Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
304
— Toza tahorat bilan kuniga besh vaqt namoz o‘qursiz, bularning har birini o‘z vaqtida
ado qilursiz. Yana har yili bir oy Ramazon ro‘zasini tutarsiz. Boy kishilar nisobga yetgan
mollaridan chog‘aylarga zakot bergaylar. Umr ichida bir yo‘l
haj qilib, Baytullohni ziyorat
qilg‘aylar, — dedilar.
Shunda alar darhol shahodat aytishib, iymonga musharraf bo‘ldilar.
Yana Rasululloh ularga:
— Mendan keyin ko‘p zamon o‘tmagay, butun Shom viloyati ummatlarim qo‘lida fath
bo‘lg‘ay. Qaysar Hiraql Shomdan qochib Rum shahrining qal’asiga kirib bekingay, — deb
kelajakdagi bo‘lgulik ishlardan xabar berdilar.
Hazrati Umar zamonida Rasululloh aytganlaridek bo‘ldi.
Elchilar buni anglagach:
— Yo Rasulalloh, bizning
ichimizda bir xotun bordur, u folchilik qilib g‘ayb ishlardan
xabar berur. Xalq ichida uning hurmati bo‘lganligidan, o‘zaro bitmagan janjallik ishlari
bo‘lsa arablar uni hakam qilib, shuning hukmiga rozi bo‘lg‘aylar. Din,
dunYo ishlarimizda
ko‘p narsalarni undan so‘rar edik. Bu ishimiz ersa qandoq bo‘lur? — dedilar.
Rasululloh aytdilar:
— Ulardan bundoq so‘zlarni so‘rovchi bo‘lmanglar, men kelgandan keyin, u ishlarning
vaqti o‘tgan, obro‘yi ketgandur. Folchilarning bir so‘zi to‘g‘ri chiqar ersa, to‘qqizi
yolg‘ondur. Ularga ishonmoq ulug‘ gunohdur. Butxonalarni buzib, butlarni sindiringlar.
Allohdan o‘zgaga
nazr aytib, jon atamanglar, — dedilar.
Shu bilan Rasulullohning bergan javoblariga qanoatlanishib, o‘z yerlariga qaytdilar.
Dostları ilə paylaş: