www.ziyouz.com kutubxonasi
61
Matnazar ABDULHAKIM
«O‘YNAR»
Yaxshi bilamizki, Navoiy g‘azaliyotining ruhi jahoniy bir dardkashlik, hasratangezlik kayfiyati
bilan sayqal topgan. Shuning uchun ham «O‘ynar» radifining o‘ziyoq shoir merosining mazkur
xususiyatidan xabardor o‘quvchini sergak torttirib qo‘yadi.
Zulfing ochilib, orazi diljo‘ bila o‘ynar...
Zulf — ayolning chakka kokili, yoki, umuman, ayol sochi. Oraz yuz, chehra ma’nosini beradi.
Sho‘ so‘zi fors tilida istovchi, qidiruvchi degani. Demak, orazi diljo‘ — yurak tomonidan izlaiayotgan,
istalayotgan yuz, chehra. Bu misrada shoir faqat tasvir bilan kifoyalaiadi.
Hindu bachae sho‘xdurur, suv bilan o‘ynar.
Hindu bacha — fors tilidan tarjima qiladigan bo‘lsak, hindu bolasi demak. Ikkinchi misradagi
tashbihlar birinchi misradagi obrazlarga aniqlik kiritadi, rang beradi. Ma’lumki, hindular qora tusli
odamlar, binobarin, ular zulf bilan, ya’ni yorning sochi bilan bir tusda. Qolaversa, bu qiyosda harakat
o‘xshashligi ham ruh o‘xshashligi ham bor: ayollarning kokili, xususan, chakka sochi o‘ynoqidir.
O‘zining bunday xususiyati bilan bu soch kichkintoylarning sho‘xligini eslatadi. Bu o‘xshatishdagi
tag‘in bir fazilat shundan iboratki, hindular, asosan, daryo va ummonning sohillarida istiqomat
qilishadi. Anglashiladiki, yorning yuzi sathi osoyishta suvdek tip-tiniq. Suvdan musaffo chehra bilan
o‘ynayotgan kokillar suv bilan o‘ynayotgan qora rangli bolakay singaridir.
Endi ochilib so‘ziga e’tibor qiling. Ochilib o‘zining birlamchi — ochilmoq fe’li bilan
ifodalanadigan ma’nosidan tashqari, xursand bo‘lmoq, xush kayfiyatda o‘tirmoq degan mazmunlarni
ham anglatadi. Bu so‘zning, shuningdek, darddan forig‘ bo‘lmoq ma’nosi ham bor. Endi navbatdagi
mazmun jilosiga e’tibor qiling. Ma’lumki, yosh bola suvni ko‘rganda quvonib-qiyqirib, ochilishib
ketadi, soch ham chehraning tiniqiligidan, suvdek musaffoligidan quvonib, «ochiladi». Bu yerda
suvning ham, norasida bolaning ham poklik, tozalik ramzi ekanligini bir eslasak, shoir o‘z
mahbubasini naqadar uluglayotganini yanada teranroq anglab yetamiz.
Ikkinchi baytda shoir, o‘z ilohasining sho‘xligi va uniig dastidan tortayotgan uqubati bayoiiga
o‘tadi. Buning uchun u matla’dagi obrazning mantiqiy rivojlanishidan kelib chiqib fikrlaydi.
Ma’lumki, ko‘ngilning oynaga, shishaga o‘xshatilishi qadimdan bor gap. Misol uchun xalqimizning
«ko‘ngil bir shishadir, sinsa tuzalmas» matalini eslash kifoya. Biz biron bir nohaqlikdan qattiq
ranjisak, ko‘nglim xira bo‘ldi, ko‘nglim qorong‘u, deb aytamiz. Ma’-lumki, xiralanish oynaga juda
ham xos bo‘lgan xususiyat. Hayotda ko‘p uchraydigan yana bir hodisani eslang: kichkintoylar oyna
oldida sho‘xlik qilishni, uhlab, nafasi bilan oynaning yuzini xira qilishni yaxshi ko‘radilar. Ko‘zguning
hamda bolaning ana shu xususiyatidan foydalanib shoir navbatdagi mo‘‘jizasini yaratadi:
Ul sho‘x ko‘ngil lavqin etib tiyra nafasdin,
Bir tifldir, alqissaki ko‘zgu bila o‘ynar.
Ya’ni, u sho‘x ko‘ngil oynasiii nafasi bilan qoroigu qilib xuddi ko‘zgu bilan o‘ynayotgap yosh
bolaga o‘xshaydi.
O‘ynay-o‘nnay, bog‘ladi uyqumni fusundin,
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |