PAYG‘AMBARLIK. VAHIYNING KELISHI Bu orada Payg‘ambarimiz yoshlari qirqqa yetdi. Endi Alloh taolo tarafidin vahiy kelar
vaqti bo‘ldi. Farishtalar ulug‘i Jabroil alayhissalomga Xudo tarafidin shundog‘ farmon
bo‘ldikim. «Habibim Muhammadga aytgil, uni butun yer usti tamom insu jinlariga
Payg‘ambar qildim. Mening dargohimda maqbul bo‘lgan Islom dinini bandalarimga
o‘rgatsin, bandalarimga meni tanitib, amru farmonlarimni ularga yetkazsin. Barcha
xalqni men aytgan haq yo‘lga boshlasin» dedi. Jabroil alayhissalomga bu farmon yetishi
bilan Iqro surasidan boshidagi besh oyatni keltirdilar. Qur’oni karimdan yer ustiga
tushgan birinchi sura shu edi.
Vahiy boshlanishi Ramazon oyining yettinchi kuniga to‘g‘ri keldi. Shu kunlarda
Payg‘ambarimiz Hiro tog‘ining g‘orida ibodatga mashg‘ul edilar. Jabroil alayhissalom
odam suratida ko‘rinib, Payg‘ambarimizga qarab. «O‘qi» dedilar. Payg‘ambarimiz
sallalohu alayhi vasallam. «Men o‘qishni bilmayman», deganlarida, Payg‘ambarimizni
quchoqlab oldilar. Siqib turib, yana: «O‘qi» dedilar. Shundoq qilib, uch qayta siqib turib,
qo‘yvorib. «O‘qi» degan so‘zni takror qildilar. Uchinchi gal Payg‘ambarimizni ezib,
emganish darajada qattiqroq siqib, qo‘yib yuborgandin keyin, Iqro surasining boshidin
besh oyatni o‘rgatdilar. So‘ngra Jabroil alayhissalom Payg‘ambarimiz bilan tog‘din
tushib, bir tekis joyga kelganlarida oyoqlarini yerga urdilar ersa, darhol shu joydin bir
buloq paydo bo‘ldi. Tahorat olishni o‘rgatgan so‘nggida, namoz o‘qish tartiblarini ta’lim