Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

46

qo‘rqish, shafqat tilashni gumrohlik bilganligi shubhasizdir. 




Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

47

Nusratullo JUMAYEV 

 

SATRLAR SILSILASIDAGI SEHR 

 

She’rdagi badiiyat salmog‘i — mazmun, g‘oya va ruhiy ta’sir kuchini teran tushunish uchun 



asarning shakliy tuzilishi, so‘zlar, satrlar aro ma’nan, suratan bog‘lanish sehrini ilg‘ab olish muhim. 

Shunday tarkibiy tuzilish badiiyatini ilmda «kompozitsiya» istilohi ifodalaydi. Barcha rubobiy (lirik) 

asarlar singari, g‘azalda ham kompozitsiya tabiiy xususiyat. San’atkor atay kompozitsiya yaratmaydi

muayyan kompozitsiya tanlab, so‘igra shu asosda asar yozmaydi. Kompozshshya — shakl masalasi. 

G‘azal badiiyati — mazmun va shakl birligi, mutanosibligi mahsulidir. Shunday ekan, g‘azalning 

bo‘lg‘usi mazmuni o‘ziga xos kompozitsiya bilan birga bunyodga keladi. 

G‘azal kompozitsiyasiga ko‘ra to‘rt mustaqil turga ajraladi: 1. Mustaqil baytli g‘azal. 2. Yakpora 

gazal. 3. Voqeaband g‘azal. 4. Musalsal gazal. G‘azal faqat shakliy sayqaldorlikkagina emas, balki 

badiiy yetuklik, g‘oyaviy yuksaklik va mazmun salmoqdorligiga omil bo‘luvchi kompozitsion 

belgilarga asosan shunday turlarga bo‘linadi. Bular — g‘azalning o‘ziga xos kompozitsion tiplari. Har 

bir tipga mansub g‘azallar o‘ziga xos kompozitsion xususiyatlari bilan o‘zaro farqlanib turadi. 

O‘zbek g‘azaliyoti tarixiy tajribalarining eng yuksak natijalari Alisher Navoiy g‘azaliyotida 

mujassamlashgan. Uning devonlarida g‘azalning mazkur to‘rt turiga oid ajoyib namunalar mavjud. 

Qayd etilgan tipdagi g‘azallarning eng oliy navi musalsal (silsilali) g‘azaldir. Navoiyiing shunday 

asarlaridan birini tahlil etishdan avval musalsal g‘azalning xos fazilatlari haqida fikr yuritaylik. 

Tarkibidagi lirik voqea, manzara, fikr va kechinma satrlar silsilasida, darajama-daraja rivojlanish 

xususiyatiga ega bo‘lgan g‘azal musalsal g‘azaldir. Klassik poetikadagi tadrij usulining butun g‘azal 

doirasida faol qo‘llanishi o‘sha g‘azalning o‘zig‘a xos kompozitsion tur — musalsal g‘azal sifatida 

shakllanishiga xizmat qiladi. Musalsal g‘azal ichki tadrijiy takomilga ega bo‘lgan yakpora va 

voqeaband gazalga o‘xshab ham ko‘rinishi mumkin. Ammo musalsal g‘azal bilan voqeaband yoki 

yakpora g‘azallar orasiga tenglik alomati qo‘yib bo‘lmaydi. Ya’ni, ular aynan bir turdagi g‘azallar 

emas. Musalsal, voqeaband, yakpora gazallar orasida quyidagicha tafovut mavjud. Albatta, har qanday 

voqeaband g‘azal zamirida muayyan syujet yotadi. Bu syujet «ma’lum bir fabula va hikoya ma’nosida 

emas, balki fikr va tuyg‘ularning bir-biriga mantiqiy ravishda bog‘lanib kelishligi» (M. Shayxzoda) 

tarzida tajassum topgan taqdirda ham, u ibtido, rivojlanish va intiho bosqichlaridan iborat bo‘ladi. Agar 

mana shu bosqichlar izchil silsilalardan tashkil topsa, g‘azal voqeabandlik bilan birga musalsallik ham 

kasb etadiki, bu yuksak san’at namunasiga aylanadi. Demak, barcha voqeaband g‘azallar musalsal 

bo‘lavermaydi, ayni paytda, har qanday musalsal g‘azallar ham voqeaband bo‘la olmaydi. Yakpora 

g‘azallar ham shunday. Qo‘yilgan masala matla’dan maqta’ga qadar tadrijiy usulda, misralar silsilasida 

rivojlantirilsa, poetik fikr va kechinmalarning bunday rivojlanishiga poetik obraz hamda boshqa badiiy 

vositalar ham hamohang bo‘lsagina, g‘azal ayni paytda yakporalik (yaxlitlik) va musalsallik fazilatiga 

ega bo‘ladi. Musalsallik g‘azalning butun komnozitsiyasiga tegishli xususiyat. Shuning uchun, ayrim 

baytlarida tadrijiy takomil mavjudligiga qaramay, mustaqil baytli g‘azallar musalsal bo‘la olmaydilar. 

Alisher Navoiyning «Yordin ayru ko‘ngul mulkedurur sultoni yo‘q, Mulkkim, sultoni yo‘q, 

jismedururkim, joni yo‘q» yoki «Jong‘a chun dermen: «Ne erdi o‘lmakim kayfiyati?» Derki: «Bois 

bo‘ldi jism ichra marazning shiddati» matla’i bilan boshlanuvchi asarlari musalsal g‘azalning klassik 

namunalaridir. Quyida Navoiyning musalsal gazallaridan birini tahlil etamiz. 

 

Do‘stlar, mahram deb elga roz ifsho qilmangiz,  

Boshingizga yuz balo kuch birla paydo qilmangiz.  

 

Fosh qilmang roz, chunkim asray olmay qildingiz,  

O‘zgalardin asramoq bore tamanno qilmangiz.  



Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin