www.ziyouz.com kutubxonasi
17
odamlardin o‘rtaga yarashchilar tushdi. Undog‘ ulug‘ ish ustida Baytulloh oldida nohaq
qon to‘kishdin saqlanaylik, deb o‘zlari insofga keldilar. Oqil orachilarning ko‘rsatishlari ila
Bani Shayba darvozasidin kim ilgari kirsa, shuning hukmiga hammamiz rozi bo‘laylik,
deb qaror chiqardilar.
Shul kuni Payg‘ambarimiz kelmagan bo‘lib, bu voqeadin xabarlari yo‘q edi. Shu orada u
kishi darvozadin kirib keldilar. Buni ko‘rgan Quraysh xalqi hammalari bir og‘izdan ajab
yaxshi ish bo‘ldi, chin so‘zlik, ishonchlik kishimiz Muhammad Amin keldi, buning
hukmiga barchamiz rozimiz, deyishdilar. Payg‘ambarimiz bu ishning tubiga tushungandin
keyin yelkalaridagi ridolarini yerga yozib, Hajarul asvadni ridoga soldilar, o‘n bir urug‘
Qurayshdin bir kishidin kelsin, Bani Hoshim urug‘idin mana men bo‘ldim, Hajarul asvadni
hammamiz barobar ko‘tarib, o‘rniga qo‘yaylik, deb o‘n birlari barobar ko‘tardilar. O‘z
joyiga yetkazganlarida Payg‘ambarimiz qo‘llari bilan o‘rnashtirib qo‘ydilar. Shuning bilan
o‘tga suv sepgandek fitna bosildi. Payg‘ambarimizning bu qilgan tadbirlariga, mundoq
aql topganlariga barchalari rozi bo‘lishib, ofarin qilishdilar. Bu tadbirlari bilan qancha
odamlarni nohaq qonlari to‘kilishidin saqlandi. Shundoq bo‘lib, bu voqea ham ziyonsiz
o‘tdi.
Endi Payg‘ambarimizning yoshlari qirqqa yaqinlashdi, vahiy kelishiga olti oy chamasi
qolganda har turli yaxshi tushlarni ko‘rar edilar. Qandoq tush ko‘rsalar, hech o‘zgarmay,
shundoq kelur edi.
Endi bu joyda tushning haqiqati nima ekanligini o‘quvchilarga tushuntirishni lozim
topdim. Chunki tush ko‘rishning ko‘p chuqur haqiqati bordur. Agar buni yaxshi tushunib
bilsa, bu bizga ko‘rinib turgan tabiat olamining ustida yana bir haqiqat olamining
borligini bildiradur. Buning bilan Xudoning borliq birligi, payg‘ambarlar so‘zlarining haq
rostligiga yo‘l ochiladur. Endi bilmak kerakkim, insonning haqiqiy ruhi (joni) fan olimlari,
tabiat olimlarining deganlaridek qondin chiqqan bir quvvat emas, balki din olimlarining
ulug‘ rahbarlari, payg‘ambarlar aytganlaridek, tabiat usti — haqiqat olamidin Xudo amri
bilan inson vujudiga vaqtlik qo‘yilgan omonat bir gavhardur. Mana bu ruh qondin paydo
bo‘lgan ruh bilan bek qattiq aloqalik bo‘lib, Xudo hikmati bilan shu parda ostiga
yashiringanlikdin, insonlar ahli parda ostidagi asrorga yetisholmaydi. Chunki tabiat
olamining ichidagi sirlarni tekshirishda fikr maydoni har qancha keng bo‘lsa ham, ammo
tabiat olamidan ustungi diniy masalalarda payg‘ambarlarning rahbarligi ostidagina yo‘l
topilmasa, yolg‘iz aql bilan haqiqatni topish imkondin tashqaridur. Shuning uchun bu
haqda rahbarlik qilish uchun payg‘ambarlarni yubordi. Mana, inson haqiqati shu
gavhardur. Bu gavhar azaliy emas, abadiydur. Ya’ni, bu ruh ilgari yo‘q edi, keyin
yaratildi, demakdur. Endi u yo‘qolmay mangu yashaydi. Har inson o‘lgandin keyin, uning
ruhi dunyodagi qilmishiga qarab, qilgan amaliga loyiqlab belgilangan joyda, yaxshi bo‘lsa
rohatda, yomon bo‘lsa mehnatda (mashaqqatda) turadur. Payg‘ambarimizning: «Inson
qabri jannat bo‘stonlaridin bir bo‘ston yoki do‘zax chuqurlaridin bir chuqurdur», degan
so‘zlarining asli haqiqati shuldur. Qiyomat kuni Alloh taolo insonlarni shu ruh bilan
tirgizur. Qur’oni karimdagi: «Va yas’alunaka anir-ruhi, qulir ruhu min amri robbiy»
oyatining ma’nosi: «Ey Muhammad, ruhning haqiqatini sendin so‘raydilar, sen aytgin,
ruh Allohning amridin paydo bo‘lgandur». Mana shundin ham insonning shu ruhi
muroddur. Bu ruhning esa arvoh olami ila aloqasi bordur. Arvoh olami deb, farishtalar
olamini ayturlar. U ruhning asli vatani tabiat olami ustidagi farishtalar olamidur. Boshqa
hayvonlardin insonlarning farqi shu ruh orqali bo‘lur. Ilmiy taraqqiyotlar, ijodiy fikrlar
hammasi shu ruh natijasidur. Endi insonning tush ko‘rishi shuki, uxlagan chog‘ida shu
ruh tan xizmatidin bo‘shanib, yuqorigi o‘z olamiga sayr qilib chiqqay. Dunyoda
bo‘ladigan hodisalarning ma’lumoti tamomi ila ul joyda bordur. Inson ruhi shu dunyoda
bo‘ladurgan ba’zi voqealarni ul joyda ko‘rgay.