PARLAMENT SO‘ROVI – parlamentar davlatlarda hukumat faoliyati ustidan
parlament nazoratining shakllaridan biri. Parlament savollarini deputatlar og‘zaki
va yozma berishlari mumkin. Parlament reglamenti Parlament savollari berilishi
mumkin bo‘lgan qoidalarni, ularni kiritish tartibini, shuningdek, hukumat yoki
alohida vazir javobni taqdim etishi lozim bo‘lgan muddatni belgilaydi. Umumiy
qoidaga ko‘ra, Parlament savoliga javob Parlament savoli qanday shaklda (og‘zaki
yoki yozma) berilgan bo‘lsa, shunday shaklda qaytariladi. Parlament so‘roviga
javobni davlat hokimiyati boshqaruv organlaring mansabdor shaxslari Qonunchilik
palatasi majlislarida beradilar.