AMAKILARI ABU TOLIBNING TARBIYASIGA O‘TISHLARI Otasi Abdulmutallibning vasiyaticha, Abu Tolib ham shu kundin boshlab, vafot
bo‘lgunchalik borliq kuch-quvvati bilan Payg‘ambarimiz tarbiyalariga kirishdi. U zotni
himoyat qilishda hech qandoq kamchilik ko‘rsatmadi, shundoq bo‘lib amakilari Abu Tolib
tarbiyasida yoshlari o‘n ikkiga erishdi. U zamondagi Quraysh xalqining har yili
savdogarchilik bilan ikki qayta safarga chiqish odatlari bor edi. Qish faslida bo‘lsa,
Yaman shahriga, yoz kunlari Shom viloyatiga borib, savdogarchilik qilar edilar. Shu
odatlaricha, Shom safariga tayyorlangan Quraysh karvonlariga qo‘shilib,
Payg‘ambarimizning amakilari Abu Tolib ham chiqmoqchi bo‘ldi. Endi jo‘nar vaqtida
Payg‘ambarimiz kelib, tuyaning burundig‘iga osildilar:
— Ey amaki, meni kimga tashlab ketasiz, men sizdan ajramayman, — deb ko‘zlariga
yosh oldilar.
Buni ko‘rib, Abu Tolibning ko‘ngli ezildi. Qarindoshlik mehri qo‘zg‘alib, ko‘ziga yosh keldi
va ham seni tashlab bu safarga chiqmayman, deb qasamyod qildi. Shuning bilan
Payg‘ambarimiz Abu Tolib tuyasiga mingashib safarga chiqdilar. Havo g‘oyatda isigan
vaqti edi, mana shu kundan boshlab, Payg‘ambarimizning bosh ustilariga bir parcha oq
bulut chiqib, soya solib turdi. Shom safaridin qaytib kelganchalik shu bulut soyasi sira
ajramadi.
Alloh taolo o‘z habibi Payg‘ambarimizga bolalik kunlaridin boshlab shundoq mo’jizalarni
berib, boshqalardin farqli qilgan edi. Makka shahri bilan Shom viloyatining oralig‘i ersa,
tuya yurishida qirq-ellik kun chamalik yo‘ldur.
Quraysh karvoni bu yo‘llarni yurib, manzillardin o‘tib, so‘ngra Shom tuprog‘iga kirdilar.
Shu yerda Busro shahri bo‘lib, aning yaqinida bir savmaa, ya’ni nasoro so‘fiylarining
ibodatxonasi bor edi. Ana shunda uzun zamonlardin beri Buhayro otliq bir obid ibodat
qilib yotur edi. Bu obid ersa, Iso alayhissalom keltirgan haq dinni tutgan, u yo‘ldan
adashmagan, Tavrot, Injil o‘qigan katta olimlardin bo‘lib, Payg‘ambarimiz sifatlarini