HORIS IBN ABI SHIMRGA YUBORGAN NOMALARI «Bismillahir rohmanir rohiym.
Min Muhammadin rasulillohi ila Horis ibni Abi Shimr. Salamun ala manit-taba’al xuda, va
amana billahi va saddaqa. Fainniy ad’uka ila an tu’mina billahi vahdahu la sharika lahu
yabqo laka mulkuka».
Ma’nosi: «Allohning payg‘ambari Muhammaddan Horis ibn Abu Shumurga. Hidoyat
topganlarga salom. O‘xshashi, sherigi yo‘q yolg‘iz Allohga seni chaqiraman. Agar iymon
keltirsang, Islom diniga kirsang, podsholiging o‘zingga qolg‘ay, davlating zavol
topmagay».
Bu nomani sahobalardan Shujo’ ibn Vahbga berdilar. Bu kishi ersa Horis ibn Abu
Shumurga yetkazdi. Rum podshosi Qaysar butun Shom o‘lkasiga buni voliy qilib
qo‘ymish edi. U zamondagi arablar nomiga bo‘lsa ham yarmi Rum, yarmi Eronga tobe
edilar. Butun Shom viloyatiga hokim bo‘lg‘onlikdan bu ham o‘zini podshohlardek chog‘lar
edi.
Aning o‘rda saroyidagi soqchilar hazrati Shujo’ni ichkari kirgani qo‘ymadilar. Bu joyda
fursat kutib uch kun turib qoldi.
Bularga Rum nasorolaridan Mavriy otliq kishi boshliq edi. Rasulullohdan noma
keltirganini bilgach, hazrati Shujo’dan Payg‘ambarimizning sifatlarini, Islom asoslarini
so‘radi. Rasulullohning sifatlarini eshitib, ko‘ngli bo‘shab yig‘lagani turdi: