1-Mavzu: Kirish. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning ilmiy uslubiy asoslari. Reja



Yüklə 380,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix02.01.2022
ölçüsü380,83 Kb.
#42717
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lecture - 1

Tabiiy  -  tarixiy  qonuniyatlar.  Qishloq  xo’jaligining  asosiy  xususiyatlaridan  biri  -  tabiiy 

omillarga,  korxonalarning joylashuv hududlariga, ishlab chiqarishni tashkil etish  sharoitlariga 

bog’liqligidir.  To’g’ri  tashkiliy  qarorlarni  qabul  qilish,  ammo  oldindan  bilib  bo’lmaydigan 

hollar  (do’l,  qurg’oqchilik,  epidemiya  va  boshqalar),  ularni  hayotga  tadbiq  etishga  yo’l 

qo’ymasliklari mumkin. 

Tuproq-iqlim  sharoitlari  mazkur  hududning  bioiqlim  salohiyatini,  ishlab  chiqarish 

ixtisosligini belgilaydi. Soha tabiiy-jo’g’rofik omillarni faol ishlatilishini nazarda tutadi. 

Tabiiy  omillarni  hisobga  olish  uchun  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  shakllari  va  usullarini 

egiluvchanligi, ish kuchi, texnikadan foydalanishda harakatchanlik lozim. 

Tabiiy  ofatlar  bo’lishi  ehtimoli  bilan  korxonalar  urug’lik,  yem  -  xashak  va  boshqa  moddiy 

resuslar zaxiralariga ega bo’lishlari lozim. Bu ish kuchiga ham tegi shlidir. 

Qishloq  xo’jaligiga  ishlab  chiqarish  xarajatlarining  maxsus  tarkibi  mos  keladi.  Ularning 

tarkibida mineral  o’g’it,  mehnat  haqi,  YOMM,  ish  va xizmatlar, zotli mollarni va  yaxshi  navli 

urug’lik xarid qilish asosiy o’rinni egallaydi. 



Texnik va texnologik qonuniyatlar. Yetarlicha texnika bilan ta’minlanganlik, ishlab chiqarish 

jarayonlarining  mexanizasiyalashtirilishi  ishlarning  mehnat  sig’imini  va  qo’l  mehnatini 

kamayishiga olib keladi. Bunda aniq samara bir birlik mahsulotga bo’lgan umumiy mehnatning 

kamayishini bildiradi. 

Ishlab  chiqarish  samaradorligining  o’sishida  biror-bir  ish  turini  bajarish  uchun  ayrim 

mexanizasiya  vositalarini  ishlatish  emas,  balki mahsulotning  asosiy  turlarini  ishlab  chiqaruvchi 

mashinalar tizimi mavjudligi yordam beradi. 



Tashkiliy qonuniyatlar. Ishlab chiqarishdagi tashkiliy ishlar asosan rahbardan kelib chiqadi. 

Boshqa sharoitlar bir xil bo’lsa, yuqori malakali rahbar boshchiligidagi jamoa muvaffaqiyatga 

erishadi. 

Takomillashgan tashkiliy tuzilma va boshqaruv tuzilmasi, korxona funksional xizmatlarining 

muvofiq tarkibi, ma’muriyat va bo’linmalarning vakolatlari chegaralarini belgilash, boshqaruvni 

yaxshilash  imkonini  beradi.  Vazifalar,  maqsadlar  va  vazifalarning  aniqligi  birlamchi  mehnat 

jamoalarining mas’uliyatini oshiradi. 

Shartnomalar  asosida  aloqalarini  to’g’ri  tashkil  etilishi  ishlab  chiqarish  samaradorligini 

oshiradi. 

Korxona  va  uning  bo’linmalarini  resus  salohiyati,  asosiy  omillarining  (yer,  boshqa  ishlab 

chiqarish  vositalari,  mehnat  resuslari)  oqilona  nisbatida  yanada  to’laroq  va  samaraliroq 

ishlatiladi. Shu munosabat  bilan birinchi  navbatdagi  kapital  qo’yilmalar  minimumdagi  resursni 

o’sishiga  va  uning  sifatini  oshirishga  yo’naltiriladi.  Ishlab  chiqarishni  tashkil  etishning  holati 

ishlovchilar malakasiga ham bog’liqdir. Ularning bilim darajasini doimiy tarzda oshirib borish, 

xo’jalik yuritish tizimi samaradorligining muhim shartidir. 

Iqtisodiy  va  ijtimoiy  qonuniyatlar.  Iqtisodiyotning  turli  darajalari  va  har  bir  sohasidagi 

asosiy qonuniyat, ishlab chiqarish munosabatlarining xarakteri va ishlab chiqarish kuchlarining 

rivojlanishi ularning o’zaro kelishuvi va o’zaro ta’siridan iboratdir. 

Hozirgi  bosqichda,  ishlab  chiqarish  kuchlari  o’sishining  chegaralangan  imkoniyatlari 

sharoitida,  korxonalarda  munosabatlarning  yangi  shakllari  izlanayapti.  Ichki  xo’jalik 

munosabatlarini  qayta  tashkil  etish  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshishiga  olib  kelishi 




mumkin. 

Milliy va chet el fan va amaliyoti yirik ishlab chiqarishning ustunliklarini tasdiqlaydi. Ammo 

islohotlar ko’p hollarda aynan yirik korxonalarni bo’linishga qaratilgandir. Shu bilan birga, ichki 

xo’jalik  munosabatlarini  qayta  tashkil  etib,  birlamchi  ishlab  chiqarish  jamoalariga  mulkdor  va 

tovar ishlab chiqaruvchi mavqyeini bergan holda, yirik ishlab chiqarishni saqlab qolish iqtisodiy 

jihatdan  istiqbollidir.  Bu  yo’l  sezilarli  xarajatlar  bilan  bog’liq  bo’lsada,  xo’jalik  tizimining 

butunligini  saqlab  qolish  imkonini  beradi.  Bu  oqilona  nisbatdagi,  mintaqa  sharoitlari  hamda 

korxonalar  joylashuvini  hisobga  olgan  holdagi,  yirik  va  kichik  ishlab  chiqarishlar  birikmasini 

inkor etmaydi. 

Korxonalar  samaradorligiga  mehnatni  tashkil  etishni  shakllari  va  darajasi  o’z  ta’sirini 

ko’rsatadi. 

Ishlab chiqarishni tashkil etish darajasi va ijtimoiy omillarning o’zaro bog’liqligi qonuniydir. 

Rivojlangan  infratuzilmada  mehnat  va  ishlab  chiqarishni  yaxshiroq  tashkil  etishning  keng 

imkoniyatlari mavjud. 

Ishlovchilar daromadining sezilarli ulushi ularning shaxsiy tomorqasidan tushadi. 

Ekologik  qonuniyatlar.  Qishloq  xo’jalik  ishlab  chiqarishi  atrof  muhitga  o’z  ta’sirini 

o’tkazgan holda ochiq makonda amalga oshiriladi. Bu ta’sir turlicha namoyon bo’ladi. 

Tuproqning  ifloslanishiga,  o’g’itlash  texnologiyasiga  rioya  qilmaslik,  qo’llanilayotgan 

vositalarning  past  sifatliligi,  mikrofloraga  salbiy  ta’sir  ko’rsatuvchi,  tuproq  tuzilmasini 

yomonlashuviga olib keluvchi, tuproqni qayta ishlash tizimini buzilishi sabab bo’lishi mumkin. 

Salbiy  ekologik  vaziyat  chorvachilik  va  oziq-ovqat  mahsulotlarining  sifatida  o’z  aksini 

topadi. Shunday qilib, ekologiya muammosi inson hayotiy faoliyatining havfsizligi muammosiga 

aylanadi. 

Bozor  munosabatlarining  qonuniyatlari.  Bozor  tovar  aylanmasi  sohasi,  almashinuv 

jarayonlarida yuzaga keluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Bozor mexanizimini 

talab va taklifni muvofiqlashtirish usuli sifatida ham ta’riflaydilar. 

Talab deganda pul bilan ta’minlangan jamiyat ehtiyojini ifodalash shakli tushuniladi. Taklif 

tovar shaklini olgan ishlab chiqarishning natijasidir. 

Talab va taklif narxlar bilan belgilanadi. 

Bozorning  erkin  faoliyat  yuritishi  uchun  tegishli  sharoitlar  bo’lishi  lozim:  tovar  ishlab 

chiqaruvchining  ishlab  chiqarish  vositalariga  bo’lgan  mulkchilik  huquqi  va  o’z  mehnati 

natijalariga  mustaqil  egalik  qilish  huquqi;  jamiyat  ishlab  chiqarishining  barcha  ishtirokchilari 

tadbirkorlik  va  tijorat  faoliyati  erkinligi;  milliy  valyutaning  mustahkamligi;  tovar  ishlab 

chiqarishda bozor muhi-tiga kirib borish uchun qobiliyat va bilimning mavjudligi. 

Bozor  munosabatlari  qaror  topishining  asosiy  sababi  sifatida  shaxsiy  manfaat  ustuvorligini 

ko’rsatish mumkin. 

Ish  xaqi  chegaralanmasligi,  ishlab  chiqarish  va  mehnatga  xaq  to’lash,  hamda  tovar  va  pul 

massalari orasidagi munosabatlar buzilmasligi lozim. 

Dunyodagi  hyech  qaysi  rivojlangan  mamlakatda  iqtisodiyot  va  uning  ayrim  tarmoq  va 

sohalarini  davlat  boshqaruvisiz  amalga  oshirib  bo’lmaydi.  Bu  jamiyat  nuqtai  nazaridan,  uning 

muvofiq amal qilishini ta’minlash zaruriyati bilan bog’liq. Odatda, davlat iqtisodiyotga bo’lgan 

aralashuvni  tartibga  soluvchi  va  barqarorlashtiruvchi  tadbirlar,  hamda  taqsimlash  jarayonlarini 

boshqarish yO’li bilan amalga oshiradi. 

 


Yüklə 380,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin