www.ziyouz.com kutubxonasi
45
Tasavvuf she’riyati bilan chuqur yaqinligi yo‘q Zaxiriddin Muhammad Bobur ham «Shahvatu nafs
qaviy dushmandur». «Nafs yog‘isini mag‘lub etgil», nafs «Dushmanedur agarchi o‘tru emas, Lek bir
lahza sendin ayru emas», deya ogohlantirgan.
Navoiyning «Chekib agyordin yuz javr...», deyishi, bu — «nafsi zolim»ga tegishli. «Yor» esa
vujudi mutlaqdir. Nafsni yengish — «o‘zlik imoratin» buzish. Aks tarzda «Ne o‘zga xalqdin g‘ayrat,
ne o‘zimdin uyotim bor», deyish holatiga ko‘tarilish imkonsizdir.
Kechib ko‘zdin yozay bir xatki, dahr ahlig‘a ko‘z solmay.
Bu damkim ko‘z savodidin qaro, ko‘zdin davotim bor.
Nega ko‘zdin kechib «bir xat» yozish kerak? Faqat «dahr ahlig‘a ko‘z solmaslik uchunmi? Yo‘q,
albatta. «Jon ko‘zi» Yorni ko‘rib, «Dil ondin xabar» bergach, husn shohi jon ichin-da joylashib,
«ko‘ngilni arsh» aylaydi. Bu — botin ko‘zning ochilishi:
«Botin ko‘zdir Do‘stii ko‘rgan, Bu zohir ko‘z yobondadur...» Ko‘zdin kechish va «ko‘z savodi»ga
oid haqiqat asosan mana shu.
Tilar ko‘nglim xushi anqodin o‘tsa nori yuz vodiy, Muningdyok sayr etarga Qofdin ortuq sabotim
bor. Bu ikki misrada fano vodiysiga sayr e’tiborda tutilgan. Chunki anqo qushidan ham «nori yuz
vodiy»ga o‘tishga ahli fanogina qodirligiga Navoiyning o‘zi bir o‘rinda guvohlik bergan:
Uruj istar esang bu dayr ichinda foniy o‘lg‘ilkim,
Malak uzra qadam bosib o‘tar ahli fano gustoh.
Demak, she’r qahramonining anqo manzilidan ham «nori yuz vodiy»ga sayr etarga soboti yetarli.
Axir, uniig ko‘ngli «fano kuchidin zo‘rbozu» istayotir. G‘azalning so‘nggi baytini o‘qiymiz:
Navoiy, bilki, shah ko‘ngli manga qayd o‘lmasa, billah,
Agar kavnaynga xoshok chog‘lig‘ iltifotim bor.
Nihoyat bosh muddao gapirildi: shohning ko‘ngli shoirga moyilmas. Shuning uchun ikki dunyoga
ham uning «xoshok choglig» iltifoti yo‘q. Professor A. Hayitmetov g‘azal shoirning yigitlik vaqtida
yaratilganiga tayanib, o‘sha shoh «Navoiyga dushmanlik nazari bilan qarab, unga Hirotda kun
bermagan zolim Abu Said edi. Uning davrida Navoiy Hirotda nihoyatda qiynalib, bir pulga zor bo‘lib,
turishga uyi yo‘q, yeyishga ovqati yo‘q holda yashaydi... Hirotdagi xushomadgo‘y feodallar
podshoning Navoiyga munosabatining yomonligiii bilib, unga nisbatan yaxshi qaramaganlar. Natijada,
shoir yuqoridagi gazalda tasvirlangan ahvolga tushgan va oxiri Hirotdan ketib qolgan», deb yozadi.
G‘azaldagi umumiy ruh, mistik kechinmalarning bagoyat quyuqligi, so‘z va ohangdagi g‘amginlik
shunday xulosa chiqarishga asos beradi. Ammo g‘azalning goyaviy-badiiy mundarijasi boshqa
mulohazalarni o‘rtaga tashlashga ham monelik qilmaydi.
Alisher Navoiy g‘azallaridan birida shohga murojaat etib, o‘zni «o‘zdin ulug‘roq shohga
hojatmand» bilishga chaqirgan. Bu shoh—Alloh. Bizningcha, gazal xotimasida ana shu shohdan
marhamat kutilayotir. Shoirning ikki dunyoni ham xoshokcha nazarga ilmasligi bir zolim podshohning
munosabatigagina bog‘lansa, she’rda aksini topgan ilohiy-falsafiy mohiyat o‘z-o‘zidan maydalashadi.
Yugurma rizq uchun, ne yetsa haqdin anglakim, komil,
Ne kelturgil demish, ne g‘aybdin yetganin qaytormish.
Navoiy eng mushkul ahvolda ham shu e’tiqodga sodiq qolganligi va Tangridan boshqasidan
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |