www.ziyouz.com kutubxonasi
11
yumshoq ko‘ngillik, saxovatqo‘llik, go‘zal qilig‘lik, ulug‘ himmatlik edilar. Katta-kichik,
yaxshi-yomon, do‘st-dushman barchaga qilgan ishlari yoqimlik edi. O‘yin-kulgudin, botil
ishlardin ko‘ngillari nafrat qilur edi. Ul zamondagi arab xalqining tutgan butparastlik
dinlaridin va har xil buzuq axloqlaridin bek jirkanur edilar. Bularning tutgan dinlari botil
dindur, albatta, xato yo‘l bo‘lg‘ay, deb ishonur edilar.
Birovdin ko‘rmasdin, hech kimsadin o‘rganmasdin Ibrohim Xalilullohning haq dinlarini
tutgan edilar. Xudo tarafidin ko‘ngillariga shundoq ilhom bo‘lgan edi.
Avvalda arab xalqining tutgan dinlari Ibrohim alayhissalom kelturgan Islom dini bo‘lsa
ham, bu o‘rtada uzun zamonlar o‘tishi bilan ul yo‘ldan adashib, bularda butparastlik ko‘p
rivoj topgan edi. Ichlarida Quraysh qabilasidan Varaqa ibn Navfal degan bir olim kishi
bo‘lib, butun arablar ichida Ibrohim alayhissalomdin qolgan haq dinni tutgan yolg‘izgina
shu kishi edi. Bu kishi ersa, hazrati Xadicha onamizning amakilaridur. Injil kitoblaridin
o‘qib ko‘rib, u kishi:
— Oxirzamon Payg‘ambari chiqar chog‘i yaqinlashdi. Shu kunlarda tug‘ilib, soyasi yer
ustiga tushdi. Ul arab nasli, Quraysh urug‘idin bo‘lib, butun xalqni haq dinga da’vat qilur.
Uning so‘ziga arablar inkor qilib, qarshi chiqqaylar. O‘z qabilasidin unga ko‘p jabru
jafolar yetgay, oxirida uni o‘z shahri Makkadin qochishga majbur qilgaylar. Koshki men u
zamonda tirik bo‘lsam edim. Afsuski, u zamonni ko‘rishga umr oz qoldi, — deb har
qachon shundoq so‘zlar bilan hasrat qilur edilar. Varaqaning shundoq so‘zlarini eshitib
yurgan onamiz Xadicha:
«Agar bu ulug‘ davlat arablar ichida birovga nasib bo‘lsa, albatta, Muhammaddan
boshqaga bo‘lmasa kerak. Chunki unda har bir yaxshilikning belgilari bordur. O‘shandoq
zotning xizmatiga loyiq bo‘lsam, nikohlariga kirsam, men uchun qandoq ulug‘ baxt-
davlat bo‘lur edi», deb hamisha orzu qilar edi.