Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

 

«ROSTLIG‘ ULDURKI...» 

 

Ko‘k binafshazorini anjum chu nargiszor etar,  



Nargising birla binafshang hajri ko‘nglum zor etar. 


Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

58

 



Chun Zuhal toli’ bo‘lur xoling xayoli fitnadin,  

Jonim ichra yuz ming oshubi balo izhor etar. 

 

Jilva qilg‘och Mushtariy ko‘zni uzoriig yodidin,  

Yuz saodat axtaridin har zamon durbor etar. 

 

Chun chiqar Bahromi qotil, ko‘zlaring andishasi  

Xasta jonimni qatili xanjari ozor etar. 

 

Mehrdin topmay nishone senda ham, gardunda ham,  

Bu musibat ko‘zuma yorug jahonni tor etar. 

 

Zuhra holimg‘a surudin navhaga aylab badal,  

Changining sochin yoyib durri sirishk izhor etar. 

 

O‘lmakim anglab, Utorid holima deb marsiya,  

Sharhi dardim nazmidin har lahza yuz tumor etar. 

 

Oy halokimga tutub motam, kiyib tundin qaro,  

Orazin sayli bila ahli azo kirdor etar. 

 

Tiyra aylab benihoyat kecha umrum sham’ini,  

Vasl subhi hasrati ranjim yuz ul miqdor etar. 

 

Rostlig uldurki, yetkach ul quyosh, rahm aylagay,  

Ulcha ahvolimga har tun charxi kajraftor etar. 

 

Ey, Navoiy, ishq dardidin shikoyat qilmakim,  

Joninga javru jafosin har nechakim, bor etar. 

 

Mavzu xususiyatiga ko‘ra, bu Alisher Navoiyning ishqiy g‘azallari toifasiga kiradi. U shoir ijodiy 



takomilining uchinchi bosqichi mahsuli bo‘lib, Navoiy uni ilk bor «Navodir un-nihoya» devoniga 

kiritgan. Keyinchalik bu g‘azal «Xazoyin ul-maoniy»ning «Navodir ush-shabob» devoniga ko‘chgan. 

G‘azalning o‘ziga xos va murakkab obrazlar silsilasi mavjudligi, hajmining kattaligi (o‘n bir baytdan 

iborat), tili va badiiy tasvir uslubining o‘zga ishqiy g‘azallarga nisbatan og‘irligi ham uni Navoiy ayni 

ijodiy kuchga to‘lgan o‘rta yoshlarida yaratganligini tasdiqdaydi. Bu — Navoiyning ko‘pma’nolilik 

xususiyatiga ega asarlaridan. Unda vasf etilgan ishq «majoziy ishq», ya’ni oddiy insoniy muhabbatdan 

ko‘ra kengroq ma’nolarga ega. G‘azal ruhiy mundarijasining nisbatan murakkablashuviga sabab shuki

unda shoir insoniy ishq bilan panteistik dunyoqarashdagi «haqiqiy ishq» xususiyatlarini bir nuqtada 

mujassamlashtirishga harakat qilgan va bunga erishgan. G‘azal ramali musammani mahzuf vaznida 

bitilgan. 

G‘azalda Navoiy lirik qahramon kechinmalari hamda taxayyulini tasvirlashda yangicha yo‘l tutadi. 

 

Ko‘k binafshazorini anjum chu nargiszor etar,  

Nargising birla binafshang hajri ko‘nglum zor etar. 

 

Bir qarashda, bu — an’anaviy ruhdagi bayt. Unda Mavlono Lutfiy tahsiniga sazovor bo‘lgan 




Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin