tuman resurslaridan eng samarali foydalanish variantini topish, eng yuqori natijalarga erishish
uchun istiqbolli yo’nalishlarni aniqlash imkoniyatini beradi.
Abstrakt - mantiqiy uslub aniq bir hodisalar, jarayonlarni ularning ahamiyatsiz jihatlarini
hisobga olmagan holda o’rganishda qo’llaniladi. Bu usul ma’lum bir darajada tadqiqot
predmetini soddalashtirish, ikkinchi darajali juz’iy tomonlarni hisobga olmaslik va mantiq
yordamida o’rganishga imkon beradi.
Eksperimental (tajriba) uslubi. Bu uslub ishlab chiqarishni tashkil etishning usullari va
yo’llariga iqtisodiy jihatdan baho berish bo’yicha tajribalar o’tkazish, korxona faoliyatining
shart-sharoitlarini aniqlash, bu shart-sharoitlarning samaradorlikka ta’sirini aniqlashda
qo’llaniladi. Tadqiqotlarning yuksak sifatli bo’lishiga imkon beradi.
“Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishini tashkil etish” fanida qo’llaniladigan har bir uslub
o’ziga xoslikka, afzalliklarga va ayni paytda ma’lum bir kamchiliklarga ham ega ekanligini
ta’kidlash lozim.
Talabalar uchun fanni o’rganish ikkita o’zaro bog’liq vazifani hal etishni ta’minlashi lozim:
1) qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni tashkl etish fanining nazariy asoslarini tushunib etish,
anglash; 2) ayrim tarmoqlarda ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega
bo’lish.
“Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni tashkil etish” qonuniyatlar, tamoyillarni ochib
beradigan va tushuntiradigan, qishloq xo’jalik korxonalarining oqilona tuzilishini shakllari va
usullarini, agrar sohaning boshqa tarmoqlari bilan o’zaro aloqasi asosidagi samarali faoliyatini
amalga oshiruvchi fandir.
“Tashkil etish” so’zi lotin tilidagi organize so’zidan olingan bo’lib, tizimga solish,
xabarlashib, birgalashib bajarish, tartibga solish, qurilma ma’nolarini bildiradi. Keng ma’noda
“tashkil etish” so’zi qandaydir bir vazifani baj arish uchun, masalan, qishloq xo’j alik
mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun kishilarni birlashishini bildiradi. Fanda “tashkil etish”
so’zini ikki ma’noda qarash lozim: birinchidan, hodisa, ikkinchidan, jarayon sifatida. Hodisa
sifatida “tashkil etish” xo’jalik shakllarini tashkil etishni o’rgansa, jarayon sifatida -qishloq
xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni o’rganadi.
2.
Qishloq xo’jaligi iqtisodiyotida agrar munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari.
Agrar sohaning bir qator o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib, ushbu fan doirasida biz
faqat eng ahamiyatli xususiyatlarga to’xtalib o’tishni lozim topdik:
1.
Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi asosan fermer
xo’jaliklari tomonidan amalga oshiriladi. Ular yetarlicha yirik korxonalar bo’lishlari ham
mumkin, ammo, odatda sohani monopollashtira olmaydilar. Boshqacha qilib aytganda, nisbatan
kichik qishloq xo’jalik ishlab chiqaruvchilari, bozorga ta’sir etishi mumkin bo’lgan qandaydir
guruhlarni tashkil eta olmaydilar, ayrim fermer xo’jaliklari esa bozor narxlariga ta’sir etuvchi
darajadagi ishlab chiqarish hajmlariga umuman yeta olmaydilar. Qishloq xo’jalik mahsulotlari
bozorida sotuvchilar ko’pligi sababli, ularning hyech qaysisi narxga ta’sir etishi mumkin bo’lgan
hajmdagi mahsulotni taklif eta olmaydi.
Agrar sohada mukammal raqobatning asosiy ikkita shartiga rioya qilinadi:
-
bozorda ko’p sonli sotuvchilarning mavjudligi, ularning hech biri narxga ta’sir qilish
uchun yetarli bo’lgan mahsulot hajmiga ega emasligi;
-
sotuvchilarni bozorga kirishi va chiqib ketishi erkinligi.
Shuning uchun ham biz, qishloq xo’jaligi-mukammal raqobatli tarmoq deb ta’kidlashimiz
mumkin. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida bunday hol kamdan-kam uchraydi. Shuni ham
ta’kidlash joizki, ushbu xulosa faqatgina mukammal bozor mavjud bo’lgan, rivojlangan
mamlakatlar uchun to’g’ri bo’ladi. Rivojlanayotgan davlatlarning qishloq xo’jalik bozorlarida,
rivojlangan davlatlarnikiga nisbatan, sotuvchilar ko’proq bo’ladi. Birinchidan, qishloq
aholisining salmog’i kattaroq (60-67%gacha), ikkinchidan, xo’jaliklar ham ancha mayda. Ammo
mahsulot, resurslar va birinchi navbatta yer, bozorlarining rivojlanmaganligi, ushbu bozorga
kirish va chiqishni qiyinlashtiradi yoki umuman mumkin bo’lmaydigan qiladi. Bundan tashqari,
rivojlanayotgan davlatlarda bozor infratuzilmasini yaxshi va tekis rivojlanmaganligi, narxlar
to’g’risidagi axborotlarning yetishmasligi va buning oqibatida dehqonlar hisobiga vositachilar
soni ko’p bo’lishi, mukammal raqobatga to’sqinlik qiladi va oxir-oqibat rivojlanayotgan
davlatlar iqtisodiyotida bozordan tashqarida bo’lgan aloqalar ko’pchilikni tashkil etadi (masalan
dehqonlarning bir-biriga bo’lgan o’zaro yordami va h.q).
2.Qishloq
xo’jaligida mahsulotni diversifikasiya qilish imkoniyatlari juda kam bo’lib,
texnik taraqqiyot, o’simlik va hayvonlarning yangi, yanada takomillashgan, nav va zotlarini hosil
qilish bilan kuzatiladi. Ammo seleksion faoliyat o’simlik va hayvonlar yangi turlarining
mahsuldorlik sifatini oshirishga qaratilgan bo’ladi. Lekin seleksioner olimlar tomonidan
yaratilgan bug’doy yoki kartoshka navlari o’z iste’mol sifatlari bo’yicha baribir o’sha-o’sha
bug’doy yoki kartoshka bo’lib qoladilar va iste’molchilar uchun ularning foydaliligini oshirish
qiyin. Bu ma’noda iqtisodiyotning
boshqa tarmoqlariga nisbatan qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari o’z mahsulotiga narxni
oshirish borasida ko’proq cheklanganlar.
Natijada, qishloq xo’jaligi rivojlanishini deyarli butun tarixi davomida, qishloq xo’jaligi
mahsuloti va qishloq xo’jaligi uchun ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan narxlar
nomutanosibligi agrar sektor foydasiga o’zgarmagan.
3.Qishloq
xo’jalik sohasining so’nggi mahsulotlaridan biri-oziq-ovqat mahsulotlariga
bo’lgan talabning elastikligi odatda past. Is’temolchilar oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy
turlarini, ularning narxi o’sishi yoki kamayishidan qat’iy nazar, o’zgarmas hajmlarda sotib
oladilar. Hisob-kitoblarga qaraganda, industrial davlatlarda qishloq xo’jalik mahsulotlarining
o’rtacha elastiklik koeffisiyenti taxminan 0,2 - 0,25% ni tashkil qiladi, ya’ni fermer o’z
mahsuloti sotilishini 10% ga oshirishi uchun, uning narxini 40 - 50 % ga pasaytirishi lozim.
4.
Daromad bo’yicha ham qishloq xo’jalik va oziq-ovqat tovarlariga bo’lgan talab
noelastik hisoblanadi. Ko’pdan kuzatilganki, agarda oilaning moliyaviy ahvoli pastroq darajada
bo’lsa, har bir qo’shimcha topilgan so’m birinchi navbatda boshqa tovar va xizmatlarga
sarflanadi insonning puli ko’paygani bilan uning ovqatlanish fiziologik qobiliyati oshmaydi.
Shuning uchun ham daromadlar oshishi bilan qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga
bo’lgan talab proporsional tarzda oshmaydi.
5.
Qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan talab elastikligining pastligi uzoq muddatli
fermerlik muammosini yuzaga keltiradi. Taklif oshmagan yoki sekin oshgan taqdirda ham talab
elastikligining pastligi iqtisodiyot sektori uchun hal qilib bo’lmaydigan muammo emas. Ammo
gap shundaki, so’nggi asr davomida, agrar sohada sezilarli ilmiy taraqqiyot yuz berdi: otlar
o’rniga mexanizmlar ishga tushirildi, fermalar elektrlashtirildi, mineral o’g’itlar va o’simliklarni
himoya qilishning kimyoviy vositalarini qo’llash hosildorlikni oshirish imkonini berdi, hayvon
va o’simliklar seleksiyasida ham sezilarli yutuqlarga erishildi. Qishloq xo’jalik mehnati
unumdorligi ham keskin oshdi - agarda o’tgan asrda amerikalik fermer 4 ta odamni boqqan
bo’lsa, hozirgi kunda u deyarli 100 ta odamni boqayapti. Shu tarzda qishloq xo’jalik
mahsulotlarining taklifi tez o’sib bordi.
Shunday qilib, iqtisodiyot va ilmiy - texnik taraqqiyotning rivojlanishi bilan qishloq xo’jaligi
ikkita tendensiya orasida “siqilib” qolgan bo’ladi. Bir tomondan, taklif o’sishi bilan sohaning
umumiy pul tushumi kamayib boradi. Ikkinchi tomondan, sotib olinayotgan tovarlar narxi,
fermerlar mahsulotiga bo’lgan narxlardan o’zib ketadi. Oxir - oqibat fermerlar daromadlarining
nisbatan pasayishi yuz beradi. Uzoq muddatli istiqbolda fermerlarning daromadlari
iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi daromadlardan orqada qoladi. Ammo buni qishloq
xo’jaligida, daromadlar boshqa sohalardagiga nisbatan past bo’ladi deb tushunish kerak emas.
Birinchidan, fermerlik sektori bir xilda bo’lmaydi va bunday xulosa o’rtacha butun sektor
uchungina qo’llanilishi mumkin, ayrim fermerlar esa iqtisodiyotning boshqa sohalariga nisbatan
yuqori daromadlarga ega bo’lishlari mumkin. Ikkinchidan, gap uzoq muddatli tendensiya xaqida
borayapti va ayrim davrlar oralig’ida butun fermerlar sektori daromadliligi, iqtisodiyot boshqa
sektorlarining o’rtacha daromadliligidan yuqoriroq bo’lishi mumkin.
6.
Qishloq xo’jaligi - yuqori raqobatli tarmoq ekan, bozor qonuniyatlariga muvofiq,
daromadlar pasayishi bilan fermerlarni ushbu sohadan boshqa daromadliroq faoliyat sohalariga
o’tishi kuzatiladi.
Birinchidan, iqtisodiyotning ko’pchilik boshqa tarmoqlaridan farqli ravishda, qishloq
xo’jaligi nafaqat ishlab chiqarish, balki hayot sohasi hamdir. Dunyodagi ko’pgina insonlar agrar
mehnat bilan biznes uchun emas, balki ular dehqon turmush tarziga mansub bo’lganliklari uchun
shug’ullanadilar. Natijada ushbu sohadagi bandlik, iqtisodiy kon’yunkturaga, boshqa sohalar
singari tez javob qaytarmaydi, ya’ni boshqacha qilib aytganda agrar mehnatining harakatchanligi
mobilligi yetarlicha past. Bu qishloqda yashovchi va qishloq ishlovchisining hayot va mehnat
asoslariga bog’langanligi xususiyatidan kelib chiqadi va butun qishloq aholisining konservativ
qarashlarini aks ettiradi.
Ikkinchidan, fermerlar o’z faoliyatini tashlab ketgan taqdirda ham ularning yerlari qishloq
xo’jalik oborotidan chiqib ketmasdan boshqa fermerlar qo’liga o’tadi. Haydaladigan yerlarning
bir qismini qisqa davr ichida oborotdan chiqarib tursa bo’ladi, ammo uni madaniy holatda
saqlash uchun baribir xarajat qilish lozim. Bundan tashqari rivojlangan davlatlardagi ko’pgina
yerlar ipoteka bilan bog’langanlar, ya’ni fermerlar ishlab chiqarish hajmlaridan qat’iy nazar foiz
to’lab borishlari shart. Agarda xo’jalik faoliyati ijaraga olingan yerlarda yuritilayotgan bo’lsa
fermerlar ijara xaqini to’lashlari lozim bo’ladi. Oilaviy fermer xo’jaligi ishlab chiqarishda band
bo’lganlar sonini sezilarli kamaytira olmaydi - bu oila va bozorning o’zgargan kon’yunkturasiga
javoban uni ishdan bo’shatib bo’lmaydi. Buning ustiga, iqtisodiy inqirozlar davrida qishloq
xo’jaligida daromadlar pasayganda aholini shahardan qishloq tomon oqishi sodir bo’ladi.
Shuning uchun ham narxlar keskin tushib ketganda va hattoki bunday tushish uzoq vaqt
davomida kuzatilganda ham qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi odatda, mos adekvat tarzda
qisqartirilishi bilan javob bermaydi.
Shunday qilib, qishloq xo’jaligidagi resurslarning harakatsizligi uzoq muddatli fermerlik
muammosini yanada keskinlashuviga olib keladi.
7.
Qishloq xo’jalik mahsulotiga bo’lgan talabning narx noelastikligi, qishloq xo’jalik
ishlab chiqarishining omil va raqobatga bo’lgan katta bog’liqligi bilan birgalikda qisqa muddatli
fermerlik muommosini yuzaga keltiradi.
Qishloq xo’jaligi ob-havoga, o’simlik va hayvonlarda to’satdan kasalliklar tarqalishiga va
boshqalarga bog’liq. Haqiqiy ishlab chiqarish hajmi absolyut darajada qishloq xo’jalik ishlab
chiqaruvchilari nazorati ostida emas. Bundan tashqari, butun mamlakat bo’ylab tarqalgan bir
necha ming kichik ishlab chiqaruvchilar, bozor kon’yunkurasini tartibga solish maqsadida, ishlab
chiqarish ustidan birgalikda nazorat o’rnatish to’g’risida deyarli kelisha olmaydilar. Natijada,
qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining yillik o’zgarib turishi oddiy hol. Ammo qishloq xo’jalik
mahsulotlarining narx elastikligi past. Bu esa, talabdagi kichik o’zgarishlar, narxlardagi katta
sakrashlarga olib keladi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari bozorida talab barqaror bo’lgan taqdirda ham undagi narxlar
umuman barqaror emas. Fermerga bog’liq bo’lmagan minglab sababga (yuqori va yomon hosil
va b.) ko’ra taklif hajmlarida yuz bergan kichkina o’zgarishlar va narx mos bo’lmagan tarzda
ko’tariladi yoki pasayadi. Fermerlar daromadlarini o’zgarishi, talabning o’zidagi o’zgarishlarga
ham bog’liqdir.
Fermerlar mahsulotlarining narxlarini tushib ketishiga olib keluvchi talabning pasayishi,
agrar resuslarning harakatchan bo’lmaganligi sababli ishlab chiqarishning proporsional
qisqarishi bilan to’ldirib berilmaydi.
3.Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari va
tamoyillari.
Qishloq xo’jaligida faoliyat yurituvchi sub’yektlar resurslar cheklangan sharoitida o’z ishlab
chiqarishlarini amalga oshiradilar. Chunki faoliyat amalga oshiriladigan asosiy ob’yekt va vosita
hisoblangan yer ham, suv va boshqa resurslar ham cheklangan. Agar korxona o’z yer maydonini
kengaytirmoqchi bo’lsa, boshqalarni yerga egalik yoki undan foydalanish huquqlaridan mahrum
qilib, uni o’z yerlarig qo’shib olishiga to’g’ri keladi. Bu esa noqonuniy harakatdir.
Resurslar cheklangan sharoitida qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini kehgaytirish uchun
asosan jadal (intensiv)lashtirish, ya’ni yangi texnika va texnologiyalardan foydalanish,
urug’chilik va naslchilikni tubdan yaxshilsh kabilar hisobiga ekinlar hosildorligi hamda mollar
mahsuldorligini oshirish yo’lidan borishga to’g’ri keladi.
Qishloq xo’jaligi juda ko’p xil maxsulotlar - don, paxta, go’sht, sut, jun, teri, tuxum, zigir,
lavlagi, asal, moy beruvchi va dorivor o’simliklar va boshqalarni yetishtirib beradi, shuning
uchun uning, o’ziga xos xususiyatlarini bilish zarur.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining o’ziga xos xususiyatlarini asosiy belgilari shundaki,
mazkur jara,nda moddiy boylik yaratishning boshqa tarmoqlardan farqidadir. Bu yerda, kishi
mehnati bilan tabiat kuchlari (iqlim, tuproq va xokazo) va chorva mollari yordamida xamda
ekinlarning xayotiy funksiyasi (o’sish energiyasi, rivojlanish va xokazo) orqali yuqori darajada
mo’l maxsulot yetishtirish mumkin bo’ladi. Agarda sanoat ishlab chiqarishining texnologik
jarayonlari va mehnat jarayonlarida mexanik, ximik, termik va boshqa yo’llar bilan ta’sir etish
orqali ish ko’rilsa, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga o’simlik va chorva mollari xayotidagi
biologik jarayonlarga ta’sir etilib, kishilar mehnati bilan ko’zlangan maqsadga erishiladi.
Shuningdek, sanoat ishlab chiqarishi va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi uchun umumiy
bo’lgan mashina, asbob uskunalar, imoratlar kabi mehnat vositalar bilan bir qatorda qishloq
xo’jaligida yer, eng asosiy ishlab chiqarish vositasi xisoblanadi. Boshqa ishlab chiqarish
vositalari vaqt o’tishi bilan ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi natijasida eskirib, o’zining
qiymatini yo’qotadi va almashtirilishi mumkin, yer esa o’zgarmas vosita bo’lib qoladi, unga
to’gri ilmiy tarzda ishlov berish natijasida unumdorligi oshib, yana xam yaxshilanishi mumkin.
Ana shunday farqlovchi belgilardan yana biri qishloq xo’jalik korxonalarida asosiy vosita
sifatida tirik organizmlar (chorva mollari, o’simliklar) dan foydalanishdir. Shuning uchun xam
doimiy amalga oshiriladigan takror ishlab chiqarish jarayoni, dexqonchilik va chorvachilikda
tabiiy ravishda qaytalanib turadigan, ishlab chiqarish bilan chambarchas boglanib ketadigan
o’sish va rivojlanishda namo.n bo’ladi. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini to’gri rivojlantirish
uchun birgina texnika taraqqiyotining yaxshi bilish kifoya qilmaydi, balki ishlab chiqarish
texnologiyasini, o’ simlik va chorva mollarining o’sishi va rivojlanishining biologik
qonuniyatlarini, chorvachilik va dexqonchilik tizimlari xamda mehnatni tashkil etish, ishlab
chiqarishni boshqarish kabi masalalarni xam to’la bilish zarur.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining davomiyligi, ekinlar va chorva mollarining o’sishi va
rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlarga bogliqligi bilan belgilanishi ma’lum. Lekin kishilar ularga
agrotexnik va zootexnik tadbirlar bilan ta’sir ko’rsatadilar, ya’ni yuqori maxsuldorlikka ega
bo’lgan chorva mollarini yetishtirishni, ekinlarni tanlash, seleksiya yo’li bilan ko’paytirish,
ularga qulay sharoitlar yaratish vositasida ekinlar va chorva mollarining tabiiy o’sish va
rivojlanish qonun- qoidalariga ta’sir etadilar. Natijada qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning
davomiylik jarayonini tezlashtirishga erishiladi.
Qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish davri yoki vaqti - bu boshlangich xom
ashyoning pirovard maxsulotga aylanishigacha ketgan muddatidir. Maxsulot ishlab chiqarish
davrining asosiy qismi ish davri bo’lib, bu boshlang’ich xom-ashyoning mehnat jarayoni
ta’sirida bo’lgan vaqtidir. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida mahsulot yetishtirish uchun sarf
qilingan ishlab chiqarish davri, ish davridan anchagina farq qiladi. Bundan tashqari, qishloq
xo’jalik maxsulotlarining barcha o’sish va rivojlanish davrining davom etishi turlicha ekanligi,
ish jarayonlarining davom etishi bir-biriga to’g’ri kelmasligi qishloq xo’jaligini tashkil etishda
o’ziga xoslikni nazarda tutadi.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida maxsulot ishlab chiqarishi davri ish davriga to’gri
kelmasligi, ayniksa, dexqonchilikda va ayrim hollarda chorvachilikda xam ish kuchidan,
texnikadan, yerdan foydalanishda, oy va yilning ayrim davrlarida mavsumiylikni yuzaga
chiqaradi.
Demak, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi kishilar hayotidagina emas, balki mamlakat
iqtisodiyotining xozirgi rivojlanish xolatiga xam ta’sir etuvchi juda katta va ko’p qirrali
sharoitlar xamda omillarga ega bo’lgan murakkab tarmoq xamdir.
Fanning o’rganish obyekti bo’lib, bugungu kunda qishloq xo’jaligida faoliyat yurituvchi
sub’yektlar: qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaliklari), fermer, dehqon, xo’jaliklari,
agrofirmalar hisoblanadi.
Qonuniyat deganda jamiyat hayoti yoki xo’jalik jarayonlaridagi hodisa va voqyealarning
qaytarilib keladigan va biror-bir ahamiyatga ega bo’lgan aloqasi tushuniladi. Amaliyotda esa,
ayniqsa tabiiy jarayonlarda, qonuniyatlar va doimiy mustahkam aloqalarni har doim ham ajratish
mumkin bo’lavermaydi. Qishloq xo’jaligida tarmoqning rivojlanishi va ishlab chiqarishni tashkil
etish qonuniyatlari aniqlangan, ularning ko’pchiligi mohiyatan, doimiy xarakterga ega bo’lib,
umumiy qoidalardek amal qiladilar.
Aynan qonuniyatlarni aniqlash orqali qonunlar ochiladi. O’z navbatida, qonunlarni bilish,
izlanish olib borilayotgan jarayon, voqyea, hodisa sodir bo’lishi shartlari bilan aniqlanadigan
qonuniyatlar xilma-xilligini aniqlash imkonini beradi.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining qonuniyatlarini quyidagi guruhlarga birlashtirish
mumkin:
Dostları ilə paylaş: |