www.ziyouz.com kutubxonasi
56
kiritilmagan va xalqqa yetib bormagan. Bu gazal hamda qit’alar Navoiy mukammal asarlari to‘plamida
bosilmoqda va endi ilmiy baholansa kerak. Nazarimda, bu hodisa Navoiy dunyoqarashi bilan bogliq.
Navoiy insonda ilohiy yetuklikni, ilohda iisoniy go‘zallikni ko‘rgai. Mutafakkir o‘zi sig‘ingan ilohiy
qudrat, navqironlik, barkamollik, hayratomuz sehru siioatni, jismoniy va aqliy tengsizlikni yigitlar
siymosida tajassum ettirgan bo‘lsa, ajab emas. Harqalay, asarga o‘n sakkiz ming olamni mushohada
etishga qodir, o‘n sakkiz ming olam dardi bilan yashaydigan, aqlu zakovati o‘n sakkiz ming olam
tilsimlarini yecha oladigai, husni o‘n sakkiz ming olamni lol qoldiradigan, hayajon va ehtiroslari o‘n
sakkiz ming olamni o‘rtaydigan o‘n sakkiz yoshli inson siymosi sabab bo‘lgan. Ehtimol, bu Navoiy
orzusidagi qomil insondur. Darvoqe, o‘n sakkiz ming olam tashvishlari bilan yashaydigan yosh
zamondoshlarimiz ham yo‘q emas. Esli-hushli, zakovatli, g‘ayrat-shijoatli yigit-qizlarimiz oldida
shunday ulkan muammolar, vazifalar, orzular turadiki, ularning ko‘lami va salmog‘i o‘n sakkiz ming
olam oshubidan kam emas. Chinakam inson uchun o‘n sakkiz yosh — shunday mas’uliyatli davr,
aslida.
Keyingi baytlarda matla’dagi g‘oyaviy mazmun tadrijiy takomillashtiriladi. 2 – 3-baytlar matla’da
vasf etilgan darajadagi kamolotga erishgan inson yetukligining yashovchanlipg haqida bahs etadi:
Desa bo‘lg‘aykim yana ham o‘n sakiz yil husni bor,
O‘n sakiz yoshinda muncha fitnakim boshindadur.
O‘n sakiz yil dema, yuz sakson yil o‘lsa, uldurur
Husn shohi, ul balolarkim, ko‘zu qoshindadur.
Mazkur baytlardan boshlab g‘azaldagi lirik qahramon umumlashma obrazlikdan bir oz cheklanadi.
Ya’ni, umuman o‘n sakkiz yoshli inson emas, go‘yo o‘n sakkiz yoshdagi manzur vasfi davom etadi.
Bunda fikrimizga bois g‘azalning matla’dan keyingi qismida ko‘proq ayol zotigagina xos fazilatlar
qalamga olinganidir. Albatta, Navoiyning bunday g‘azallari tagzaminida ilohiy husn timsoli ham
turishini esda saqlashimiz kerak. 3-baytdagi «husn shohi» iborasi aynan shundan dalolat beradi.
G‘oyaviy mazmunning baytlarda tadrijiy rivojlanishiga tadrij usuli bilan birga ruju’ san’ati ham
ko‘maklashgan. Shoir ikkinchi baytda, «Sarvinoz o‘n sakkiz yoshidaki o‘n sakkiz ming olamga
tatiydigan husnu jamolni zohir etgan ekan, o‘n sakkiz ming olam mojarolarini boshiga sig‘dirolgan
ekan, undagi bu qobiliyat yana o‘n sakkiz yil bemalol saqlanadi», der ekan, uchinchi baytda bu
fikridan qaytadi. O‘z-o‘zini «O‘n sakkiz yil dema» so‘zlari bilan inkor etib, «Yana yuz sakson yil o‘tsa
ham, ko‘zu qoshida turfa balolar jilva qilar ekan, ul sarvinoz husn shohi sifatida go‘zallik saltanatida
hukmfarmolik qilaveradi», degan xulosaga keladi. Ruju’ mohiyati mana shu o‘z-o‘zini inkor etib,
fikrni kuchaytirishdadir. Sarvinozning «ko‘zu qoshida»gi ul balolar sehriga kelsak, bunda Sharq
g‘azaliyotida ko‘z va qosh madhida aytilgan (masalan, ko‘zning xunxorligi, jallodligi, fitnagarligi,
qoshning shamshir kabi qattolligi, birining imo qilib, birining jon olishi va h. k.) hamma sifatlar
nazarda tutiladi.
Shoir aql bovar qilmaydigan darajadagi husn sohibini tasvirlayottan bo‘lsa-da, uning qonuniy va
tabiiy hol ekanligini iqror etadi:
Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki bor,
Barchasi ezid taolo sun’i naqqoshindadur.
Chunki Navoiyning dunyoqarashicha, har qanday hayratomuz go‘zallikning yaratuvchisi va
ijodkori «sun’ naqqoshi», ya’ni xudodir. Har bir modda, jism, jonzot, shu jumladan, inson ham bu
ilohiy mavjudotning zarrasi, bo‘lagi, aksi yanglig‘ namoyon. Har bir chiroyda tangri taolo jamoli
jilvalanib turadi.
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |