www.ziyouz.com kutubxonasi
15
so‘zlaydirgan bir xil odamlar bor edikim, alarni kohin deb aytur edilar. Bundog‘ odamlar
arablar orasida oliy darajalik olim hisoblanib, o‘zaro yechilmagan mushkul ishlar kohinlar
hukmiga tashlanur edi. Har qandog‘ ishlar ustida chiqarilgan hukm albatta qabul qilinishi
kerakdur, degan e’tiqodda edilar. Kohinlar oldida g‘oyib ishlari yashirin emas, degan
arablarning ishonchlari bor edi. Bularning eng cho‘nglari Shom arablaridin ikki kishi
bo‘lib, birining oti Shaq, ikkinchisining nomi Sittih edi. Sittihning tan yaratilishi ham
o‘zgacha bo‘lib, bosh suyagidin boshqa hech ustihoni yo‘q edi. Yig‘in majlislariga olib
bormoqchi bo‘lsalar, kiygiz yo‘rgagandek ani yo‘rgashib, xurjunga solib olib borishar
edilar. Bosh suyagidin boshqa jasadi yumshoq, shundoqqina go‘sht edi.
Mana shu ikki kohin qirq yil ilgari Payg‘ambarimizning kelishlaridin, Islom dinining rivoj
topishidin xabar bergan edilar.
No‘shiravon Odil shul zamonda Eron podshosi edi. Uning ko‘rgan qo‘rqinchlik tushiga
e’tibor berib, Eron davlati yo‘q bo‘lishini bildirishgan edilar. Bu ikki kohinning so‘zlari qirq
yildan so‘ngra shular degandek kelganligi hamma tarixiy kitoblarda yozilgan mashhur
so‘zdir. Va ham Qur’oni karimning mazmunicha o‘tgan payg‘ambarlar har qaysilari o‘z
ummatlariga Payg‘ambarimiz kelishlaridin bashorat berganlari ma’lumdir. Zamoni
saodatga erishganlari bo‘lsa, alarni to‘xtovsiz iymon keltirishga vasiyat qilgan edilar.
Tavrot, Injilda va boshqa payg‘ambarlar kitoblarida ham shundoq bashoratlar berilgan
edi.