Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

50

 



Bu bayt sir saqlash san’ati haqidagi musalsal mushohadalarning — «Sir saqlayolmaydigan vujud 

— halokatga mahkum» ma’nosidagi izchil mantiqiy yakunidir. 

Albatta, sirni bu qadar pinhon saqlash kamdan-kam irodali kishilarning qo‘lidan keladi. Ayniqsa, 

Navoiy singari suxan ahliga sobit sovuqqonlik bilan sir saqlash dushvor. Chunki, she’r ahli ta’sirchan, 

ehtirosli, ochiqko‘ngil bo‘lishadi. Lirik qahramon o‘z sarguzashtidagi sahvu xatoni nazarda tutib: 

«Sahv etib, chun roz durrin sochtingiz, nozim bo‘lub, Ohning dudin sahobu ko‘zni daryo qilmangiz», 

deya o‘zgalarga saboq beradi. 

Bu va g‘azalning so‘ntgi ikki bayti: «Domlaning aytganini qil-u, qilganini qilma!» qabilidagi 

o‘gitni eslatadi. Negaki, shoir o‘zidagi «hijron dardini» baralla izhor etib, «do‘stlar»dan chora — 

«jomu sahbo» tilab turibdi. G‘azal lirik qahramonning o‘z aybi — «ishq rozini asray olmagani»ga iqror 

bo‘lib, uni «roz ahli» sir saqlay oluvchilar toifasiga kiritmasliklari iltijosi bilan tugallanadi. Demak, 

gazal mundarijasi pishiq ishlangan. G‘azal sir saqlashning mukammal sabogi, unga asos bo‘lgan 

shaxsiy kechinma hamda oqibat-natijadan tuzilgan. 

G‘azalning g‘oyaviy mohiyati hayot saboqlari yuzasidan pand-nasihat qilishgina emas. Kinoyaviy 

tasvirdan maqsad igvogar, badxoh zamon va ahli zamon ustidan zaharxanda kulish, ularni fosh etish, 

ularga nafrat izhor etish hamdir. Asar zamondoshlarimiz ma’naviy kamoloti uchun katta tarbiyaviy

ma’rifiy ahamiyatga ega. 

 


Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin