PARLAMENT NAZORATI – davlat nazorati shakllaridan biri. Asosan umuman
siyosiy, ba’zi holda ma’muriy tusda bo‘ladi. Parlamentar davlatlarda va
prezidentlik respublikalarida hukumat faoliyati ustidan Parlament nazorati alohida
ahamiyat kasb etadi. Bunday nazoratning asosiy metod va shakli ishonch
to‘g‘risidagi masala, tanbeh rezolyutsiyasi, interpellyatsiya, hukumatga og‘zaki va
yozma savollar (parlament savollari) parlament tekshirishidir.
PARLAMENT SESSIYASI (lot. sessio - yig‘ilish) – parlament (parlament
palatalari) va parlament komissiyalarining yalpi majlisi bo‘lib o‘tadigan davr. Har
bir yil mobaynida navbatdagi Parlament sessiyasining necha marta bo‘lishi qonun
yoki odat bo‘yicha belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
majlislari zaruratga qarab, yiliga kamida uch marta o‘tkaziladi