www.ziyouz.com kutubxonasi
42
turdi. Alardin bir qanchalari iymonga kirsa ham, tamom qabila dinni qabul qilmadilar.
Hijrat qilib, Madinaga kelganlaridin so‘ngra, Davs qabilasidin iymon keltirgan saksondin
ko‘p musulmonlar bilan Madinaga kelib, Payg‘ambarimizning vafotlarigacha shunda
bo‘ldilar. So‘ngra hazrati Abu Bakr Siddiq xalifalik davrlarida bosh ko‘targan Musaylama
Kazzob payg‘ambarlikka da’vo qilib chiqdi. Unga qarshi yuborilgan Islom askarlariga
qo‘shilib, o‘g‘illari ila, Tufayl ham urushga bordi. U urush oldida shundog‘ tush ko‘rdi:
«Og‘zidin bir qush chiqib uchib ketibdi. Boshidan sochlari olindi. So‘ngra bir xotun kelib
uni ushlab, farjiga (ichiga) kirgazib yubordi. O‘g‘li urushdin kelib, otasini ko‘p izladi.
Lekin uni topolmay qaytib ketdi. «Uyg‘ongandin keyin: «Sochimning tushimda olingani
ersa, bu urushda boshimning olinganidur. Og‘zimdan chiqqan qush bo‘lsa, u mening
ruhimdur. Xotun kishining farjig‘a kirishim — yerning bag‘riga kirgizib, meni ko‘mgaylar.
Alloh taolo menga bu urushda shahodat nasib qilar ekan. O‘g‘limga qattiq jarohat yetib,
menga qo‘shilishni izlasa ham, oxiri salomatlanur ekan», deb ko‘rgan tushiga o‘zi
shundog‘ ta’bir berdi. Uning deganidek, o‘zi bu urushda shahidi bo‘ldi, o‘g‘li qattiq
yaralanib, uzoqda sog‘aydi. Alloh bulardin rozi bo‘lsin.