SAYLOV BYULLETENI – Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tegishli
tartibda va shaklda tasdiqlanadigan, o‘zida deputatlikka nomzod haqidagi
ma’lumotlar (familiyasi, ismi, ota-sining ismi, tug‘ilgan yili, egallab turgan
lavozimi (mashg‘ulotining turi) va uni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy
partiyani)ni aks ettirgan, fuqarolarning yashirin ovoz berish huquqini amalga
oshirishini ta’minlovchi saylov hujjatidir. Saylov byulletenlariga biror-bir belgi
qo‘yish mumkin emasligi, hamma byulletenlar bir xil rangda va hajmda, shaklda
bo‘lishi yashirin ovoz berishni kafolatlaydi. Saylov byulleteni ovoz beruvchi
tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to‘ldiriladi, byulletenni
to‘ldirish vaqtida u yerda ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi
taqiqlanadi.