Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc


BANI QAYS SHOIRI A’SHONING VOQEASI



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

BANI QAYS SHOIRI A’SHONING VOQEASI 
Bu kishi ersa, eng oliy tabaqalardin bo‘lgan arab shoirlaridin sanalur edi. Payg‘ambarimiz 
bilan ko‘rishib, Islomga kirish qasdida o‘z yurti Yamomadin chiqdi. Bu qilgan safarida 
Payg‘ambarimiz sha’nlariga aytgan, arablar odatlaricha, maqtov-sifatlarini qilgan uzun 
bir she’r — qasida tuhfasi bor edi. Bu shoir Makka shahriga yaqinlashganda, uning 
kelgan xabari Quraysh xalqiga eshitildi. Alarga tashvish tushdiki, agar bu shoir kelib, 
Muhammadga iymon keltirsa, she’r aytib, tili bilan tashviqot qilib, butun arablarni 
qo‘zg‘ashi mumkindir. Buning chorasini ko‘rib, uni Muhammadga ko‘rishtirmay qaytarish 
kerak, deb maslahat qildilar. Shuning bilan Quraysh raislaridin Abu Sufyon oldidin to‘sib 
chiqib, u bilan ko‘rishdi, aning maqsadini so‘rab bilgandin so‘ngra, u: 
— Ey A’sho, agar Muhammadga iymon keltirsang, aning dinida uch narsa haromdur: 1. 
Zino. 2. Hamr (aroq). 3. Qimor. 
Agar aning diniga kirib, musulmon bo‘lsang, bu uch lazzatdin mahrum bo‘lursan, — dedi.  
Anda A’sho:  
— Birinchi deganing zino bo‘lsa, endi men qaridim, agar men uni tashlamasam, u meni 
albatta tashlaydur. Ikkinchi aytganing hamr bo‘lsa, undan ko‘p yillardin beri ichib, bir 
kishichalik haqqimni olib, qonganman. Uchinchi — qimor o‘yinidin qaytarsa, uni 
o‘ynaganimda yutib olib, foydalanishim aniq emasdur. Ammo Muhammadning 
juvonmard, saxiyligini aniq, deb ongladim. Agar iymon keltirsam, aning ato va 
baxshishlaridin bahra topgayman — dedi.  
Abu Sufyon uni bu so‘zlar bilan qaytara olmasligiga ko‘zi yetgandin keyin, turib: 
— Ey A’sho, bu ishga ko‘p shoshmasdin yana biror yil o‘tguncha payqab qaragin, endi 
sening bu kelishing ham quruq bo‘lmasin, Quraysh xalqidin qizil tuklik bir yuz tuya 
yig‘dirib berayin. Agar bu orada Muhammad bizni yengib, ishi rivojlansa, bir yil so‘ngra 
kelib, unga iymon kelturursan, ham buning ustiga yuz tuya ortiqcha o‘lja olgan 
bo‘lursan, yo‘q, agar bundog‘ bo‘lmay, biz uni yengib chiqar bo‘lsak, ul chog‘da butun 
arab o‘z dinida qolib, aning bu ishi o‘rtadin ko‘tariladi. Ul holda yuz tuya senga yana 
foydaga qoladi, — deb uni ta’maga soldi.  
U ham bo‘lsa, mol hirsi ko‘ngliga tushgandan, uning bu so‘ziga rozilik ko‘rsatdi. 
Shundog‘ qilib, Abu Sufyon Quraysh xalqidin yuz tuya yig‘ib, unga topshirgandin keyin
Payg‘ambarimiz bilan ko‘rishmasdin, dunyoga aldanib, o‘z eliga qaytib ketdi. Yo‘lda 
ketayotganida uyiga yetmasdin ilgarigi tuyasidin yiqilib o‘ldi. Dunyo hirsi balosiga qolib, 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
shundog‘ ulug‘ davlatdin mahrum bo‘ldi. Lekin buning shu safaridagi Payg‘ambarimiz 
sha’nlarida aytgan she’ri ersa, shu kungachalik kitoblarda mashhurdur. Balki g‘oyibona 
iymon keltirgan bo‘lsa ham ajab emas. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin