3. Tasdiq va inkor so’zlari:
- Tasdiq va inkor ma’noli leksemalar;
- O’zgarmaslik;
- Ajraluvchilik (gap bo’laklari bilan munosabatga kirisha olmaslik);
- Ma’naviy va sintaktik.
4. Taklif so’zlar:
- Taklif ma’noli leksemalar:
- O’zgarmaslik;
- Ajraluvchilik (gap bo’laklari bilan munosabatga kirisha olmaslik);
- Ma’naviy va sintaktik.
Avvolo so’z-gaplarning tamoillari to’g’risida shuni aytish lozimki, garchi
o’zbek tilshunosligida so’z-gaplarning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali
tasnifi, qo’llanish xususiyati empirik asosda yetarlicha bayon qilinganiga
qaramasdan, so’z-gaplar qatoriga kirituvchilar hamon turli tuman ravishda o’z
ifodasini topmoqda. Biz bular to’g’risida avval to’xtalganimiz uchun ularni
qaytarmasdan balki ayrimlarini keltirishni lozim topdik.
… So’zlar dastlab shunday to’dalarga bo’linadi: mustaqil so’zlarning har biri
ma’lum bir ma’noni bildirish bilan harakterlanadi. Yordamchi so’zlar yakka holda
ma’no bermaydi, ma’nosi nutq ichidagina bilinadi, ular odatda o’z ayrim urg’usiga
ega bo’lmaydi; morfologik jihatdan o’zgarmaydi. Ular mustaqil so’zlarning
31
munosabatini ko’rsatadi, yoki so’z (mustaqil so’z) va gaplarning ma’nosiga bir oz
boshqacha tus-ottenka berish uchun xizmat qiladi. Yordamchi so’zlar: ko’makchi,
bog’lovchi va yuklama.
So’zlovchining aytayotgan fikrga, voqelikka munosabatini bildiradigan
balki, albatta kabi so’zlar modal so’zlar deyiladi.
Undov va memimalar turli emotsiyalarni, taqlidlarni (masalan, tovush
taqlidi) va shuning kabilarni bildiradi. Ular o’z xususiyatlariga ko’ra mustaqil
so’zlardan ham, yordamchi so’zlardan ham ajraladi. Alohida kategoriyani ayrim
to’dani tashkil qiladi.
Modal so’zlar ayrim mustaqil so’zga o’xshab ko’rinsa ham, lekin ularning
vazifasi yuklamalarga yaqin keladi: ular so’zlovchining voqelik hodisalariga
aytiladigan fikrga munosabatini bildiradi: aniqlik (to’g’ri, u borgan edi), ishonch
(shubhasiz, albatta), taxmin.gumon (balki.mazmuni) va boshqalar.
Demak, bular mustaqil so’zlar bilan yordamchi so’zlar orasidagidagi ayrim
bir so’z kategoriyasidir. Modal so’zlar formal jihatdan o’zgarmadi va gap bo’lagi
bo’lolmaydi .
Undov va mimemalar turli emotsiyalarni , his-tuyg’ularni bildiradigan
so’zlar (eh, oh kabi) ,hitob-chaqiriq so’zlari (ey, hoy kabi), hayday uchun
ishalatiladigan (beh, beh. Kisht, qurey-qurey) kabi so’zlar ; shuningdek (taq-tuq)
kabi taqlid so’zlar. Bu kategoriyadagi so’zlarning taq-tuq tipidan boshqalari
undovlar sanaladi, taq-tuq tipi esa mimemalar sanaladi. Mimemalar taqlid
bildiradigan so’zlar bo’lib, bular ikki hol; 1) tovushga taqlid (taqir-tuqur kabi), 2)
obrazga-holatga taqlid (yalt-yult g’ivir-g’ivir kabi).
15
A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh.Yusupovalar tomonidan nashr etilgan “Hozirgi
o’zbek adabiy tili” darsligida esa so’z-gaplar to’g’risida quyidagi ma’lumotni
beradi. …Mustaqil so’zlarga ham, yordamchi so’zlarga ham kirmaydigan, ularning
har ikkisiga xos belgini o’zida ma’lum darajada aks ettiradigan oraliqdagi so’zlar
15
Ҳозирги замон ўзбек тили. – Тошкент: Фан, 1957. 303-304; 307-бетлар
32
bor. Bunday so’zlar undov so’zlar, modal so’zlar, taqlid so’zlarni o’z ichiga
oladi.
16
Umumta’lim maktablarining 7-sinf uchun darslikda esa so’z-gaplar
undovlar, taqlid so’zlar, modal so’zlar, tasdiq va inkor so’zlar mustaqil so’z
turkumlariga ham, yordamchi so’z turkumlariga ham kiritilmasdan tasnif etilganini
ko’ramiz.
17
Xullas mavjud manbalarda so’z-gaplar, oraliq so’z turkumlari hamon
turlicha tamoyillar asosida ta’rif etilmoqda. Yuqorida ta’kidlanganidek keyingi
yillarda ular so’z-gap deb e’tirof etilmoqda.
Mavjud har xilliklarga chek qo’yish maqsadida ushbu muammoga
boshqacha qaraliyotganini ko’ramiz. … Substansial yondoshuvda gapning eng
kichik qurilish qolipi [Wpm] sifatida qayd etilgach, ziddiyotli, izohtalab nuqtalarga
ega bo’lgan so’z-gapga ham “lison-nutq” tamoyili asosida yondashish zaruratin
paydo bo’ldi va har bir gapning o’z qolipi mavjud bo’lgani kabi, so’z-gaplarning
ham o’ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish modeli bo’lishi shartligi e’tirof etiladi.
Til – sof lisoniy qobiliyat va imkoniyat. U tafakkurni shakillantirishga,
kodlashtirishga xotirada qat’iy sistemaga tizib saqlashga, axborotni uzatish va
qabul qilishga imkoniyat beruvchi muhum lisoniy-ijtimoiy-ruhiy komunikatsiya
vositasi. Tilda bosh ichki ziddiyat-atash-nomunativ va ifodalash-ekspressiv
vazifalarning dialektiv birligidir.
Lison – UMIS tabiatli lisoniy birliklarning serqirra, ko’p qavatli sathlaridan
tashkil topgan barqaror, tashqi muhit ta’siriga o’ta sezgir, o’zgarish, rivojlanish va
moslashish immanent qobilyatni o’z ichida mujassamlashtirgan murakkab
qurilishli ierarxik, sistemadir. Lison deyilganda, ma’lum bir jamiyatning barcha
a’zolari uchun avvaldan (oldingi avlodlar tomonidan) tayyor holga keltirib
qo’yilgan, hamma uchun umumiy va majburiy, fikrni ifodalash va boshqa maqsad
16
Нурмонов А. ва б. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. Мофология. – Тошкент: 2001, 164 –бет.
17
Muhmudov N. va b. ona tili 7- sinf uchun darslik - Toshkent. 96-108-betlar.
33
uchun xizmat qiladigan birliklar hamda bu birliklarning o’zaro birikish
qonuniyatlari yig’indisi tushuniladi.
Me’yor – lisonning ichki qurilish tizimiga nisbatan tashqi omil bo’lib,
lisoniy imkoniyat – sinonimik qator, lisoniy birliklarning dublet, ollovariant va
variantlari, sohaviy birliklardan har birining voqiylanish o’rni va xususiyatini
belgilaydi.
Nutq – lisonning me’yor egaligidan o’tgan muayyan moddiy yozma,
og’zaki, tasviriy, imo-ishora, signal va h.k. shakillarudan birida voqlanishidir.
Demak, lisondabirlik va birikish qonuniyati farqlashadi.
Har qanday lisoniy birlik psixofizik tabiatli bo’ladi. Shu bilan birgaular ikki
tomonining bir butunligidan iborat:
a) lisoniy birlikning shakliy, tashqi tomoni;
b) lisoniy birlikning ma’lum bir vazifasi, ma’naviy qiymati. Lisoniy birlik
UMIS sifatida mavjud ekan, umoddiylikdanholi bo’lmog’i lozim.
18
UMIS va AHVO munosabati dialektikaning (ya’ni butun borliq – tabiat,
jamiyatva inson tafakkurining asosiy yashash) qonuniyatidan biri bo’lganligi
sababli, u harbir fanda o’ziga xos tarzda xususiyatlashadi. UMISning tildagi
tajallisi lison, AHVOniki esa nutq deb yuritiladi.lison va nutqning majmui til
deyiladi.
Tilshunoslikda lisoniy va nutqiy jihatni farqlashga intilish ushbu fan bilan
tengdosh. Chunki har qanday fan cheksiz hodisalahni umumlashtirishni o’z
oldiga maqsad qilib quyadi. Xususiy hodisalar zamiridagi umumiylikni
ko’rishga intilish bilishning har ikkala bosqichi (faxmiy va idrokiy) da ham
mavjud. Shu hodisadan aytish mumkinki, bilishning fahmiy bosqichi mutlaq
xususiylik bilan o’ralashib qolmaganligi kabi, idrokiy bosqich ham mutlaq
umumiylikni UMIS ni tiklay olmaydi. Biroq har bosqich o’z vazifasiga ega.
Chunki har bir davr o’z fani oldiga muayyan maqsad va aniq talablarni qo’yadi.
Fanlarning taraqqiyoti shu davrning ilg’or falsafiy fikri, davr uchun yetakchi
18
Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o’zbek tili. – Toshkent, 2009, 33-betlar.
34
bo’lgan fan sohalarinig yutuqlari bilan uzviy bog’liq. Turli fanlarning manbalari
ko’p qirrali bo’lganligi sababli, davrning yetakchi falsafiy fikri aniq fanlardan
o’rganish manbaining qaysi tomonlariga alohida e’tibor berish lozimligini,
borliqdagi mavjud qonuniyatlarni mantiqiy kategoriyalarda qay usulda aks
ettirish yo’llarini belgilab beradi:
Shu asosda aytish mumkinki, zamonaviy o’zbek tilshunosligining birinchi
bosqichi dialektika nuqtai nazaridan, tildagi UMIS va YAHVOni bir-biridan
farqlamay tasnif etish bosqichi. Tilshunoslikda lison va nutqni izchil farqlab
o’rganish avvolo, tilshunoslar V.fon Humboldt, B.de Kurtene va F.de Sossyur
nomi bilan bog’liq. Lison va nutqning farqlanishi, tilga tizim sifatida yondashuv
XX asr jahon tilshunosligida tub burilish sifatida baholanadi. Chunki u mavjud
qarashlarni tubdan o’zgartirib yubordi.
19
Insoniyat tarixida fanlar taraqqiyot dialektikasi shuni ko’rsatadiki, har bir
fanning taraqqiyoti uzluksiz “empirik” dialektik zanjirdan iboratdir. Bu zanjirning
o’zgarish ob’ekti ularni umumlashtirish, ularning mohiyatini ochib berish, fanni
ma’lum darajada turg’unlikdan chiqarish uchun emperik tahlilni ochishdir, mana
shu zaruriyat fanda inqilobiy vaziyatni yuzaga keltiradi; shunday, avvalo, jonli
mushohada, bevosita kuzatish vositasida o’rganilib, uning xususiyatlari, qirralari,
tomonlari aniqlanadi, natijada bu xususiyatlar, dalillar, hodisalar to’planadi,
saralanadi: to’plangan dalillar asosida aqliy, diolektik tahlil usullariga o’tish
ehtiyoji paydo bo’ladi.
20
Mana shu nuqtai nazardan ham so’z-gaplarga yangicha qarashlar vujudga
kelmoqda.
So’z-gap umumiy atamasi ostida birlashitiriladigan so’zlarning alohida
belgilari mavjudki, ular shu belgisi bilan mustaqil, yordamchi so’zdan shuningdek,
yohud qo’shma gapdan farq qiladi. Bular quyidagilar:
1) mustaqil holda gap bo’la olish;
19
Sayfullayeva R va b. Hozirgi o’zbek tili. – Toshkent, 2009, 32-b.
20
Неъматов Ҳ., Бозоров О. Тил ва нутқ. – Тошкент: Ўқитувчи, 1993, 27-б.
35
2) gap tarkibida shu gapning biror bo’lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha
olishlik;
3) o’ziga xos g’ayri oddiy ma’noga ega bo’lish;
4) bog’lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon,
shaxs-son shakillariga ega emaslik.
So’z-gap sirasiga shu to’rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashuvchi
birliklar kiradi (bu tipdagi birliklar kirish so’z vazifasida ham keladi, lekin ularning
substansial belgisi – so’z-gap bo’lib kelishi).
1. Mustaqil holda gap bo’la olish belgisi. Bu belgi yuqoridagi belgilar bilan
chambarchas bog’langan. O’zbek lisoniy tizimi gapda ma’lum bir axborotni
tashuvchi tasdiq-inkor, mayl-zamon, shaxs-son ma’no va munosabatini ifodalovchi
tarkibiy qism zarur bo’lishini talab qiladi. So’z-gapda bunday tarkibiyqismni
alohida-alohida ajratish mumkun emas. Lekin kesimlik ma’no va munosabatni
so’z-gapning o’zida mujassamlashgan va ularning ichki mohiyatini tashkil qiladi.
Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi ma’nolari hamda kesimlik gap markazi
mavqeida kelishda-fikrni shakillantirish, ifodalash vazifasi bor. Ular gap sifatida
voqeilanuvchi so’zning leksik ma’nosida mujassam, shu sababdan bunday gapda
kesimlik mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan.
2. So’z-gap mustaqil gap bo’la olish qobiliyatiga ega bo’lganligidan bu
so’zga nisbatan semantik funktsional shakillangan so’z-gap atamasi qo’llaniladi.
Bu atamadagi “semantik” tarkibiy qismi hodisaning lug’aviy “ma’naviy” tomoniga
ishora qilib turadi. Gap markazi mavqeida kelgan bunday leksemaning ikki tabiiy
xususiyati nomoyon bo’ladi, ya’ni leksik birlik ham so’z, ham gap. Bu atamaning
funktsional tarkibiy qismi esa so’z-gapning sintiktik vazifa bajarishi faqat gap
markazi vazifasida kela olishi bilan chegaralanganligini ifodalaydi. Demak,
semantik-funktsional shakillangan gap Grammatik shakillangan gap [Wpm] dan
farq qiladi va kesimlik ma’nosi so’z-gapda leksik birlikning yoki atov birligi [W]
ning o’zida mujassamlashganligi tufayli lisoniy qurulish qolipi [W] sifatida
namoyon bo’ladi.
36
3. So’z-gapning o’ziga xos g’ayri oddiy lug’aviy ma’noga egaligi. Bu
xususiyat quyidagilardan iborat:
a) ma’no imkoniyati chegaralangan;
b) grammatik shakilni talab qilmaydi;
c) boshqa so’z bilan birikish qobiliyatidan maxrum.
g) gapda bajara oladigan vazifasi cheklangan.
d) ma’noli qismga ajralmaydi.
Shuning uchun ham bu tur leksemalar boshqa leksemalarga nisbatan
g’ayrioddiy, biroq ma’no va vazifa jihatdan alohida barqaror til birligi hisoblanadi.
Aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkunki, ot, sifat, son, olmosh,
fe’l, ravish, taqlid so’z turkumlari gapning istalgan bir bo’lagi vazifasida kela olsa,
so’z-gap vazifasida kela olsa, so’z-gap vazifasida kela olishga xoslangan,
bog’lovchi, ko’makchi, yuklama esa sintaktik aloqani ifodalash uchun xizmat
qiladi.
So’z-gap tasnifi. So’z-gap ichida bir necha ma’naviy guruhga ajratiladi:
1. Modal
2. Undov
3. Tasdiq-inkor
4. Taklif-ishora.
21
1. Modal.
Modallar gap shaklga bir butun holda qo’shilib so’zlovchining o’zi
anglatayotgan fikrning aniqligiga, chinligiga ishonch darajasini, voqeilikdan
taajjublanishini, afsuslanishini ifodalaydi.
Modal so’zlar gap bo’laklari bilan odatda grammatik aloqaga kirishmaydi.
Shunga ko’ramodal so’zlar asosan ko’rish so’z vazifasida keladi. Bunday sintaktik
vazifa ko’proq fikrning aniqligini ko’rsatuvchi modal so’zlar guruhiga xosdir.
Masalan, “Albatta, mening ota-onam bo’lganida, men ham o’shalarning yonida
21
Sayfullayeva R va b. Hozirgi o’zbek tili. – Toshkent, 2009, 279-28-betlar.
37
bo’lishni afzal ko’rardim”, dedi o’ziga. (Sh.X. 280. Bundan keyingi barcha
misollar Shukur Xolmirzayevning I tom. Saylanma asaridan va O’.Hoshimovning
“So’qqa bosh bevoshka” asarlaridan olinadi).
Aksariyat modal so’zlar nutq oqimida pauza bilan ajralib turmaydi, shunga
mos holda ular yozuvda ham doimo vergul bilan ajratilavermaydi. Ammo bunday
so’zlar ham gap bo’laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydi, gapda ma’lum
modallikni yuklaydi. “O’zi odamlarning tayini yo’q. Bir kun qarasang, yaxshi
ko’radi, bir kun qarasang, yomon ko’radi. Fu! Balki yana bitta erga tegay, keyin
yana kim yaxshi – Masturaxon yaxshi bo’ladi”. (Sh.X. 283).
Darhaqiqat, qo’shnilar va tanish-bilishlarning unga munosabati avvalgidek
davom etar. Mastura ularga erkalanar, u yana beihtiyor ravishda hurmat talab va
mehr talab bo’lib qolgan edi. (Sh.X. 279).
Modal so’zlarni kirish so’zlardan farqlash kerak. Bu ikki tushuncha o’zaro
teng emas: modal so’z marfologik hodisa bo’lsa, kirish so’z sintaktik hodisadir.
Kirish so’z vazifasida turlicha turkumlardagi so’zlar kela oladi va ular shodlik,
afsus kabi ematsional ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi; fikrning manbaini,
ifodalanish tartibini, usulini ko’rsatadi. Modal so’zlar kirish so’z vazifasida
qo’llanuvchi so’z tiblaridan biridir, xulas. Demak, har bir kirish so’z modal so’zga
teng bo’la bermaydi. Kirish so’z bilan modal so’zlarning o’zaro munosabati butun
bilan bo’lak munosabatidekdir.
Modal so’zlar sinonimik kategoriyada bo’lishi ham mumkun: chamasi –
chog’i- mazmuni; albatta-shubhasiz-so’zsiz; tabiiy-o’z-o’zidan; aslida – (aslan)-
haqiqatda (haqiqatan) –darhaqiqat kabi. Bunday boy sinonimika, so’zsiz, nozim
ma’no ottenkalarini ifodalash talabi bilan tug’ulgandir.
Sinonimik modal so’zlar o’zaro ma’no ottenkasidagina emas, balki nutqda
qo’llanilishiga
ko’ra ham farq qiladi. Masalan, ehtimol-balki-shekilli
sinonimlarining qo’llanishida shaklli modal so’zi asosan gapning tugallanishida,
balki modal so’zi asosan gapning boshlanishida keladi, ehtimol modal so’zining
qo’llanish o’rni erkin, u gapning boshlanishida ham, ichida ham, tugallanishida
38
ham kela oladi. Bundan tashqari, balki, ehtimol, modal so’zlari dialoglarda javob
tariqasida yolg’iz qo’llana olsa, shekilli modal so’zida bunday xususiyat yo’q.
Modal so’zlar badiiy asarlarda odatda persanajlar nutqida ishlatiladi. Chunki
modal so’zlar o’z qo’llanishiga ko’ra ko’proq so’zlashuv tiliga xosdir
22
.
– Voy, Gulya! Bormisan bu dunyoda? Voy, turmushga chiqdigmi?
– Uch oy bo’ldi.
– ...
– Albatta, to’ydan keyin Gavaya orollariga nikox sayliga bordik (O’.
H.175).
Dilfuza.Univermagmas, universitet. Chol. (Gulsaraga) Univermagda ishlasangiz,
kollega ekamiz.
Kontrakt tuzamiz. Balki
biznes qilamiz. Bugun
bayram.(O’.H.177).
– Mayli, ertaga borib olarman,– dedim hamon shubhalanib. Rosdan, shunsha
pul qayerdan kelishi mumkin? (O’.H.177).
So’z-gap shaklida qo’llanuvchi modal so’zlarning ma’no turlarida ham
ma’lum bir sistema mavjud emas. Biz boshqa tasniflarga qaraganda
SH.Rahmatullayev keltirilgan tasnifi ma’lum darajada to’liq bo’lganligi uchun
modallarning ma’no turlariga asoslandik.
23
… 1. Fikrning aniqligini ifodalovchi modallar o’z nabatida quydagicha
guruhlanadi:
1) fikrning rostligini, realligini ifodalovchilar: darhaqiqat, haqiqatan,
haqiqatdan, tilhaqiqata kabi:
Haqiqatan, bu masalani Akobirdan oldin Mastura onasi bilan hal qilgan edi.
(SH.X.279).
– O’zimning Mo’minchigim!–dedi erkalanib.
22
Hozirgi zamon o’zbek tili. –Toshkent: Fan, 1957, 487-b.
23
Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili. – Toshkent, 2006, 135-138-betlar.
.
39
– Men siz haqiqatan ham hech kimga alishmayman,jonim!Ana,bo’larkan-
ku!Mo’mintoyning chehrasi bahor qiyoshdek charaqlab ketdi.(O’.H.145).
2) Fikrning qat’iyligini ifodalovchilar: shubhasiz, so’zsiz, shaksiz kabi: Bu,
shubhasiz, bizning yutuq “yuvamiz!” –dedim haydovchiga, -anchadan
beri Chaqarning lag’moniga bormay qo’ydik-a?
- Bugun boramiz! Jigar kabobniyam sayratvoradi, azamat! (O’.H. 178).
3) anglatilayotgan voqelikning yuz berishiga ishonch bildiruvchi: albatta.
- Cho’rt poveri! – dedi ozod aka. – Endi “Plishi”ni ko’rsam ko’nglim
ayniydigan bo’ladi. Bahodir aka astoydil yalindi.
- Qo’yinglar endi, shu gap shu yerda qolsin, eshitgan quloqqa yaxshima.
- Albatta, deb tasdiqladi Ozod aka. (O’.H. 193).
4. Anglatilayotgan voqeylikning yuzaga kelishi tabiiy ekanini ifodalovchilar:
o’z-o’zidan, tabiiy kabi.
… O’z-o’zidan u Tursunoyni hamon sevadi! O’sha g’alati “ko’z boylag’ich”
sevgisi bilan sevadi! (Sh.X. 329). Tabiiy Mansurjon ham bujoyni tashlab
ketolmasdi. Bu yerda uning ota bobolari o’tgan. (Sh.X.361).
5) Fikrning chinligi, realligini eslatuvchilar: rostdan, darvoqe, aslida, ba’zan:
Rostdan bu yolg’on gap! – baqirib yubordi Berdiyor.
- Mana bu shipyonbachchadan chiqqan bu gap. Ho’, ko’zingni…
(Sh.X.259).
2. Fikrning noaniqligini ifodalovchi modallar o’z navbatida quyidagicha
guruhlanadi.
1) fikrning taxminiy ekanini ifodalovchilar: shekilli, chog’i, chamasi kabi.
Jarrohlik jarayonida dotsent falonchilar, assestent fismadonchilar, -
deganimda “Informatsiya qiroli”-ning tinglayverib qulog’i, yozaverib qo’li
charchab ketdi shekilli, toqati tog’ bo’lib so’radi. (O’.H. 51).
2) fikrning gumonligi ekanini ifodalovchilar: ehtimol, balki kabi: Boshqa
payt bo’lganda Mastura, ehtimol, bu faryodga chidab turolmasdi. (Sh.X. 221).
40
3) fikrning tusmoli ekanini ifodalovchilar: xoy-naxoy, aftidan, mazmuni
kabi.
… aftidan jiyani direktorini olib kelmoqchi ekan. Bechora bir qo’y so’yib,
osh damlab o’tirdi. (Sh.X. 22).
4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham ifodalovchilar har qalay, har
holda kabi.
To’g’ri, safdoshlarimiz o’ng keldi degancha gurullab o’zini do’konga uradi.
Nima zaril! Biz, har holda, intelligentmiz! Pedagogmiz! Unaqa ochko’z
emasmiz… (O’.H. 65).
3. Ayrim modallar yuz bergan voqea-hodisadan so’zlovchining taajubini,
afsusini ifodalaydi: ajabo, attang,essiz, xayriyat kabi.
Ajabo, shu o’zimizningKenjamizmi? (O’.H. 51).
Men yerga qaradim. – Yo’q. – attang, attang – Nima edi? Deb qoldilar Zokir
aka.
Ba’zan bir modal so’z takrorlanib keladi, bunday qo’llanilish ma’noni
kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
- Yaxshi. Ko’klik qayerda ko’p bo’lsa, o’sha yerga boramiz.
- Mayli. Undov bo’lsa, mayli. (Sh. X. 20).
- Ovul bor, qatiq ichamizmi?
- Albatta, albatta, qatiq. Qatiqdan kim yuz o’giradi? Hademay kun qizib
ketadi. (Sh. X. 25).
Ba’zan modal so’z ematsional ma’noni ifodalovchi so’z bilan birlikda
qo’llanadi, bunday qo’llanish uchun ham ma’noni kuchaytirish uchun xizmat
qiladi.
Gap shundaki, o’zingiz tushinadigan xotinsiz, planimiz katta! Lekin sovxoz
o’z moli bilan uzolmaydi. … To’xtangda! Bizda individualniy plan deganiyam
borda. Bu planni tushunasizmi?
- Bo’lmasamchi, albatta, albatta. (Sh.X. 211).
41
Ba’zan bir gapda birdn ortiq modal so’z qatnashishi mumkun. Bunday hol
ko’proq so’zlashuv tilining xususiyatini aks ettiradi.
… Hanifa haqiqatdan ham, aeroport yonida xayrlashayotganida mag’rurlik
va o’jarlik xalal berdi, chamasi, mazmunan biror narsa deyishga jazm eta olmadi.
(Sh.X. 269).
Modallar asosan boshqa so’z turkumlaridan o’sib chiqqan.
1. Ot leksema shakldan o’sib chiqqan modallarning ko’pchilik qismini
shular tashkil qiladi.
Bunda modal:
1) Tub leksema shaklga teng deb qaraladi: ehtimol kabi.
2) Asli arabcha leksemaning tushum kelishigi shakliga teng bo’lib, o’zbek
tili nuqtai nazaridan tub deb qaraladi: haqiqatan (haqiqattan) kabi;
asli prelog va leksemadan iborat bo’lib, o’zbek tili nuqtai nazaridan tub deb
qaraladi: darhaqiqat (tojikcha dar predlogi va arab tilidan o’zlashgan haqiqat
leksemasidan iborat bo’lib, tojik tilida analitik grammatik shakilli leksema shakl
sifatida dar haqiqat tarzida ajratib yoziladi), dar voqe (bu modal ham xuddi
shunday tuzilgan: tojikcha dar predlogi + arabcha voqe =darvoqe -haqiqatda) kabi.
4) asli “ot leksema” + atributiv shakl yasovchi” tarkibiga ega
leksemashakldan o’sib chiqqan va ma’noli qismlarga ajratilmaydigan bo’lgan:
Shubha – siz, shakl-li = shekilli kabi.
5) asli leksema va shakl hosil qiladigan morfemadan tuzilgan bo’lib, modal
turkum birligi sifatida o’sib chiqqan, shakl hosil qiladigan morfemalar o’z
grammatik mohiyatini yo’qotgan, ajratilmaydigan bo’lak.
2. Otdan boshqa turkum leksema shakillaridan o’sib chiqqan:
1) Sifat leksema shakildan o’sib chiqqan: tabiiy kabi;
2) Ravish leksema shakildan o’sib chiqqan: albatta kabi;
3) Tojikcha xoh –noxoh fe’l shaklidan o’sib chiqqan: bunda xoh-ista, no-ma
= xoh – noxoh – ista – istama, o’zbek tilida har ikki qism oxiradagi h tovushi y
tovushiga o’tgan, ya’ni ista – istama
→ tusmol.
42
4) Bog’lovchidan o’sib chiqqan: balki.
3. Birikma shakl hokim a’zosining ellipslanishi (tushurilishi) natijasida
yuzaga kelgan: o’z-o’zidan.
4. Birikma shaklning modalga aylanishi bilan yuzaga kelgan: har qalay, har
holda kabi.
Yuqoridagi bayon etilganlardan kelib chiqib, xulosa qilib aytganda modallik
munosabatini bildiruvchi so’z-gaplarda so’zlovchining bayon etilayotgan fikrlarga
munosabati – qat’iy ishonch, gumon, tahmin kabi ma’noni ifodalab keladigan so’z
– modaldir.
Modal so’z o’z mohiyatiga ko’ra so’z tiplarining alohida bir guruhini tashkil
qiladi. Nominativlik modal so’zlarga xos emas. Ular gap bo’lagi bo’lib kelmaydi.
Bu tomonlari bilan mustaqil so’z turkumlaridan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: |