1-Mavzu: Kirish. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning ilmiy uslubiy asoslari. Reja



Yüklə 380,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix02.01.2022
ölçüsü380,83 Kb.
#42717
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lecture - 1

Induksiya  usuli.  Bunda  alohida  bir  xil  faktlardan  umumlashtirishga,  juz’iydan  umumiy 

xulosalar chiqarishga tayaniladi. 

Deduksiya  usuli.  Umumiy  qoidalar  va  qonuniyatlardan  kelib  chiqib,  nisbatan  juz’iy 

xulosalar chiqariladi. 

“Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish” fani iqtisodiy tadqiqotlarning bir qancha 

uslublaridan foydalanadi. Ular orasida quyidagi uslublar, ayniqsa keng qo’llaniladi. 

Statistik  guruxlash  usuli  -  barcha  ishlab  chiqarish  tarmoqlari  bo’yicha:  qishloq  xo’jaligida 

chorvachilik  mahsulotlarining  o’sishi,  ekinlar  hosildorligi,  ish  kuchi,  ishlab  chiqarish 

vositalaridan  foydalanish  darajalari,  mehnat  sarflari  va  unumdorligi,  mahsulot  tannarxi  va 

daromadlar,  mexanizasiyadan  foydalanish  darajalari  bo’yicha  juda  katta  ma’lumotlarni 

to’plashga qaratilgan usuldir. Amalda bu ma’lumotlar guruxlanib korxonalarning ixtisoslanishi, 

xo’jalikning  maqsadga  muvofiq  xajmini  asosiy  iqtisodiy  ko’rsatgichlarga  ta’sir  etuvchi  ayrim 

omillarni aniqlashda ishlatiladi. 

Monografik  usul  -  ayrim  ilg’or  xo’jaliklar  va  ularning  ichki  bo’linmalari  ishlab  chiqarish- 

iqtisodiy  faoliyatini  sinchiklab  o’rganishda  hamda  ayrim  ish  metodlarini  chuqur  taxlil  qilishda 

foydalaniladigan  usuldir.  Tadqiqot  ishlarining  bu  usulini  qo’llanishi  ko’pgina  tashkiliy 

masalalarni to’g’ri hal qilish imkonini beradi. Bu usuldan foydalanishda to’plangan ma’lumotlar, 

hodisalar  va  jarayonlar  orasidagi  bog’lanishlarni  aniqlashda,  qonuniyatlarning  ma’nosini 

ochishda,  qishloq  xo’jalik  ishlab  chiqarishining  istiqbollarini  belgilashda  va  barcha  yangiliklar 

hamda  ilg’or  ish  usullarini  qishloq  xo’jalik  ishlab  chiqarishiga  tadbiq  etishda  asosiy  yo’llarni 

belgilashga yordam beradi. 



Tahlil  qilish-hodisaning  har  bir  qismini  alohida  batafsil  o’rganish,  ular  orasidagi 

bog’lanishlarni tadqiq qilish maqsadida ularni tarkibiy qismlarga ajratishdir. Tahlil qilish ilmiy 

bilishning  eng  asosiy  va  ko’p  tarqalgan  usullaridan  biri  hisoblanadi.  Uning  asosiy  vazifasi 

ishlab  chiqarish  tarmog’idagi  chuqur  jarayonlarni  va  xususiyatlarni  ko’rsatib  berishdan 

iboratdir. 

Tahlil  qilishning  asosiy  usuli-xo’jalikning  bir  necha  yil  davomidagi  ko’rsatkichlarini,  biror 

korxonaning  va  teng  tabiiy-  iqtisodiy  sharoitlarda  eng  yaxshi  natijalarga  erishgan  ilg’or 

xo’jaliklarning  hisobot  va  reja  ma’lumotlarini  dinamik  ravishda  taqqoslashdir.  Ayrim  omillar 

o’rtasidagi bog’lanishni va o’zaro aloqalarni, muhim masalalarni belgilash zarur bo’lib, ularning 

hal qilinishi umuman muammoni yechimini topishning muvaffaqiyatini oldindan aniqlab beradi. 

Xo’jalik  faoliyatini  tahlil  qilishda  yillik  va  kvartal  hisobotlari,  yig’ma  hisobotlarga  oid 

ma’lumotlar  boshlang’ich  ma’lumotlar  hisoblanadi.  Tahlil  qilish  ishlab  chiqarishning 

kamchiliklarini  ochish,  xo’jalikning  moliyaviy  faoliyatini  yaxshilashning  asosiy  yo’llarini 

belgilash imkonini beradi. 



Hisob-kitob(reja)  -  konstruksiya  uslubi.  Bu  uslub  korxonada  ishlab  chiqarishni  tashkil 

etishda ba’zi bir jihatlar yoki butun tizimni rivojlantirishning istiqbolli rejasini ishlab chiqishda 

qo’llaniladi. Maqsadga erishishning eng samarali variantini tanlash, ya’ni qo’yilgan vazifalarni 

oqilona bajarishga imkon yaratadi. 

Matematik  modellashtirish  uslublari.  Bu  uslublar  ishlab  chiqarish  uchun  eng  qulay 

variantlar  va  sharoitlarni  tanlash  muammolarini  hal  etishda  qo’llaniladi.  Korxona,  viloyat, 


Yüklə 380,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin