SAYLOV VARAQASI – saylov kuni ma’lum sabablarga ko‘ra o‘zining
turarjoyida bo‘lish imkoniyati bo‘lmagan holda saylovchining ovoz berish
huquqini amalga oshirish vositasi hisoblangan, Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangan, nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
qayd etilgan, saylovchilarning oldindan ovoz berish huquqini ta’minlovchi hujjat.
Saylov varaqalari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga
binoan saylov okrugi hududidagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tillarda nashr
etiladi.