“Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish” fani iqtisodiyotga oid fandir. Shu sababli
makroiqtisodiyot, qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti, logistika va boshqa shu kabi fanlar bilan
Shular bilan bir qatorda “Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarishini tashkil etish” fani
texnikaviy va texnologik, umumiy dexqonchilik-o’simlikshunoslik, zootexnika-chorvachilik,
veterinariya va boshqa fanlarga tayangan xolda ish ko’radi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni tashkil etuvchi
tashkilotchi birgina iqtisodiy fanlarni o’zlashtiribgina qolmay, maxsulot yetishtirish texnikasi va
texnologiyasini chorvachilik va dexqonchilik tizimlarini barcha unsurlari bilan bogliq bo’lgan
xamma fanlarni xam o’zlashtirgan bo’lishi va bilishi zarur.
“Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni tashkil etish” fanining o’rgnish ob’yekti bo’lib,
bugungi kunda sohada faoliyat yuritayotgan qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaliklari),
fermer va dehqon xo’jaliklari hamda agrofirmalar hisoblanadi.
Fanning ahamiyatiga to’xtaladigan bo’lsak, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini iqtisodiy va
tashkiliy jihatdan yanada rivojlantirish, uni rejalashtirish, korxonalar moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash, xodimlarning moddiy manfaatdorligini oshirishda “qishloq xo’jaligida ishlab
chiqarishni tashkil etish” fani muhim rol o’ynaydi.
“Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni tashkil etish” fanining vazifalari. Qishloq xo’jalik ishlab
chiqarishining barqaror o’sishiga erishish, mamlakatni oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq
xo’jalik xom ashyosi bilan to’liq ta’minlash va samarali pirovard natijalarga erishish uchun
mavjud qonuniyatlar va tamoyillarga muvofiq qishloq xo’jaligi korxonalarining oqilona, eng
samarali va maqbul tuzilishi bo’yicha ilmiy qoidalar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan
iboratdir.
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosiy funksional
vazifalar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-qishloq xo’jaligida tashkiliy-huquqiy shakllarni tanlash, ishlab chiqarish hajmlari, tashkiliy
va ishlab chiqarish tizimlarini ilmiy asoslash, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida
foydalaniladigan yer maydonlarini tashkillashtirish, qaysi dalaga qanday ekinlar ekish
maqbuligini aniqlash, mehnat va moddiy resurslarni shakllantirish;
-
qishloq xo’jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni samarali tashkil qilish bo’yicha ilmiy
asoslangan yo’nalishlar va amaliy tadbirlarni tashkil etish;
-
shirkat, fermer va dehqon xo’jaliklari, ularning birlashmalari uchun bozor iqtisodiyoti
sharoitlarida istiqbolli modellarni ishlab chiqish. Bu modellarning samaradorligi mezonlari
sifatida ishlab chiqarish hajmlarining o’sishi, xarajatlarning tejalishi, ijtimoiy sharoitlarning
yaxshilanishi kabilarni ko’rsatish mumkin;
-mavjud foydalaniladigan yer maydonlari, suv resurslari va boshqa vositalarni ishlab
chiqarishning istiqboliga muvofiq kelishi, ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi ishlab
chiqarishning o’sishiga imkon yaratishi, resurslarning har bir turidan samarali foydalanish;
-yer maydonlaridan foydalanishni tashkil etishda ularning miqdor va sifat jihatlarini hisobga
olish, xo’jalik va iqtisodiy maqsadlardan kelib chiqib, yer resurslarining transformasiyasi va
rekultivasiyasi (qayta madaniylashtirilishi), yerni muhofaza qilish bo’yicha, tuproqni asrash va
boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
-qishloq xo’jalik korxonalarining yo’nalishlari va hajm ko’rsatkichlarini ilmiy jihatdan
asoslab berish;
-qishloq xo’jalik korxonalarini istiqbolini rejalashtirishni takomillashtirish va bizhes rejani
tuzish yo’llarini ko’rsatish;
-qishloq xo’jalik korxonalarida mehnatni tashkil etishning ilg’or usullarini joriy etish,
me’yorlash, unga haq to’lashni takomillashtirish tadbirlarini belgilab beish;
-dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarini barqaror rivojlantirish va ularga xizmat qiluvchi
hamda qayta ishlovchi korxonalarni rivojlantirish bo’yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish;
-qishloq xo’jalik korxonalari bilan xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar o’rtasidagi
shartnomalarni tuzish va takomillashtirish bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatish.
Umuman olganda, “Qishloq xo’jligida ishlab chiqarishni tashkil etish” fanining vazifasi
bozor iqtisodiyoti talablari asosida qishloq xo’jaligining rivojlantirish sohasida o’rtaga quyilgan
masalarni hal etishga faol ko’maklashishdir.
Fanning uslubi deyilganda, tadqiqot predmetini o’rganish yo’llarining majmuasi tushuniladi.
Agar uslub, ya’ni usul voqyelikning obyektiv qonuniyatlarini ifodalasa, amaliyotga asoslansa,
o’z obyektini uzluksiz davomiylikda o’rgansa va tajribalarni umumlashtirib borsa, u ilmiy
hisoblanadi.
Tadqiqotlarning eng muhim uslubi jarayonlarni o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikda qarama-
qarshiliklar kurashi birligi orqali doimiy taraqqiyotda, miqdor o’zgarishlarining sifat
o’zgarishlariga o’tishda o’rganiladigan dialektik uslub hisoblanadi.
Tadqiqotlarda asosan ikki usuldan foydalanish mumkin bo’lib ular biri-birisiz mavjud
bo’lmaydi.
Dostları ilə paylaş: