ME’ROJ VOQEASI Endi bu o‘rinda haqiqatga muvofiq ravishda, qisqacha qilib Me’roj voqeasini bayon qilib
o‘tamiz. Bu haqda uzun-qisqa so‘zlar yozilgan kitoblar ko‘p bo‘lsa ham, ammo haqiqati
ila yozuvchilar ozdur. Shuning uchun Islom olamida Qur’ondin so‘ngra ishonimlik
kitobimiz «Sahih Buxoriy» so‘zlariga qanoat qilib, aning Me’roj haqida keltirgan
hadislarini bu o‘rinda tarjima qildim. Alloh o‘zi madad berishini so‘rayman. Endi bilmak
kerakkim, Payg‘ambarimizning bir kechada Masjidul Haromdin chiqib, Masjidul Aqsoga
kelganlari Qur’on oyatlari bilan sobitdur. Bunga iymon keltirmaklik mo’minlarga farzdur.
Masjidul Harom deb Makka shahridagi Baytulloh masjidini ayturlar. Butun yer ustida
tamom musulmonlarning qiblasi shu Baytullohdur. Har namozimizda yuzimizni shu
qiblaga qaratamiz. Yana o‘z o‘rni kelganda, Ka’batulloh va qibla haqida ma’lumotlar
berib o‘tamiz, inshaalloh!
Masjidul Aqso bo‘lsa Falastin o‘lkasida Quddusi sharif shahrining masjididur. Bu masjid
ersa, o‘tgan barcha payg‘ambarlarning qiblasi edi. Payg‘ambarimiz ham Makkada turgan
vaqtlarida, o‘qigan namozlarini Masjidul Aqsoga qarab o‘qir edilar. Qachon Madinaga
hijrat qilib borib, o‘n sakkiz oy o‘tgandin so‘ngra Qibla yo‘tkaldi (o‘zgardi). Ana shu
kundin boshlab, barcha ahli Islomning qiblasi Makka shahrida, Baytullohni ichiga olgan
Masjidul Harom bo‘ldi. Haqiqiy qiblamiz esa, shu masjid ichidagi Ibrohim Xalilulloh
yasagan o‘ng burchagiga hajarul Asvad toshi qo‘yilgan qutlug‘ bir o‘rindur. Yuzimizni shu
tomonga qaratib, Allohga ibodat qilamiz.
Yana maqsadga kelaylik. Payg‘ambarimizning Masjidul Haromdin chiqib, Masjidul Aqsoga
kelganlari ushbu oyat bilan sobit bo‘ldi:
«Subhanallaziy asro, bi abdihi laylamminal Masjidil Haromi ilal Masjidil Aqsollaziy
barakna havlahu, linuriyahu min oyatina, innahu huvassamiul basir».
Ma’nosi: «Arig‘ zotlik (ya’ni, toza) ul Xudokim, quli Muhammadni, Masjidul Haromdin,