Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

54

qahramonning ko‘ngli-holati bilan ankabut, ma’shuqa beli bilan ankabo‘t torlari orasida monandlik 



ko‘radi. «Bel» va «la’l» obrazlariga «jon rishtasi» mutanosib keladi va shu usul bilan shoir belining 

ingichkaligi, labniig nafis-yupqaligiga ishora qiladi. Baytdagi obrazlar munosabatidan «bel va la’l — 

ko‘ngulning jon rishtalari», degan fikr anglashiladi. Shu yo‘sinda oshiq qalbning muddaosi nazokatli 

tarzda anglatiladi. 

Navbatdagi bayt g‘azalni yaratish chog‘idagi Navoiy ilhomi va san’atkorligining avj nuqtasidan 

dalolat beradi: 



 

Sunbuli zulfi agar oshuftadur, ayb etmakim,  

Gul yuzida yotqon ikki nozanin bemori bor. 

 

Shoir zulf va ko‘z tasvirini yaratmoqchi bo‘ladi. Hayratomuz yo‘l tutib, bu ikki a’zoning jonli 



tasvirini vujudga keltirish uchun ularni bir-biriga poetik vosita sifatida xizmat qildiradi. Birinchi 

misrada «sunbul» va «oshufta» so‘zlari bilanoq zulfning ta’rifu tasvirini berib qo‘ya qoladi. G‘azalxon 

ma’shuqa zulfini «oshufta sunbul» sifatida tasavvur eta boshlaydi. Lekin unga sunbuliy zulfning 

parishon va g‘amginligi boisi noayon. Bu holning sababini ayon etish, demakki, zulf tasvirini yanada 

kuchaytirish maqsadida shoir ko‘z obraziga murojaat qiladi. Gul chehraning suzuk va mastona 

ko‘zlarini «ikki nozanin bemor»ga mengzaydi. Yana husni ta’lil san’atining nodir imkoniyatidan 

foydalanib, zulf holatini ko‘zlar ahvoli manzarasi bilan asoslaydi. Bu ikkala misradagi tasvir 

chunonam bir-biriga esh va chambarchas bog‘liqki, ularni bir-birisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shoir 

bunda sabab va oqibatning dialektik tanosubiga erishgan. Birinchi misra bayt badiiyatidagi oqibatni 

ifodalasa, ikkinchi misra sababni anglatadi. Navoiy oltinchi baytda lirik mazmunni badiiy yakunlashga 

o‘tadi: 

 

Aylab o‘zni mastu bexud, chiqmasun mayxonadin  

Kimki, mendek davr elidin ko‘nglida ozori bor. 

 

Shoir badiiy tugallanmani g‘azalning dastlabki qismlari bilan mantyaqiy uzviylikda yaratadi. 



Birinchi va oltiichi baytlardagi «Kimki» so‘zi muayyan toifadagi kishilarni anglatadi. Ilk misradagi 

«Kimki» —«Bir malaksiymo parivash yori bor», ya’ni 1 — 6 bayt oralig‘ida tasvirlangan go‘zallar 

ishqidan bahramand baxtiyor kishi obrazi. Oltinchi baytdagi «Kimki» esa — «Bir malaksiymo 

parivash yor»din hijron chekkan (o‘z zamondoshlaridan ozordan o‘zga rohat ko‘rmagan), 1—6 bayt 

mobaynida husni jamoli zuhur etgan go‘zallar vaslidan benasib «ushshoqi zor» timsoli. «Men» so‘zi 

qo‘llanmaganda ham, bu timsol zamiridagi Navoiyning hayotiy siymosini tanib olar edik. Chunki 

g‘azalning navoiyvor tuzilishi, tasvir tabiati, baxtiyor oshiq bilan «Ko‘nglida ozori bor», «Mastu 

bexud» rind qiyofasining qiyosi buni aniq aytib turadi. Bu satrlar g‘azal muxlislarida Navoiyning 

shaxsiy iztiroblariga yana bir bor hamdardlik tuyg‘ularini uyg‘otadi. 

Shoir g‘azalni naqadar zukko mushohada bilan boshlagan bo‘lsa, shunchalik teran hayotiy o‘git 

bilan yakunlaydi: 

 

Ey, Navoiy, yor uzar bo‘lsa muhabbat rishtasin,  

Kelmas o‘lsa ul sening sori, sen oning sori bor. 

 

Bir-birini tan olmaslik, xudparastlik, takabburlik illati har qanday insoniy munosabatlarga hamisha 



rahna solib kelgan. Shoir ayriliq xavfidan ogoh etadi va o‘zlikdan kechib, yor vasliga sazovor bo‘lish, 

uni qadrlashni maslahat ko‘radi. 

Bu nazmiy xulosa asrlardan beri o‘zining hayotiy qudratini saqlab kelmoqda. U Navoiy 

zamondoshlari uchun qanchalik qadrli bo‘lsa, biziing davrimiz farzandlari va kelajak nasllar uchun 




Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin