiradi.
Bundan tashqari obrazga taqlid so’zlarning yuqoridagi guruhlari kishi va
boshqa narsalarning harakat va holatini ifodalasa, bu guruppa yorug’lik obrazini
ifodalovchi so’zlar sifatida maydonga keladi:
50
U tiniq ko’kda suzayotgan to’lin oyga, jivir-jivir nuqra yulduzlarga, qor
bosib yotgan cho’qqiga, pastga, soy bo’yidagi qorong’i olchazorlarga tikildi.
(Sh.X.192).
Tovushga taqlid so’zlar tabiatda uchraydigan turli tovushlarga taqlidni
ifodalaydi. Insonning turli holati va kayfiyati tufayli sodir bo’ladigan tovushga
taqlid so’zlar: xax-xax/xa-xo-xa/ hi-hi-hi kulguga taqlid, xax-xax-xa… qattiq
kuldi. Ali (O’.H. 37).
pix-pix- og’ir nafas olgandagi tovushga taqlid.
kasir-kasir –kasir-kasir ovqat chaynagadagi tovush.
qult-qult-suv (ummon suyuqlik) ichgandagi tovishga taqlid.
bidir-bidir-tez gapirgandagi tovushga taqlid .
duk-duk-po’k-po’k-yurak urushiga taqlid (qo’rqqanda, hursandchilikda).
Dostları ilə paylaş: |