Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
9
Bu safarda Ummu Ayman degan Abdullohdin meros qolgan cho‘rilari hamroh edi. Bir
necha kun yo‘l yurishib, salomat Madinaga yetishdilar. Makka shahri bilan Madina oralig‘i
tuya yurishida o‘n-o‘n ikki kunlik yo‘ldur. Tog‘a qabilasi
ichida bir necha kun
mehmonlikda bo‘lishdi. Maqsad o‘talgandin so‘ngra yana Makkaga qaytdilar. Makka va
Madina shaharlari orasidagi Abvo degan joyga kelganida onalari Ominada betoblik paydo
bo‘ldi
va shu joyda ajal yetib, endigina besh yoshga kirgan farzandlarini dodaklari
(cho‘rilari) Ummu Aymanga topshirib, yosh juvonlik holda vafot etdi.
Mana
shu joyga kelganda, ikki tog‘ orasida mehribon onalaridan ham ajrab, ota-onasiz
yetim bo‘lib, dodaklari Ummu Ayman qo‘lida qoldilar. So‘ngra bu joydin qo‘zg‘alib,
Makkaga kelgandin keyin bobolari Abdulmuttalib ziyoda mehribonlik ko‘rsatib, o‘z
tarbiyatiga oldi. Shu bilan bobolarining qo‘lida yoshlari sakkizga yetdi. Bu chog‘da
Abdulmuttalibning yoshi yuzdin oshgan edi. «Har bir tug‘ilgan kishi — o‘limdir
oxirgi
ishi» degandek, bu kishi ham ajali yaqinlashib, betoblik to‘shagida yotdi. O‘n bir o‘g‘il,
olti qizlari bor edi.
Ularni yostiq ustiga chaqirib, vasiyat qildi:
— O‘g‘lim Muhammad onasidin yoshligida yetim qoldi, endi mendin ham ajrash vaqti
yaqinlashdi. O‘z o‘rnimda
Abu Tolibni vakil qildim, — dedi. So‘ngra unga qarab aytdi:
— Ey Abu Tolib, sen o‘zing kambag‘al odamsan va ham yosh bolalaring ko‘pdur,
shundoq bo‘lsa ham o‘g‘lim Muhammadni senga topshirdim,
chunki sen yumshoq
ko‘ngillik, muloyim so‘zlik, ulug‘ hikmatlik kishidursan va ham Muhammad — og‘ang
Abdullohning o‘g‘lidur, mana shuning uchun ham Muhammadni senga topshirdim,— deb
foniy dunyodin o‘tdi.
Dostları ilə paylaş: