Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

51

Zulfning eshilib, silkina-silkina yuz tegrasida o‘ynoqlanishi shunchaki aytib o‘tib ketilmaydi. Aks 



holda, zulf vasfi quruqqina ta’riflangan bo‘lib qolardi. Shoir shu holatga mos hayotiy tamsil topadi. 

Tamsil usulida suv bilan o‘ynab turgan hindubachani zulfga muqoisa etadi. Bu qiyosga hindubacha va 

zulfning ikki manond belgisi — qoraligi va sho‘xligi asos bo‘ladi. Shuningdek, bu qiyosdan ma’shuqa 

yuzining suvday tiniq, musaffo va hayotbaxshligi ayon anglashiladi. 

Shoir gazalning mazmuniga mutanosib, sho‘x va o‘ynoqi ohang tanlagan. Bu hazaji musammani 

axrabi makfufi mahzuf vaznidir. 

G‘azalning klassik qo‘shiqqa aylanishi va xalqqa sevimli, mashhur bo‘lishida ham mana shu shakl 

hamda mazmunning badiiy mutanosibligi boisdir. 

G‘azal muraddafligi, radifga «o‘ynamoq» fe’li tanlangani tasodifiy emas. Bu ham — badiiy 

mutanosiblik taqozosi. G‘azalda mazmun va badiiy tasvir mutanosibligi boshdan-oyoq izchil davom 

etadi. Bu esa g‘azalning kompozitsion jihatdan yakpora shaklda vujudga kelishini ta’minlaydi. 

Zulfning bolalarga xos o‘yinqaroqlngi tasviri keyingi baytlarda ham o‘sha maromda saqlangan: 



 

Ul sho‘x ko‘ngul lavhin etib tiyra nafasdin,  

Bir tifldur, alqissaki, ko‘zgu bila o‘ynar.  

 

O‘ynay-o‘ynay bog‘ladi uyqumni fusundin,  

To g‘amzasi ul nargisi jodu bila o‘ynar. 

 

Hayotiy lavhalar bilan qiyoslab tasvirlash, tamsil usuli bu g‘azalda uslubiy vositaga aylangan. 



Chunki u butun g‘azal doirasida amal qiladi. Ma’shuqaning ko‘zi tasvirlangan baytga e’tibor bering: 

 

Tong yo‘qqi, ko‘zung bo‘lsa ko‘ngul birla muloyib,  

Majnung‘a ajab yo‘q, agar ohu bila o‘ynar. 

 

Bir qarashda, baytda ko‘z tasviri asosiy maqsad emasday tuyuladi. Aslida esa, asosiy maqsad ko‘z 



tasviri, buni shoir bevosita emas, bilvosita amalga oshiradi. U shunday mazmunni ifodalaydi: «Sening 

ko‘zing mening ko‘nglim bilan o‘ynashgani taajjublanarli emas, chunki majnunning ohu bilan o‘ynashi 

tabiiy». Bundan anglashiladiki, shoir ma’shuqa ko‘zi ohu singari go‘zal, hurkak, o‘ynoqi ekanligini, 

shuningdek, lirik qahramon ko‘nglining majnunholligiii ham so‘zaro tasvirlab o‘tgan. Hayotiy 

asoslarda aks etgan xol tasviri ham diqqatga sazovor: 

 

Bir lo‘liyi bozigar erur chanbar ichinda  

Xolingki, o‘shul halqayi gesu bila o‘ynar. 

 

Shoir talqinicha, tebranib turgan ma’shuqa halqasi tegrasidagi xol chambarak ichida o‘yin 



ko‘rsatayotgan lo‘livash go‘zalga monand. Demak, vasf etilayotgan xol shunchalar dilnishin va 

jozibador. 

Odatda, mustaqilligi bilan ajralib turadigan matla’dan oldingi baytda shoir zohidga tanqidiy 

munosabatini tamsiliy usulda, obrazli tarzda qistirib o‘tadi: 



 

Zohid bila nafs etsa tamasxur, ne ajabkim,  

It sayd qilur vaqtda tulku bila o‘ynar. 

 

Bunda ov chog‘ida itning tulki bilan o‘yini lavhasi zohidning nafsga munosabatini ochib berishga 



xizmat qilgan. Bayt zimniga nafsning tulkidek hiylagarligi ham singdirilgan. 

G‘azal ixlosmandlarini juda qiziqtirib kelgan tilsimlardan biri yettiichi, ya’ni tugallanma baytning 




Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin