Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
— Ul qari, qizil og‘iz xotunni muncha maqtadingiz, — dedi. 
Anda Payg‘ambarimiz aytdilar: 
— Hoy unday demagin, ul esa borliq boyligini mening yo‘limda qurbon qildi. Qayg‘u-
hasratlarimni teng tortishdi. Menga tikilgan ofat-balolarga o‘zini qalqon qildi. Men undin, 
u mendin rozilik bilan dunyodin ketdi, — deb muborak ko‘zlariga yosh oldilar. 
Endi Xudo roziligi uchun erlariga bo‘yinsungan, dunyo turmushidagi g‘am-qayg‘usini 
birga tortishgan mo‘mina, soliha xotunlar umidi shuldirkim, qiyomat kunida onamiz 
Xadichai kubroning shafoatlarini topgaylar, inshaalloh. 
Payg‘ambarimiz Makka shahridan Madinaga hijrat qilib kelganlaridan keyin bir kuni 
uylariga bir kampir xotun kirib keldi, uni ko‘rib, ko‘p hurmat qildilar, so‘ngra o‘ltirgan 
odamlarga qarab, aytdilarkim: 
— Bu xotun ersa, Xadichaning do‘stidur, uning tirikligida ko‘p kelur edi, har kishi o‘z 
do‘stining do‘stlarini ko‘rsa, albatta, uni hurmat qilish lozimdur,— deb bu xotunga 
ko‘rsatgan hurmatlari uchun sabab bayon qildilar. 
Shuning uchun bu haqda Payg‘ambarimiz aytdilarkim: 
— Har bir musulmon farzandlariga ota-onalarining tirikliklarida va ham o‘lgan so‘ngida, 
alarning yoru do‘stlarini hurmat qilish vojibdur. 
Ota-onalarning qadrdon birodarlarini siylash, ham ularni hurmatlash, haqiqatda esa o‘z 
ota-onasini hurmat qilgandin bo‘lur. Ota-onalarning hurmatlari va alarning xizmatlari 
bolalar ustiga yuklangan ulug‘ farzdur, alarga ozor berish, ko‘ngillarini ranjitish Islom 
shariatida eng ulug‘ gunohlardin bo‘lib hisoblanur. Chunki Payg‘ambarimiz aytdilar: 
— Bu dunyoda qilgan hamma gunohlarning jazosi oxiratga qolishi mumkindur, magar 
ikki ulug‘ gunoh bordirki, uning jazosini bu dunyoda ham oxiratda ham, ko‘rgay. 
Birinchisi ota-onaga ozor berib, oq bo‘lish, ikkinchisi nohaqdan yolg‘on qasam ichishdur. 
Ota bezori oqpadarlar xalq oldida ham, Xudo oldida ham marduddurlar. Ota-onalariga 
qilgan adabsizliklarining qasoslarini, albatta, o‘z bolalaridin ko‘rgaylar. Bunga Qur’oni 
karim, hadisi sharif mazmunlari ochiq shohiddur. Odob, hurmat saqlashlik shariati 
islomiyada yolg‘izgina ota-onalar haqida emas, balki har bir ulug‘ yoshlik qari kishilarni 
siylashga, yoshi kichiklarga rahm qilib, mehribonlik ko‘rsatishga buyrulmishdur. Shuning 
uchun Payg‘ambarimiz: 
«Bizlarning qarilarimizni hurmat qilmaganlar, yoshlarimizga mehribonlik ko‘rsatmaganlar 
— andog‘ odamlar bizlardin emasdur», dedilar. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik, shundoq qilib, Payg‘ambarimiz Xadicha onamiz bilan yaqin 
o‘ttiz yil eng ko‘ngillik holda umr o‘tkazdilar. Hayotliklarida ustilariga xotun olish 
ixtiyorini qilmadilar. Lekin Payg‘ambarimizning muborak yoshlari qancha ulg‘aygan sari, 
botiniy ahvollari, ruhoniy sifatlari shunchalik quvvat topib, kuchaymoqda edi. Mundog‘ 
bo‘lishlari esa, oldingi kunlarida Payg‘ambarlik ulug‘ vazifasini bajarish uchun 
tayyorlanish edi. Xilvatda yolg‘iz o‘tirib, toat-ibodat qilishni, hamisha Xudo yodi bilan 
mashg‘ul bo‘lishni ko‘p suyar edilar. Shu sababdin besh-o‘n kunga yetarlik oziq-ovqat 
tayyorlatib, shu tugagunchalik Makka shahridin chetroqda bo‘lgan Hiro tog‘idagi bir 
g‘orga kirib, Xudoga ibodat qilur edilar. Har chiqqanlarida necha kun hilvat o‘tkazib, 
tog‘larda yolg‘iz qolgan kunlari ko‘p bo‘lur edi. Borish-kelish yo‘llarida bir necha 
mo’jizalarni ko‘rar edilar. Shundoqki, g‘oyibdin ma’nolik tovushlar eshitilar edi. YOg‘ochu 
toshlardin: «Assalomu alaykum, yo Rasulalloh» degan salom ovozlari chiqar edi. 
Ayniqsa, bunday mo’jizalar vahiy kelishga olti oy miqdori qolganda ko‘paya boshladi. 
O‘zlari Payg‘ambar bo‘lishlarini shu choqqacha bilmas edilar. Odatdan tashqari voqealar 
ko‘rilganida, jin-shaytonlar tarafidin bundog‘ ishlar bo‘lur degan gumon ham 
ko‘ngillariga kelur edi. 
Chunki o‘shal zamondagi arablar ichida jinlar bilan aloqa bog‘lashgan, g‘oyibdin 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin